Pedagogik psixologiya fanining predmeti
Download 22.43 Kb.
|
16, 17, 18 rivoj javob
Pedagogik psixologiya fanining predmeti Psixolog I.A.Zimnyaya bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson tomonidan ijtimoiy- madaniy tajribani o‘zlashtirishning qonuniyatlari, mexanizmlarini, shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat. Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tatqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini xamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiyaning ta’siri oqibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv materiallarining o‘quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o‘quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o‘rganadi. 2. Pedagogik psixologiyaning muammolari 1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha kopproq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari mahlum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi nomahlum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti opziga xos individual boplib, turli davrda har xil kechadi. 2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik tahsir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bogplanish muammosi. Bolaga tahlim va tarbiya tahsir etadimi, yoki bola faqat bilim, kopnikma va malakalarga ega boplib, intellektual va axloqiy rivojlanishga tahsir qilmaydimi? Har qanday tahlim bolaning rivojlanishiga tahsir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi tahlimmi? 3. Tahlim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida tahlimga yoki tarbiyaga urgpu berish kerakmi?- bola hayotining ayni davrida nimaga kopproq ehtiyoj sezadi: kognitiv –intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami? 4.pedagogik tahsirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemali xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning opzgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, opz navbatida ularga bogpliq. 5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi tahlim va etilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bogpliqligi muammosi. 6. Bolaning ongli tahlim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu muammoni hal qilishda tahlim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi mahnosidami yoki tahlim va tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi mahnosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi mahnosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning mahlum darajasiga erishilganligi mahnosidami? 7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik tahsirlarni opzlashtira olmasligi unga bolaligida yomon tahlim va tarbiya berilganligi. 8. Tahlimni individuallashtirishni tahminlash muammosi.Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga boplib opqitish, har bior bolaning individual xususiyatlarga mos tahlim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish opqituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, kopnikma va malakalarni talab qiladi. 3.Pedagogik psixologiya vazifalari 1) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish; 2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; 3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash; 4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish; 5) pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish; 6) o‘quvchilarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish. 7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish. Pedagogik psixologiyaning quyidagi bo‘limlari mavjud: 1.Ta’lim psixologiyasi. 2.Tarbiya psixologiyasi. 3.Pedagogik faoliyat psixologiyasi. Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya o‘rganadigan ob’ektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish ob’ekti – bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifatida, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi. Ma’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bu esa o‘quvchining psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo‘lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi. Pedagogik psixologiya ham, yosh psixologiyasi ham umumiy psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan fan – umumiy psixologiyaga asoslanadi. Download 22.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling