Pedagogik psixologiya predmeti va vazifalari Pedagogik psixologiya fanining muammolari


Pedagogik psixologiya fanining muammolari


Download 24.13 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi24.13 Kb.
#1165918
1   2   3
Bog'liq
pedagogik psixologiya

Pedagogik psixologiya fanining muammolari

1. Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko`proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma`lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma`lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o`ziga xos individual bo`lib, turli davrda har xil kechadi.
2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta`sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog`lanish muammosi. Ta`lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta`sir etadimi, yoki u ta`lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta`sir qilmaydimi? Har qanday ta`lim bolaning rivojlanishiga ta`sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta`lim-mi?
3. Ta`lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta`limga yoki tarbiyaga urg`u berish kerakmi?- bola hayotining ayni davrida nimaga ko`proq ehtiyoj sezadi: kognitiv – intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?
4. Pedagogik ta`sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o`zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog`liq.
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta`lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog`liqligi muammosi. Ta`limni bola organizmida ma`lum neyrofiziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi?Ta`lim bolaning organik rivojlanishiga ta`sir qiladimi? Agar ta`sir qilsa, qanday darajagacha ta`sir qiladi? Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birgalikda qanday ta`sir qiladi?
6. Bolaning ongli ta`lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu muammoni hal qilishda ta`lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma`nosidami yoki ta`lim va tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma`nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma`nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma`lum darajasiga erishilganligi ma`nosidami?
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta`sirlarni o`zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta`lim va tarbiya berilganligi.
8. Ta`limni individuallashtirishni ta`minlash muammosi.Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo`lib o`qitish, har bir bolaning individual xususiyatlarga mos ta`lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o`qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko`nikma va malakalarni talab qiladi.
Xulosa
O`quvchining bilimlarni o`zlashtirishda ko`nikma va malakalarning ahamiyati kattadir. Maqsadga muvofiq ravishda bilim olshga qaratilgan xarakat usullari ko`nikmalardir. Ko`nikma o`quvchining amaliy xarakatlarida nomolyon bo`ladi. Bilimlarni egallash jarayonida o`quvchilarda amaliy faoliyat ko`nikmasi tarbiyalanadi.
O`quvchining bilimi ko`nikmasiz bo`lishi mumkin, lekin ko`nikma bilmsiz bo`lmaydi. Masalan, daraxtni o`tqazish tufayli ko`kartirib o`stirishni o`quvchi biladi, ignaga ip o`tkazish oddiy ko`nikma, o`sha orqali buyumtikish murakkab, qog`oz va qalam bo`lsa, istagan rasmini chizish mumkin, lekin chiza olmaydi. Ko`nikmalar o`quvchining malakasiga aylanadi va uning ongli irodaviy harakatlarini ifodalaydi. Malakalilik o`quvchining og`zaki, yozma nutqida, hisoblash, chizish faoliyatida aks etadi. O`quvchidagi bilimning biror sohasiga nisbatan bo`lgan malaka uning faoliyatinig boshqa sohalariga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.


Download 24.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling