Pedagogik muloqotda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi


Munosabatlarni boshqarish uslublari


Download 26.4 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi26.4 Kb.
#1401906
1   2
Bog'liq
zilola

Munosabatlarni boshqarish uslublari
1. Avtoritar uslub
2. Demokratik uslub
3. Liberal uslub
1.Avtoritar uslub:
- o’zi yakka holda guruh faoliyatini yo'nalishini belgilaydi;
- o’zi ko'rsatma-buyruq beradi;
- javobgarlikni o'z bo'yniga oladi;
- so'zsiz bo'ysuninshni talab etadi;
- qattiq intizomni talab etadi;
- aytilgan narsani to'liq bajarilishini talab etadi;
- gap qaytarganni, gap o'rgatganni yoqtirmaydi. Aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi. So'zlari qattiq va qo'pol. Biron bir masalani tushuntirmaydi, lekin talab etadi;
. - muloqotga kirishishning asosiy shakllari: buyruq, ko'rsatma berish, qo'llanma bilan ishlash, xayfsan e'lon qilish;
- muomalada qo'pol, dag’al, do'q-po'pisali majbur etish, qo'rqitish, cho'chitish orqali kirishadi;
- avtoritar uslubning ijobiy tomoni favqulodda vaziyatlar ishlatilishi (yong’inda, suv toshqinda).
Munosabatning bu uslubda boshqarilishi atrofdagilar uchun qiyin yoki og’ir ahvol
2. Demokratik uslub:
- jamoa fikriga tayanib ish olib boradi;
- jamoa fikrini, tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, boshqalar fikriga hurmat bilan qaraydi;
- boshqalar fikrini o'ziniki qilib oladi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos maslahat berish, samimiy muomala.

3.Liberal uslub:
- tashabbussiz, jamoa ishiga aralashmaydi, hamma masalalarni yuzaki qarab chiqadi. O'zining fikri yo'q, javobgarlikdan o'zini chetlatadi. Ish natijasi bilan qiziqmaydi;
- bolalarga e'tiborsiz, beg’am qaraydi;
- o’z ishiga sovuqqon. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda quyidagi munosabat turlari ko'rsatilgan: - hamkorlikdagi munosabat;
- bavosita munosabat; - do'stona munosabat;
- nosamimiy munosabat; - oraliqdagi munosabat;
- bekorchi munosabat; - qo'rquv orqali munosabat;
- dialog va monolog.
Pedagog o'quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto'g’ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi. Pedagogik nazokat me'yori tuyg’usi o'z o'quvchilari bilan to'g’ri munosabat qoidalariga amal qilishdir.
Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy yo'l-yo'riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish mumkin, ular o'qituvchinnng o'quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik nazokati mazmuni va uni namoyon bo'lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l-yo'riqlarni ko'rib chiqamiz.
O'qituvchi o'z o'quvchilari bilan munosabatlarini (dialog) muloqot tarzida bo'lishini tushunishi lozim, ya'ni muhimdir. Agarda o'qituvchilarning o'quvchilar bilan munosabatlari ishonch asosida qurilgan bo'lsa, bunday muloqot ijobiy bo’ladi.
Agar bolalar bilan o'qituvchi o'rtasida ishonch munosabatlari o'rnatilgan bo'lsa, ular hayotning og’ir damlarida uning huzuriga yordam so'rab keladilar, o'z quvonchlarini baham ko'radilar.
Pedagogik nazokat me'yorda bo'lgani ijobiy namoyon bo'ladi. Agarda haddan tashqari chegaradan chiqib ketsa, zerikishlar paydo bo'ladi, ishonchsizlik yuzaga kela boshlaydi.
Pedagogda adolat bo'lishi, bolani o'qituvchiga bo'lgan ishonch-muhabbatiga olib keladi. Albatta pedagogda vijdon bo'lishi kerak.
Pedagog hech qachon o'z fikrini o'quvchilarga majburan o'rgatishga va majburan javob olishga harakat qilmasligi kerak, aks holda o'quvchi o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshlaydi, adolat buziladi. Izzat-nafsni boy bermaslik kerak.
Pedagogning o'quvchilar bilan bo'ladigan barcha munosabatlari adolatli, vijdonan hal qilinishi lozim, tushunmovchiliklar sodir etilgan paytda ularni ijobiy xal etishga harakat qilinmog’i zarurdir.
Bir qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan o'quvchilar bilan munosabatlar sohasida ijobiy rol o'ynashi mumkin.
Ular pedagogning g’ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta'sir etishga yordamlashadi. Lekin bir qolipdagi fikrlar ham salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Masalan: dars jarayonida kulgili holat sodir bo'lsa, bu holatga mos kulgili vaziyat qilmasdan, balki unga jiddiy tus berish, qatiy javob berilsa, vaziyat murakkablashadi, xolos.
Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin, Bular haqida o'tmish mutafakkirlarimiz fikrlarini keltiramiz:
«O'zga odamning dahlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, odamlarga yomonlik qilma, ranjitma, dilini og’ritma, tashvish va notinchlikka yo'l qo'yma»,-degan edi V. A. Suxomlinskiy.
«Kimki insoniylikni o'zida sinab ko'rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur bilmaydi». N. G. Chernishevskiy.
«Birovni erga ursang, u bilan o'zing ham erga urilasan». B.Vashington.
«Sening har bir xulq-atvoring boshqa kishilarga ta'sir etadi, yoningda inson borligini unutma». B. A. Suxomlinskny.
«Kishini erkalash hech qachon ziyon keltirmaydi». «O'zgalar aybiga tetik nazar sol, «O’z aybing ko'rgandek, undan ibrat ol». Nizomiy Ganjaviy.
«Yaxshi kishi ko'rmagay yomoshlik hargiz, Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidir». Bobur.

O'qituvchida pedagogik nufuz bo'lishi o'kuvchilarning estetik didini o'stirishga yordam beradi. O'qituvchida nazokat bo'lishi, o'quvchilarni bir-biriga sadoqatli, odobli bo'lishga, shirinsuxanlikka boshlaydi.


Mutafakkirlarning aytishicha, pedagog bolalar va ayniqsa katta yoshdagi o'smirlar o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashishi lozim. Shuningdek ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagoglarning aralashuvi nihoyatda cheklanadi. Ba'zi bir ziddiyatlarni ham butun bir jamoada muhokama qilish o’z natijasini bermasligi mumkin, bunday vaziyatlarda yirik pedagoglar fikri va mulohazalari bilan maslahatlashgan holatda amalga oshirilsa foydadan holi bo'lmaydi. O'qituvchilarning muhim ijobiy xususiyatlaridan biri dilkashlikdir. An'anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsning o'ziga xos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay qonuniy holdir. Leqin bunday yondashuv bir tomonlamadir.
Dilkashlik odamlarga aralashmaslik shaxsni o'ziga xos xususiyatlari bo'libgina qolmay, shu bilan birga odamning u yoki bu vaziyatdagi muayyan xulq-atvori hamdir. Shaxsning xususiyati bo'lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan aloqalarga intilish sifatida ta'riflash mumkin. Bu intilish odamlar bilan tez aloqa o'rnatishni birga qo'shib olib boradi. Dilkashlik va aralashmaslikni shaxs xususiyatlari sifatida qarab chiqish ekstravert va intravert tushunchalari bilan bog’liq ravishda samarali bo'ladi.
Ekstravert shaxslarga umumiy faolik, osoyishtalik, ta'sirlarga moyillik xosdir. Iitrovert shaxslar ichki olamga berilgan, odamlarga aralashmaydigan, o'z-o'zini nazorat qilishga, refleksga ichki xavotirlikka moyil bo'ladi. Dilkashlik - ko'proq ekstravert tiplariga oiddir. Introvert tipiga odamlarga aralashmaydiganlar kiradi. Pedagogik vaziyatlar tez-tez o'zgarib turadigan sharoitda o'qituvchining vazifasi ro'y bergan vaziyatda tez mo'ljal olib, unga to'g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan to'g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o'qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to'g’ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chukur ko'ra olsagina, shu bilan birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir.
Nazokat me'yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni, o'z o'quvchilari bilan tug’ri munosabatga amal qilishni bildiradi. Agar o'qituvchi o'quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo'lyo'riq bo'lsagina bunday muloqot ro'y beradi.
Tarbiya tajribasida bunday yo'l-yo'riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o'zaro ishonch va do'stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do'stga ega bo'lish va u bilan muomala qilishga qat'iy ehtiyoj mavjud bo'ladi.
Download 26.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling