Pedagogik mahorat
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
5.2. O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi
Har xil pedagogik stajga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasida quyidagilar aniqlandi: ularning ko‘pchiligi, garchi pedagogik ta’sir vositalarini doimiy qo‘llasalar ham, kommunika- tiv vazifalarni pedagogik jarayonning muhim zaruriy elementi sifatida anglab yetmaydilar. Bunda deyarli barcha o‘qituvchilar o‘z pedagogik vazifalarini doimiy ravishda amalga oshirish uchun tanlangan ta’lim va tarbiya metodlari tizimini hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish kabi kompo- nentlarni yaxshi anglab yetadilar. O‘zining pedagogik amaliyotini doimiy ravishda tahlil qiladigan o‘qituvchi uchun kommunikativ vazifalarni o‘z faoliyatining asosiy instrumental komponenti sifatida anglashi qanchalik muhim ekanligini, bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ta’sir modeli qanchalik oydinlashishini, ta’sirning o‘zi yanada jozibali, aniq, yorqin bo‘lishiga ishonch hosil qiladi. O‘qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan savolga yetarlicha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday qilib amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikkilanib, o‘ylanib qoladi. Bu savolga javob berish uchun - o’quvchilar bilan muloqot tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak. A.S.Makarenko o‘z faoliyatida qo‘llagan pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta’lim-tarbiyada mo‘ljalni aniq olib, o‘quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to‘g‘ri tashkil qilish bilan belgilanishini ko‘rish mumkin. Ayrim holatlarda o‘ziga xos «yuzma-yuz hujum», ba’zan tarbiyalanuvchining o‘qituvchi bilan bevo- sita muloqotisiz ham gap nimada ekanligini tushunish imkoniyatini beradigan muloqot, yig‘ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi bilan turli tadbirlarni birgalikda o‘tkazish, har bir o‘quvchining nima- larga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari orasida aynan - jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq bu metodlardan foydalanish samaradorligi va muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan vaziyatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar ta’lim-tarbiya jarayonida ta’sir o‘tkazish metodlarining samaradorligini ta’minlaydi. Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e’tibor beramiz. Tasavvur qiling, notanish kishidan biror narsani so‘rashingiz kerak. Tabiiyki, asosiy metod - iltimos qilish. Biroq, bevosita so‘raladigan nar- sa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta’minlaydigan dast- labki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma’lum kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihatdan zabt etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta’sirni amalga oshirasiz. Sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foyda- laniladigan har bir ta’sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta’limotga ega bo‘lishi kerak. Pedagogik vazifalarni bajarishda foydalaniladigan kommunikativ metodlarni belgilash doimo murakkab muammo sanalgan. Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar pedagogik faoliyatlarining dastlabki yillarida bu qiyinchiliklarni keskin his qilishadi. O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi - pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan, vaziyat qatnash- chilari bo‘lgan o‘quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan, ta’sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani tanlangan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o‘zaro hamkorlikning samaradorligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda quyidagi bog‘liqlik ko‘zga tashlanadi: birinchidan, sinf jamoasi bilan ishlash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi, ikkin- chidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalarni hal qilish yo‘llari tanlangan pedagogik ta’sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi. Kasbiy-pedagogik muloqot asoslarini bo‘lajak o‘qituvchi oliy pedagogik ta’lim muassasalarida, qizg‘in pedagogik faoliyati davomida hamda o‘z- o‘zini tarbiyalash jarayonida egallashi mumkin. Bunda o‘qituvchi quyidagi muhim kommunikativ vazifalarni mukammal bilib bajarishi lozim: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling