Pedagogik odob. Pedagogik nazokat. Pedagogik qobiliyat va uning asosiy turlari
Download 13 Kb.
|
2 Seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- Qo‘shimcha adabiyotlar
2 -SEMINAR MASHG’ULOTI MAVZUSI ZAMONAVIY TARBIYACHI IMIDJI. Pedagogik odob. Pedagogik nazokat. Pedagogik qobiliyat va uning asosiy turlari. Zamonaviy pedagog qiyofasi deganda uning tashqi va ichki ko‘rinishi nazarda tutiladi. Tarbiyachiningtashqi ko‘rinishi “pedagogning imiji”ga albatta mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, Tarbiyachiningqiyofasi uning chehrasida va kiyinishida namoyon boladi. Tarbiyachihar qanday kiyimda yurishi mumkin emas. U toza va ozoda, bejirim va latofatli kiyinishi kerak. Bolalar tarbiyachini, birinchi navbatda, chiroyli kiyingani, nafis pardoziga qarab ham yaxshi ko‘radi. Undan keyin, uning chehrasiga, ko‘zlaridagi mehrga qaraydilar. Agar Tarbiyachining ko‘zlarida bolalarga nisbatan mehr bo‘lmasa, u qanchalik chiroyli va qimmatbaho kiyingan bo‘lmasin, bolalar uni yaxshi ko‘rmaydi. Shu sababli Tarbiyachining istarasi issiq bo‘lishi ham zarur. Tarbiyachihamisha darsga ochiq chehra bilan kirishi kerak. Nutq madaniyatiga rioya qilishi, shevadan qochib, adabiy tilda, chiroyli muomalada so‘zlashi lozim. Tarbiyachichiroyli gapira olishi, ya’ni notiqlik san’atini ham egallagan bo‘lishi lozim. Aslida, har qanday insonga ham kiyinishiga, ko‘rinishiga va gapirishiga qarab baho beramiz. Shuning uchun shu uchta belgi insonlar to‘g‘risida xulosa chiqarishning birlamchi belgilari hisoblanadi. To‘rtinchidan, Tarbiyachi o‘z kasbini sevishi, mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Beshinchidan, darsni o‘quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib tushuntira olishi kerak. Oltinchidan, dars o‘tishning innovatsion metodlari va metodikalarini yaxshi bilishi hamda ularni darsda mohirlik bilan qo‘llay olishi lozim. Yettinchidan, Tarbiyachi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi va darsda ulardan samarali foydalana olishi zarur. Sakkizinchidan, Tarbiyachichet tillaridan bir nechtasini (rus, ingliz…) bilishi va shu tillarda erkin muloqot qila olishi kerak. To‘qqizinchidan, Tarbiyachining oilasi na’munali oila ham bo‘lishi zarur. O‘ninchidan, Tarbiyachi mahallasi va jamoasida yetarlicha hurmat-izzatga sazovor bo‘lishi ham kerak. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pedagogdan juda ko‘p kasbiy va insoniylik xislatlari talab etiladi. Shu sababli Tarbiyachi o‘z ustida tinimsiz va muttasil ishlashi, o‘zini isloh etib borishi, bilimi va xulqini doimiy takomillashtirib borishi zarur. Buning uchun esa mamlakatimizda o‘qituvchilarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, Prezidentimizning “O‘zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli, eng e’zozli inson — bu muallim!” yoki “Tarbiyachini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman!”, deb ta’kidlab turganligining o‘zi biz pedagoglarga katta kuch-quvvat bag‘ishlashi kerak. Asosiy adabiyotlar 1.Yo‘ldoshev J.G., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari: T. “Tarbiyachi” 2004 2.Tolipova J.O. Pedagogik texnologiyalar-do‘stona muhit yaratish omili.T Yunisef 2005y 3.Tolipov U.Q.Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (o’quv qo’llanma).-T. “Fan” nashriyoti.2006y Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Sh.M.Mirziyoev. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. – T. 2017 y 2. Sh.M.Mirziyoev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. – T. 2016 y 3.Sh.M.Mirziyoev. “Qonun ustunvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovoligini garovi”. – T. 2016 y. 4. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y. Download 13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling