Pedagogik nazkat


O‘qituvchi nutqi deyilganda


Download 56.33 Kb.
bet8/9
Sana09.02.2023
Hajmi56.33 Kb.
#1181386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogik nazka-WPS Office

O‘qituvchi nutqi deyilganda, ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘qituvchining og‘zaki va yozma nutqi nazarda tutiladi. Yozma nutq va og‘zaki nutq — bu o‘qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi bo‘lib, o‘quvchilar ongiga, itsak va motivlariga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi muhim omil-lardir. O‘qituvchilar og‘zaki nutqi asosida zarur bo‘lganda o‘z kamchiliklarini tuzatib, korreksiyalab boradi.
Texnik jihatdan nutqiy tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchining nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
• o‘qituvchi va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabati va mahsuldor muloqotini;
• ta’lim jarayonida bilimni to‘la qabul qilinishi, anglanishi va mus-tahkamlanishi;
• o‘quvchilar faoliyatiga, ulardagi qobiliyat va iqtidor instinktini shakllantirish maqsadida ongi va hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
• o‘quvchilarning o‘quv va amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish.
"Pedagogik nutq texnikasi" tushunchasi o‘qituvchilarning kommunikativ xulqi tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. O‘qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda, faqat uning gapirish va axborot berish jarayonigina emas, balki, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o‘rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta’sir ko‘rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o‘qituvchining nutqiy nazokati ham ko‘zda tutiladi.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi og‘zaki nutqi monologik va dialogik shaklda bo‘ladi. Monologik nutqning keng tarqalgan shakllari hikoya, maktab ma’ruzasi, sharhlash kabilardir. Dialogik nutq turlari suhbat, savol -javob shaklida bo‘ladi.
Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun, o‘qituvchining nutqi ma’lum talablarga javob berishi, ya’ni notiqlik mahoratini shakllantirish uchun lozim bo‘lgan kommunikativ sifatlarga javob berishi hamda nutqi bir nechta adabiy normalarga mos kelishi lozim: chunonchi, zamonaviy normalarga, ifodali, adabiy til normalariga.
Pedagogik nutqning to‘g‘rilik, aniqlik, moslik, leksik boylik, ifoda-lilik va tozalik kabi kommunikativ sifatlari o‘qituvchi nutqining mada-niyatini belgilaydi.
Maqsadga muvofiq keladigan pedagogik nutq texnikasi o‘zining mantiqiyligi, ishonchliligi, kuzatuvchanligi bilan bir nechta funksiyalarni bajaradi:

Download 56.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling