Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari tarkibiy qismlari mavjud : - O’quvchini hurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik ;
- Faoliyatning hamma turlarida o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish va ularning ishiga qat‘iy pedagogik rahbarlik qilish;
- O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan diqqat bilan qarashi va o’quv mashgulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi.
- O’quvchilarning tafakkur holida iroda aktivligini rivojlantirish, o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga nisbatan mehribon va g’amxo’r bo’lish ;
- O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini hisobga olgan holda qo’llashi ;
- O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam ravishda tekshirib turish ;
- O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloqa bog’lashning pedagogik jihatdan asoslangan holda birga qo’shib olib borilishi ;
- O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta qat‘iylik, muvozanatlilik va nutqning ifodaliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |