Pedagogik nazkat
Pedagogik texnika xususiyatlari
Download 56.33 Kb.
|
Pedagogik nazka-WPS Office
2. Pedagogik texnika xususiyatlari
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri oqituvchining oquvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik konikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning konikma va malakalari oqituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi. Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari oqituvchiga oquvchilar bilan muloqot jarayonida zarur soz va gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik, aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabi qobiliyatlarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari oqituvchi kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, yani oqituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi. Individual pedagogik texnikaning shakllanishi oqituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fel-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bogiiq. Oqituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika malakalarini shakllantirish muammolari ayniqsa psixolog olimlarning tadqiqot markazidan orin olgan. Psixolog olimlar R.Z.Gaynutdinov, MG.Davletshin, S.Jalilova, M.Abdullajonova kabilar oqituvchilarning individual kasbiy faoliyatini batafsil organishib, oqituvchining shaxsiy "Mehnat professiogrammasi"ni ishlab chiqdilar. Olimlarning fikrlariga kora oqituvchi professiogrammasi oqituvchilarga qoyiladigan maxsus talablarni oz ichiga oladi hamda har bir fan oqituvchisining alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular talim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan "Oqituvchi-murabbiy professiogrammasi"da quyidagi hislatlar, yani "Pedagogik texnika" malakalari mujassamlashgan bolishini takidlaydilar: 1)Oqituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi, dilkashligi, mehnatsevarligi. 2)Kasbiga xos bilimlari: talim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, oquvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy tasir etishning samarali usullaridan oqilona faydalana olishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmimini puxta bilishi. 3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy anana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,ozini qolga ola bilishi, ozini anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati. 4) SHaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashgulotlarida zarur materiallarni tanlay olishi, oquvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, talim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, oquvchilar jamoasini boshqara olishi. 5)Tashkilotchilik malakalari: oquvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham oquvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi. 6)Kommunikativ malakalari: oquvchilarni oziga jalb etishni bilishi, oquvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik midoqotlarni tashkil qilishi, oquvchilarning jamoada ozaro munosabatlarida bir xil muvozanatni tartibga solishi. 7) Gnostik malakalari: oquvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, oz pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz oqituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan organib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan togri foydalana bilishi, oquvchilar xulq-atv orini mukammal organishi. 8)Ijodiy hislatlari: oz pedagogik mahoratini doimiy takomillash-tirib borishi, o oquvchilarni tarbiyalashda oz dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyaili amalga oshirishi, oquvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, oquvchilarga pedagogik tasiri natijalarini oldindan kora olishga intilishi. Psixolog olimlarning fikricha, ushbu professiogramma yosh oqituvchilarga ozlarining kelgusida oqituvchilik kasbini togri va ongli ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yordam beradi. Demak, oqituvchi professiogrammasi ham pedagogik texnikani egallashning muhim xususiyatlaridan biri bolib, oqituvchilarning oz kasbiy texnikasini mukammal egallab, rivojlantirib borishiga va oz kasbiy faoliyatidan qanoatlanishni his etishga olib keladi. Bularning barchasi oqituvchilarning tinimsiz pedagogik mehnati tufayli yuzaga keladi. Oqituvchining pedagogik texnikasi - pedagogik faoliyatining tashkiliy shakli bolib, qol bilan tutib bolmaydigan, behad uzoq ijodiy izlanishlar va azob-uqubatli kechinmalar, tinimsiz pedagogik faoliyat, oqituvchining fahm-farosati, bilimi va mahorati bilan amalga oshiriladigan qizgin ijodiy mehnatining mahsulidir. Bir maromda olib boriladigan tizimli ijodiy mashgulot tufayli aktyor yuksak choqqilarni egallaydi. Ozgalar obrazini mujassamlashtirishda u malum bir qolipdan aslo chiqib keta olmaydi. Demak har qanday ijodkorlik, hatto pedagogik ijodkorlik ham malum bir belgilangan qolipda shakllanishi kerak. U oqituvchining ichki kechinmalari, tuygulari va hissiy reaksiyalari asosida qurilishi aslo mumkin emas. CHunki, tarbiyalash sanatida oqituvchining pedagogik texnikasi, yani "bir qolipda"gi mehnat madaniyati borki, u boshqa biror kasbiy faoliyatga aslo oxshamaydi. SHuning uchun, respublikamizda tarbiyaviy texnologiyalarni muntazam bilishga intilish, oqituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirib borish oqituvchining bir qolipdagi mehnat madaniyatini shakllantirishga, pedagogik texnika malakalarini doimiy oshirib borishiga qaratilgan. Takidlash joizki, hali biror oqituvchi oliy talim muassasasini tugatib, yoki malaka oshirish kurslarida bilim olib birdaniga pedagogik texnika sirlarini mukammal biladigan tajribali oqituvchi bolib qolgani yoq. Oqituvchidapedagogik texnika talim muassasalarida faoliyat ko rsatish jarayonida, o oquvchilar bilan yak-kama-yakka muloqot jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib boradi. Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, oqituvchiga qoyilayotgan javobgarlik hissi kengayib murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizda talim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlaming yuksak natijalari bevosita oqituvchilarning qizgin mehnati samarasiga bogliq. Vatani-mizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har tomonlama etuk, barka-mol inson qilib voyaga etkazishda oqituvchining kasbiy bilimi, faoliyat texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada bolishi kerak. "Talim togrisida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq oqituvchi ozi-ning talim-tarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadri-yatlar ustuvorligiga doimo etibor berib kelishi lozim. Oqituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning manaviy mero-sini mutsahkamlashga, oquvchilarning oz imkoniyatlarini erkin namo-yon qilishiga asoslangan bolishi shart. SHu manoda taniqli adib Tursu-noy Sodiqova asarlarida hozirgi kun oqituvchisiga qoyiladigan "Murab-biylikning shartlari" oqilona berilgan: "...Siz insonlarning hech bir yoq joydan "shoxini kokartirish", qulf dilini ochish, dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish uchun bu ishga qol urdin-giz. Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan harakatlarin-giz roparangizdagi oquvchiga yoqayaptimi, yoqmi? Bor gap shunda! Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga oqigan odam murabbiy bolib qolmaydi. Ustozlikning oziga xos parhezlari, bosib otilmaydigan chegara chiziqlari bordir! Birinchidan, dilingizda ustoz—murabbiyning yozilganu yozilmagan qonun-qoidalariga boysunaman, degan Allohga qasamingiz bolsinl Ikkinchidan, niyatingiz sof bolsin! Men insonlarni faqat yaxshilikka orgataman deng, orqamda oz qonun bilan yaratilgan fayzli boglar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bolsinlar. Uchinchidan, haqiqiy murabbiy bo laman desangiz, birovga biror narsa orgatishni astoydil xohlang va siz Urn oluvchiga nisbatan muhabbat qoying Har bir ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydilar! SHu ishtiyoq sizda qanchalik kuchli bolsa, Tangri sizga shuncha kop uquv beradi, ep beradi, mushkullaringizni Ozi osonlashtiradi. Murabbiylikda tatilga chiqish, sogligi, kayfiyatiga qarab faoliyatini toxtatish, degan gap yoq. Yolda ham, cholda ham, hamma fast, hamma manzitda, qoyingchi, umringizning oxirgi nuqtasigacha siz faoliyat ustidasiz. Bu degani, sizning borlig ingiz, har bir soz, har bir ishorangiz odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir. Nazardan qolgan, qargish olgan, loqayd murabbiylar tarbiya maskanlariga qadam bosmasliklari kerak. Ular ishlayveradilar, ammo oqituvchilikning noni yuqmaydi, roshnolik kormaydilar, falokatlari arimaydi, niyatlariga etmaydilar. CHunki muqaddas kitoblarda "neki bersak, egallab turgan kasb koringizdan berurmiz" deb yozilgan. Kasbga halollik buyuk ibodatdir". Adiba oqituvchidan oz kasbiga sadoqatli bolishni, fidoyilikni, yuksak manaviyatni, tinimsiz mehnatni, oquvchilarga nisbatan mehr va muhabbatni, halol va pokiza bolishni talab qiladi. Bu aynan oqituvchi pedagogik texnikasining ham muhim xususiyatlaridan biridir. Download 56.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling