Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


Download 0.62 Mb.
bet3/20
Sana21.08.2020
Hajmi0.62 Mb.
#127143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yic-fayllar.org (1)


L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim kontseptsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

Psixolog L.S.Vo’gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “YAqin rivojlanish zonasi” g’oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.



Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantirish barcha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining asosi.
  • Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.




  • Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantirish metodlariga ilmiy tafakkurni jonlantirish, yangi muammolarni yechish malakasini ishlab chiqishga, muammolarni yechishda ongli izlanishga olib keladigan metodlar taalluqlidir.


  • rivojlantirish metodlariga ilmiy tafakkurni jonlantirish, yangi muammolarni yechish malakasini ishlab chiqishga, muammolarni yechishda ongli izlanishga olib keladigan metodlar taalluqlidir.
  • Bularga-


1.L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.

2.D.B.Elkoninning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.

3.V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi kabilar kiradi.



L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va nazariy bilimlarning hal qiluvchilik roli tamoyili.
  • L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.


  • o`quvchilarning bilim egallashi va mashqlari asosida faqat qayta yaratuvchi faoliyat yotar ekan, fikrlash va faoliyat go`yo oldindan solingan yo`l bo`ylab boradi. Bu nafaqat o`quvchilar aqliy rivojiga yordamlashmaydi, hatto ayrim hollarda uni tormozlaydi ham. Ular faktik materialni chuqur tahlil qilishiga o`rganmay, axborot va uni amalda qo`llash usullarini mexanik yod olishga intiladilar


Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo`ymoqda. 2006 yil iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta’lim” to`g’risidagi hujjat g’oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’i nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo`lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta’lim” iborasi paydo bo`lmoqda va unda aytilishicha innovatsion ta’lim o`qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda.

Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo`lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo`lga qo`yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o`qitishni jamoaviy o`qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to`g’risidagi harashlar o`z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o`qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o`qitishning individual yo`nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o`qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o`z-o`zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va boshqalarni keltirish mumkin.

Yuqoridagi keltirilgan texnologiyalar o`qitishda o`zlashtirishni yuqori ko`tarish, o`quv jarayonida qiziqtirishni, o`quv materialini tushunishni yaxshilashni, funktsional savodxonlikni shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy fikrlashni, ekologik va iqtisodiy fikrlashni, kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuharolik ongini, o`z-o`zini anglash va boshqa vazifalarni hal etishga yo`naltirilgan edi.

. Hozirgi sharoitda innovatsion faollik ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy to`zilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog’liq. Bu jarayonlarning asosi bo`lib oxirgi uch, o`n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo`ldi (A.A.Abdulina, ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q).

Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo`nalishlari ichida xususiy innovatsion nazariyani, shaxsiy (xususiy) yo`nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-to`zilmaviy modelini, ta’limni ko`p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko`rsatish mumkin.



D.B.Elkonina va V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va ularning mashg’ulotlardagi o’quvchilarning maqsadga yonaltirilgan faol o’quv faoliyati tamoyili.
  • D.B.Elkoninning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.


  • O`quv faoliyati–ijtimoiy tajribani o`zlashtirish asosidir.


  • D.B.Elkonin ta'kidlaydiki, o`quv faoliyati eng avvalo shunday faoliyatki, uning natijasida tinglovchining (o`quvchida) o`zida o`zgarish yuz beradi. Bu faoliyat o`z xolicha o`zgarishdir. Uning maxsuli, sub'ektning o`zida yuz bergan o`zgarishlardir. Uning maxsuli, sub'ektning o`zida yuz bergan o`zgarishlardir




  • V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi
  • Bolaningaqliyrivojlanishdarajasinita`limvatarbiyataraqqiyotibelgilaydi.Yani,ta`limvatarbiyataraqqiyoti -bolarivojlanishidanoldindabo`lishilozim.


  • Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantiruvchi


  • Zona- ta`limning taraqqiyot zonasi ichida bo`ladi.


Oxirgi o`n yillikda pedagogik innovatsiyani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potashnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova, O.T.Xomeriki, N.R.Yusup-bekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o`ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o`qitish jarayonida bo`lg’usi o`qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo`lib qolmoqda.

2. Shaxsiy yo`nalishli ta’lim kontseptsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vigotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davidov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmo-lov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Tsukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshharuv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug’ullangan. Ushbu kontseptsiyaning yetakchi g’oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o`rnini anglab yetish, predmetlarni o`zlashtirish bilan asosiy e’tibor o`quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o`qitishga asosiy maqsad haratiladi.

Ushbu kontseptsiyaning boshqa bir g’oyasi o`quv shakllarini konstruktsiyalash bilan bog’liq bo`lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida haraladi, (xususiy o`quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo`lg’usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo`lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o`zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo`lib, bunda ta’lim-oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo`naltirilgan shaxsni o`zgartirishga haratilgan jarayondir.

Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko`nikma va malakalar emas, balki shaxs o`sishiga qobiliyat, empatik o`zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka haratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o`z-o`zini faoliyatini yo`lga qo`yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon tinglovchi yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo`lga qo`yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu kontseptsiyaning keyingi g’oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog’liq: tinglovchi “o`rganuvchi”, “o`quvchi”, “o`qitadigan” pozitsiya orqali o`tadi.

Agar oliy o`quv yurti “o`qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo`lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb haralsa, u holda ushbu oliy o`quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan tinglovchining o`z-o`zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo`lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o`zini qayta qurish sub’ekti ham tinglovchi, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O`qituvchi faoliyati ham o`zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, tinglovchilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada tinglovchilar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko`ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo`lga qo`yish dolzarb bo`lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug’ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog’i zarur. Bundan tashhari oliy ta’limda har bir fanlarni o`qitish sohasida pedagogi-psixologik va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug’ullanishlari kerak.



6– mavzu Zamonaviy didaktik konsepsiyalar

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli


Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat



Tinglovchilar soni –


O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza




O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Shaxsni rivojlantiruvchi ta’im nazariyasining ishlab chiharishga zamonaviy yondashuvlar




O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Tinglovchilarga zamonaviy didaktik konsepsiya haqida ma’lumot berish.




Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.

Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.





Oquv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

Shaxsni rivojlantiruvchi ta’im nazariyasi haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.



Ta’lim metodi

Suhbat, «Debat» strategiyasi,»BBB» metodi, «Aqliy xujum» metodi




Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, frontal, umumjamoa




Didiaktik vositalar

Tarqatma material, doska, bo’r




Ta’limni tashkil etish sharoiti

Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya




Nazorat

O’z-o’zini nazorat qilish.




Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti


Faoliyat mazmuni


O’qituvchi


Tinglovchi


I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish

(20 min).


    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.


«Debat» baxs mavzusi.


    1. Eshitib, yozib oladilar.


1.2. «Debat» baxs mavzusi.


II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash

(50 min).


2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi

(10 min).


3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.




Shaxsni rivojlantiruvchi ta’im nazariyasining ishlab chiharishga zamonaviy yondashuvlar

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasida hamkorlikda o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Hamkorlikda o’qitishni bu biror bir vazifani, topshiriqni hamkorlikda bajarish emas, balki hamkorlikda o’qitishdir. Buyuk rus tarbiyashunosligining asoschilaridan biri A.S.Makarenko «Tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash jarayonida, o’zim ham tarbiyalanib bordim»,- deb yozadi. Demak o’qitish jarayonida, o’qituvchi bolalarni o’qitar ekan, ayni paytda o’zi ham o’qishga majburdir. Bu hamkorlikda o’qitish orqali amalga oshadi.

Hamkorlikda o’qitish, ya’ni kichik, kichik guruhlarga bo’lib o’qishlar G’arb pedagogi-psixologiksida XIX asr oxirlarida paydo bo’lgan. Ammo guruhlarda, hamkorlikda o’qitishga asos – solinishi XX asrning 20- yillariga to’g’ri keladi. Uning asosiy texnologiyasini ishlab chiqish va uning birinchi natijalarini matbuotda e’lon qilish 1970 yillarning oxirlari 1980 yillarning boshlarida to’g’ri keladi. Bu davrda Buyuk Britaniya, G’arbiy Germaniya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning ta’lim muassasalarida hamkorlikda o’qitish metodining nazariyasi va amaliyoti to’g’risida pedagogik matbuotda ma’lumotlar e’lon qilindi. Ammo ushbu g’oyaning mantiqiy asosnomasi Amerikadagi uchta universitet professorlari – R.Slavin (J.Xoppine universiteti, 1990), R.Jonson, D.Jonson (Minnesot universiteti, 1987), J.Arenson (Kaliforniya universiteti, 1978) va Isroildagi Tel – Aviv universitetida, 1988 yilda SH.SHaron tomonidan ishlab chiqildi. Amerika olimlari va Isroil olimlarining hamkorlikda o’qitish g’oyasi ma’lum jihatlari bilan bir – biridan farq qilsada, ularda mazkur g’oyani yondoshish qoidalari va printsiplarini asoslashda yaxlitlik mavjud. Masalan, Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitishda asosan o’quvchilarni fan asoslari bilan tanishtirish, ularni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish nazarda tutilsa, Isroil va yevropa olimlari ishlab chiqqan hamkorlikda o’qitish metodining mazmunida darslarda munozarali o’quv bahsini tashkil qilish orqali faoliyatni loyihalash yotadi. Bu hol g’oyalarning bir – birini to’ldirishi didaktik jihatdan bir birini boyitishi bilan xarakterlanadi va o’quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini loyihalashtirish uchun zamin yaratadi. Bu esa har bir o’quvchida aqliy mexnatga tayyorlanish, ijodiy va mustaqil fikr yuritishlari shaxs sifatida o’zlarini erkin tutib o’qishga ongli, ma’suliyat bilan yondashishga undaydi hamda o’z safdoshlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etadi.

Ma’lumki, shoir, yozuvchi, bastakor, texnik xodim va boshqa ijod ahli tinmay izlanadilar, tom – tom kitoblar, taxlam – taxlam gazeta va jurnallarni varaqlab chiqadilar. Ziyokor sifatida o’qituvchi ham bu holatdan qolmasligi, tinmay izlanishi va ijod qilishiga to’g’ri keladi. CHunki, bugungi kun o’quvchisi ommaviy axborot vositalari orqali ko’pgina ma’lumotlarga ega. Ularni o’z o’quv fani mazmuniga singdirish, orqali o’quv predmetiga qiziqtirish, izlanish, mustaqil ishlariga o’rgatish o’qituvchidan katta bilim, mahorat talab qiladi. SHunga asosan o’qituvchiga bolalarga nima o’rgatsam, qanday o’rgatsam degan uy – xayol xalovat bermasligi kerak. qolaversa ta’lim islohotlari ham o’qituvchiga mana shunday tasavvur bilan yashash va ishlashga da’vat etmokda.

SHunga ko’ra hamkorlikda o’qitish metodini puxta egallagan qanday o’qitish va nimani o’rgatishni yaxshi bilib oladi. Zero, hamkorlikda o’qitish o’quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o’z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb biladi, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug’ullanishiga zamin tayyorlaydi.

Hamkorlikda o’qitish metodining mohiyat mazmunini yuqorida qayd etilgan fikrlardan tashhari komanda (jamoa) hamkorligi asosida topshiriqlarni yechish jarayonlarini vaqt bo’yicha bosqichma – bosqich (g’oyalarni inertsiyalar, muhimlarini ajratish, loyihalash qayta ishlab chiqish) va amalga oshirish g’oyasi yetadi.

SHu o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, hamkorlikda o’qitishda o’quv ma’lumotlarini o’zlashtirish samaradorligi boshqa o’qitish metodlariga nisbatan yuqori bo’ladi. Buni Buyuk Britaniyaning Starklayu universiteti qoshida xalharo loyihalar markazining direktori, «Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga O’zbekiston ta’lim tizimini islohotiga ko’maklashish» loyihasining xalharo eksperti YAn Smit ham Buyuk Britaniya, Pokiston, Botsvaniyada olib borgan tajribalariga asoslanib 8 aprel 1999 yilda Respublikada o’tkazilgan xalharo anjumanda «Ilg’or pedagogik texnologiyalar» mavzusida qilgan ma’ruzasida ham qayd qilib o’tdi. Uning qayd etishicha hamkorlikda o’qitish, ya’ni o’quvchi – tinglovchilarning bir – birini o’qitishda samaradorlik mutlaqo oshgan. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko’rish mumkin.



O’qitish metodlari


Natija (% hisobida)


Ma’ruzalarda

O’qishda

Munozarada

Amaliy mashg’ulotda

Tinglovchilar bir-birini o’qitganda


5

10



50

75


90

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling