Pedagogik psixologiya fani rivojlanishining tarixiy jihatlari


II BOB. XIX asr oxiri XX asr boshlarida pedagogik psixologiya – psixologiyaning mustaqil fan tarmog’i sifatida shakllanishi va rivojlanishi


Download 139 Kb.
bet3/4
Sana14.11.2023
Hajmi139 Kb.
#1771843
1   2   3   4
Bog'liq
PEDAGOGIK

II BOB. XIX asr oxiri XX asr boshlarida pedagogik psixologiya – psixologiyaning mustaqil fan tarmog’i sifatida shakllanishi va rivojlanishi
2.1. G'arbda pedagogik psixologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivoilanishi


2.2. XX asrda ta'lim-tarbiya haqidagi
garashlarning rivojlanishi: kognitiv-
oriyentirovkadan shaxsiy oriventirovkali ta'lim
paradigmalariga o'tish
Ta'limda individual yondashuv deganda har bir o'quvchi individual, boshqalarga bog'liq bo'lmagan holda o'qitiladi, degan ma'noni bildirmaydi. Ta'limni individuallashtirishning ma'nosi shuki, u o'quvchining individual-psixologik xususivatlariga tayanadi, ana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda quriladi. Sinf rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi bir xil bo'lmagan, ozlashtirishi turlicha va o'gishga munosabati har xil bo'lgan o'quvchilardan tashkil topadi. O'qituvchi an'anaviy tashkil etilgan ta'lim jarayonida hammaga bir xil holda baravar e'tibor garata olmaydi. Shuning uchun u ta'limni o'rtacha darajaga - o'rtacha rivoj-
lanishga, o'rtacha tayyorgarlikka, o'rtacha o'zlashtirishga tatbiq qilgan holda olib borishga majbur bo'ladi. Boshqacha aytganda, u ta'limni gandavdir afsonaviy «'rta» o'quvchini ko'zda tutgan hol-
da tashkil etadi. Bu narsa shunga olib keladiki, «kuchli» o'quvchilar sun'iy ravishda o'z rivojlanishida ushlab turiladi. Bunday holda
o'quvchilarning o'qishga qiziqishlari golmaydi, chunki o'qish ularda ko'p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi. «Kuchsiz» o'quvchilar esa surunkasiga orgada golishga mubtalo bo'lganlar, ular ham o'qishga qiziqmay qo'yadilar, chunki o'qish ulardan ko'proq aqliy
kuch sarflashni talab qiladi. «O'rtacha» darajaga kiruvchilar ham juda har xil boladilar, qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xoti-
ra, xayol va tafakkur xususiyatlari xilma-xil bo'ladi. Bir o'quvchi ko'rgazmali obrazlar va tasavvurlarga asosli ravishda tayanmog'i
zarur, ikkinchisi bunga kamroq ehtiyoj sezadi; biri sekin fikrlaydi, ikkinchisining aqliy mo'ljali nisbatan tezligi bilan ajralib turadi; bi-
ri tez esda olib golsa-da, mustahkam emas; ikkinchisi sekin esda olib golsa-da, ko'p narsani yodida saqlaydi; biri uyushgan hol-
da ishlashga o'rgangan, boshqasi kayfiyatiga garab, asabiylashib va notekis ishlaydi; biri astoydil, ikkinchisi majburan shug'ullanadi.
Ta'limni individuallashtirish tamoyili o'qitishda o'quvchilarning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Bu tamoyilni programmalashtirilgan ta'lim juda yaxshi amalga oshiradi. O'quvchilarning individual psixologik xususiyatlari ta'limning ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qo'llanish vaqtida, uyga berilgan topshiriqlarni qismlarga bo'lishda, sinf va nazorat
ishlarining variantlarini aniqlashda hisobga olinadi.
Sinf bilan olib boriladigan ishni ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan individual ish bilan birga qo'shish mumkin. Shu bilan birga dasturning xuddi shu masalalarini o'quvchilar qanday tayyorgarlik ko'rganliklari, individual moyilliklari, qiziqish va gobilivatlari hamda individual ish sur'atlariga qarab turlicha to'lalik
va teranlik bilan, har kim darsda optimal darajada band bo'ladigan gilib o'rganadilar.
Ta'lim metodlari turlicha bo'lishi, o'quvchining individual xususivatlariga qarab o zgartirilishi kerak. Lekin bu 40 o’quvchi bor bolgan sinfda 40 xil individual vondashishni, ta'lim metodikasining 40 xil individual variantini amalga oshirish zarur degan ma'noni anglatmaydi. Odatdagi maktab ta'lim sharoitida bunday haddan tashqari individuallashtirish mumkin ham emas, kerak ham emas. O'quvchilarning fikrlash faoliyatining asosiy tiplarini hisobga olish kifoya.
Ta'limda individual vondashish kamchiliklarga barham berishnigina emas, balki o'quvchilar tafakkurini rivojlantirish, o'qishga to'g'ri munosabatda bo'lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib toptirish ishlarini olib borishni ham anglatadi.
O'gishga salbiy munosabatda bo'lish hollarida bunday munosabatni keltirib chigargan sabablarga qarab, tarbiyaviy chora-tadbirlar ko'rish kerak boladi.
Bunday sabablar orasida o'qituvchi bilan bolgan kelishmovchilik, o'quvchi duch kelgan qiyinchiliklar, bilimdagi nuqsonlar, 0'z
kuchiga ishonmaslik va hokazolar bolishi mumkin.
Rus psixologlari yakdillik bilan: barcha bolalar o*qishga qobiliyatlidirlar, har bir normal va psixik jihatdan sog'lom o'quvchi o'rta ma'lumot olishga godirdir. Maktab o'quvchilari davlatta'lim standartlari doirasida o'quv materialini ma'lum darajada muvaffaqiyatli egallashga godirdir, binobarin o*qituvchi hamma o'quvchilarning ham shunday bo'lishiga erishmog'i lozim, degan
nugtayi nazarda turadilar. Lekin bundan hamma o'quvchilarga ham ta'lim berish bir xilda oson, deb aslo o'ylab bo'lmaydi. Har
ganday ta'lim metodikasi sharoitida, bu ta'lim juda yaxshi tashkil etilgan sharoitda bir xil o'quvchilar yaxshiroq harakat qilib, bosh galardan ko'ra yugori natijalarga erishadilar. Bir o'quvchi alohida ko'p kuch va mehnat sarf qilmasdan nisbatan qisga muddat ichida yuksak natijalarni, katta muvaffaqiyatlarni qolga kiritadi,boshga o'quvchi bo'lsa ganchalik intilmasin va harakat qilmasin,
o'sha darajaga shunchalik tez va osonlikcha ko tarila olmaydi.
Bugungi kunda hech kim: «Yomon o'quvchilar yo'q, yomon o'gituvchilar bor» degan formulani hech so'zsiz qabul qilavermay-
di, o'quvchilarning o'zlashtirmasligida hech kim o'qituvchilarni yoppasiga ayblab o'tirmaydi. Albatta, ta'limning muvaffaqiyatli
bo'lishi bilimlar, ko'nikma va malakalarning juda yuqori darajasi asosan ta'limning mazmuni bilan, ta'lim metodikasining takomil-
lashuvi, o'qituvchining mahorati bilan ta'min etiladi, lekin hamma narsa faqat ana shunga bog'liq deb o'ylab bo'lmaydi. Muvaffaqiyat ichki shart-sharoitlarga - o'quvchining individual-psixologik xususiyatlariga ham bog'ligdir. Har gal teng sharoitlarda bir xil
mashqlar, bir xil ta'lim metodikasi g'oyat har xil natijalar beradi, bunda o'quvchilarning turli xususiyatlari hagida gapirish mumkin.


1. Yosh psixologiyasi alohida predmet sifatida gaysi davrda vujudga kelgan?
a) *XIX asrning boshlarida;
b) XX asrning boshlarida;
c) XIV asrning boshlarida;
d) XIX asrning o'rtalarida.
2. «Pedagogika masalalarini va ular bilan bog liq bo'lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan qismlardan iborat» ushbu so'zlar gaysi allomaga tegishli?
a) Abu Rayhon Beruniy;
b) *Abu Nasr Forobiy;
c) Abu Ali ibn Sino:
d) Alisher Navoiy.
3. Abu Nasr Forobiy o'gituvchi shaxsiga ganday ta'rif bergan?
a) *O'gituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmogchi bo'lgan fikrlarini tola va aniq ifodalay
olishni bilmog'i zarur;
b) O'qituvchi bilimli bo'lishi zarur;
c) O'qituvchi dono bo'lishi lozim;
d) O'qituvchi chiroyli xulq-atvorga ega bo'lishi lozim.
4. «...O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning qatlamlariga kira olmog'i lozim». Ushbu so'zlar kimning qalamiga mansub
Abu Rayhon Beruniy;
b) Abu Nasr Forobiy;
c) *Abu Ali ibn Sino;
d) Alisher Navoiy.
5. Buyuk alloma Yusuf Xos Hojibning inson kamoloti va komil inson tarbiyasiga bag'ishlangan asari gaysi?
a) *«Qutadg'u bilig»;
b) «Bahoriston»;
c) «Tuhfat-ul-axror»;
d) «Mahbub-ul-qulub»;
e) «Fozil odamlar shahri».
6.Pedagogik psixologiya - ....
a) psixologiya fanining tarmog’i sifatida shaxsga samarali ta'sir etuvchi umumpsixologik omillari, gonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganuvchi fandir;
'b) psixologiya fanining tarmog'i sifatida ta'lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta'sir etuvchi omillari, gonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganuvchi fandir;
c) psixologiya fanining tarmog' i sifatida turli yosh davrlaridagi
shaxslarga samarali ta'sir etuvchi omillari, gonuniyatlari va me-
yanizmlarini o'rganuvchi fandir;
d) psixologiya fanining tarmog'i sifatida individual psixologik


gonuniyatlarni va mexanizmlarini, hayvon va inson psixikasini
qiyoslab o'rganuvchi fandir.
7.Pedagogik psixologiya bo'limlari -
a) psixika, ta'lim, ong psixologiyasi;
b) tarbiya, ta'lim, bola psixologiyasi;
*c) ta'lim, tarbiya, o'qituvchi psixologiyasi;
d) ) ta'lim, jod, o'qituvchi psixologiyasi.
8.Pedagogik psixologiya fan sifatida qachondan boshlab rivojlana boshlagan?
a) XVIII asrning boshlarida;
b) XVIII asrning o'rtalarida;
*c) XIX asrning o'rtalarida;
d) XIX asrning boshlarida.
9.Psixologik-pedagogik eksperiment qismlari.
a) tabiiy, laboratoriya, psixologik eksperiment;
b) aniqlovchi, laboratoriya, psixologik eksperiment;
*c) aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperiment;
d) shakllantiruvchi, pedagogik, nazorat eksperiment.
10. Shakllantiruvchi eksperimentda.......
a) sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi;
*b) aniqlangan psixik jarayon me'yordan orqada bo'lsa, uni
rivojlantirish bo'yicha maxsus mashg ulotlar o'tkaziladi;
c) shakllantiruvchi ta'sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir marta takroran o'tkaziladi;
d) o'qituvchi va ota-ona bilan hamkorlikda o'tkaziladi.
XULOSA



Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling