Pedagogik mahorat


PEDAGOGIK MAHORAT OMILKORLIGINI


Download 0.84 Mb.
bet96/231
Sana25.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1119222
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   231
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

PEDAGOGIK MAHORAT OMILKORLIGINI
TA’MINLOVChl XUSUSIYaTLAR




Bazaviy omilkorlik
Kasbiy - pedagogik tayyorgarlik: - asosiy fanlar;

  • o'qitish metodikasi;

  • falsafiy bilimlar;

  • pedagogikbilimlar;

  • psixologik bilimlar;

  • pedagogik axloq va hokazo.

Metodologik omilkorliklar
Falsafiy, umumilmiy va aniq fan­lar darajasiga mos keluvchi metodo­logik bilimlami, ta’lim muammola- rini, integral, faoliyatga taalluqli bi­limlami mustaqil yondashuv asosida o'zlashtira olish qobiliyati va hokazo.


Ijodiy pedagogik mahorat va omilkorlik



  • kasbiy qadriyatlarga yo‘naltiril- ganlik;

  • motivatsion ijodkorlikka yo'naltirilganlik;

  • ta’limda innovatsiyaning asosiy umuammolarini tushunish;

  • pedagogik vazifalarni hal qilishga tizimiy yondashishga qaratilganlik;

  • dasturiy - maqsadli rejalashtirish qobiliyati;

  • ilmiy - tadqiqot madaniyati;

  • texnologik madaniyat;

  • grafika madaniyati;

  • kasb ahloqi;

  • ta’lim muammolarini mustaqil anglash qobiliyati;

  • kommunikativlik;

  • dilkashlik.

  • kasbiy moslashuvchanlik, kutilmagan holatlarga tayyor turish, kirishuvchanlik metod va meto- dikalari, salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi turli aqidaparastlikni engib chiqishga qodirlik qobiliyati;

  • ergonomik fikrlash;

  • kasbiy faoliyatning individual uslubi;

  • o‘zining kasbiy sifatlariga baho bera olish, o‘z faoliyatini va uning natijalarini refleksiv baholash qobili­yati, tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qilish;

  • o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil ta’lim olish qobiliyati va hokazo.




17 - chizma.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga ijodiy yo‘naltirilganligining muhim jihatlaridan biri uning pedagogik madaniyati bo‘lib, u pedagogik- psixologik fanlar tizimining turli yo‘nalishlarida tatbiq qilingan. Chunon- chi: metodologik jihatdan V.A.Slastenin, V.V.Krayevskiy, axloqiy - estetik jihatdan E.A.Grishin, D.S.Yakovleva, kommunikativlik jihatlarini A.V.Mudrik, O.O.Kiseleva, T.N.Levasheva, texnologik jihatlarini M.M.Levina, N.E.Shurkova kabi olimlar ishlab chiqqanlar.
Ayniqsa, o‘qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik faoliyati jarayonida kasbiy mahoratning muhim jihati sifatida individual pedagogik faoliyatini ochib beruvchi muhim ijodiy ko‘nikmasidir. O‘qi- tuvchining texnologik tayyorgarligi “pedagogik omilkorlik” katego- riyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqe- likni idrok etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madani- yatning mohiyatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o‘qi- tuvchining texnologik madaniyati o‘quvchilarning ichki imkoniyatlarini ijodiy tomonga yo‘naltiruvchi jarayondan iborat.
O‘qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik faoliyati jarayonida kasbiy mahoratining muhim jihati sifatida individual peda- gogik faoliyatini ochib beruvchi ijodiy usullaridan iborat. O‘qituvchining ta’lim jarayoniga tayyorgarligi “pedagogik omilkorlik” kategoriyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqelikni idrok etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madaniyatning mohi- yatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy faoli- yatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o‘qituvchining texnologik madaniyati talabalarning ichki imkoniyatlarini ijodiy tomonga yo‘naltiruvchi jarayondan iboratdir.
Har bir bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassis-o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatining ixtisosligi va xususiyatidan qat’iy nazar fundamental bilim- larga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Ana shu bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashda, bo‘lajak mutaxassisga o‘z kasbiga oid u yoki bu savol yoki muammo bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini aniqlab olish imkoniyatini beruvchi ijodkorlik, tadqiqotchilik va mustaqil faoliyat tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasbiy pedagogik bilimlar ta’lim jarayonining samaradorligiga zamonaviy ta’lim muhiti talablari bilan talabaning o‘zgarib turuvchi o‘quv dasturlari sharoitida etarlicha yo‘nalish ola bilmasligi natijasida salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Oliy pedagogika ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchining yuksak tayyorgarlik darajasiga va ma’naviy axloqiy saviyasiga qo‘yiladigan talablar ham yangilanib boradi. Ijodkor o‘qituvchi esa o‘z sohasi bo‘yicha yangi pedagogik texnologiya metodikalarini ajrata olmog‘i hamda uni amalda samarali qo‘llay bilishi lozim.


    1. Download 0.84 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling