1. O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi?
Hurmatli o‘qituvchi, qayerda bo‘lmasin muloqot jarayonida erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz pedagogik faoliyatingizda va kundalik hayotingizda muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘quvchilarni, do‘stlaringiz- ni, ba’zan uchraydigan hasadgo‘y hamkasblaringizni va rahbaringizni sizga nisbatan munosabati muloqotda qanday inson ekanligingizga bog‘liq. Kishilarga hamdard bo‘lish, ko‘maklashish, iltimosini bajarish yoki bajarmaslik sizning xohish-istagingiz. Ushbu vaziyatlarda muloqo- tingiz qay darajada ekanligini bilishni istaysizmi? Quyidagi test savol- lariga javob bering. Har bir javob uchun yig‘ilgan ochkolar miqdoriga qarab muloqotda nimalarga qodir ekanligingizni hamda kamchilik- laringizni bilib olasiz.
1. Muloqot jarayonida hamkasblaringiz bilan tez-tez bahslashib turasizmi?
yo‘q (1 ochko);
ba’zan sharoitga qarab (2 ochko);
v) aksariyat hollarda (3 ochko).
Bozorda sotuvchi sizga qo‘pollik qildi. Qanday javob qaytargan bo‘lardingiz?
Jimgina undan nari ketardim (1 ochko);
unga jiddiy tanbeh berardim (2 ochko);
v) so‘ziga yarasha so‘z bilan javob qaytarar edim (3 ochko).
Agarda majlisga kechiksangiz, o‘zingizni qanday holatga tushasiz?
o‘zimga nisbatan va atrofimdagilarga nisbatan g‘azab uyg‘onadi (3 ochko);
hech narsa qila olmasligimni tushunib, asabiylashmayman (1 ochko);
v) ozgina asabiylashaman (2 ochko).
Hamkasblaringizdan biri sizdan beruxsat stolingizdan ruchka yoki kitob oldi, unga siz qanday munosabat bildirasiz?
hech qanday, balki bu holatni sezmasman (1 ochko);
nimani olgan bo‘lsa, joyiga qo‘yishni eslataman (2 ochko);
Do'stlaringiz bilan baham: |