Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar


Download 123.27 Kb.
bet1/17
Sana08.03.2023
Hajmi123.27 Kb.
#1251894
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish


Mundarija
Kirish



  1. BOB. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar

1.1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarda yozma nutq buzilishiga moyillik sabablarilari

    1. Yozma nutq tushunchasi, turlari, uning psixologik, psixolingvistik va fiziologik asoslari

1.3. Yozma nutq buzilishlarining sabablari va turlari


II BOB. Yozma nutqning funksional asoslarini eksperimental tekshirish
2.1. Yozma nutqning funksional asoslarini tekshirishni tashkil etish va o’tkazish
2.2. Eksperimental tadqiqot natijalarini taxlil qilish
2.3. O’qish va yozuvdagi kamchiliklarni oldini olishga doir tavsiyalar

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Eng muhimi, “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa,
oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi”
degan hayotbaxsh g‘oya har bir yurtdoshimizning
qalbiga chuqur kirib borishi, ana shu ulug‘ ishga
munosib hissa qo‘shish barchamizning
muqaddas vazifamizga aylanishi lozim”
I.A.Karimov1
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Davlatimiz rahbari “Sog’lom bola yili”ning asosiy maqsad va vazifalari haqida gapirar ekan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq sog’lom ona-sog’lom bola masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida qaralganini, bu borada umummilliy dasturlar doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganini qayd etdi. O’tgan davrda keng miqyosli va teran mazmunli ulkan ishlar, mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun g’oyat muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan qator umummilliy dasturlar, birichi navbatda, “Sog’lom ona va bola” dasturi amalga oshirildi. Farzandlarimiz va xalqimiz baxti uchun, kelajagimiz uchun qilinayotgan bu ezgu ishlar izchillik bilan davom etib, tobora kengayib borayotgani, yuksak samaralar berayotgani quvonarlidir.
Shuningdek, davlatimiz rahbari qabul qilingan “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida boshlang’ich ta’limning sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, darslik va qo’llanmalarni takomillashtirish, ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalari o’z ifodasini topishi zarurligini ta’kidladi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual salohiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.
To’liq, har tamonlama rivojlangan og’zaki nutq negizida yozma nutq , ya’ni o’qish va yozish malakalari maxsus tashkil etilgan ishlar orqali shakllantiriladi.
Bolaning og’zaki nutqi qanchalik yaxshi bo’lsa, yaxshi gapirsa ta’lim jarayonida shunchalik to’g’ri, xatosiz o’qiydi va yozadi.O’qishga o’rgatish ishlari bolalarning og’zaki nutqini o’stirish, ko’rish, eshtish qobilyatini rivojlantirish, bolaning fazoviy idrokini oshirish, barcha psixik jarayonlar diqqat, tafakkur,idrok, xotira nutq, his–tuyg’ular, xissiyot, analiz sintez qilish malakalarini tarkib toptirishga qaratiladi.
Yozuv buzilishi kichik maktab yoshidagi bolalarda keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Hozirgi kunda logopediyada disgrafiyani tuzilishi, mexanizmlari, simptomlari muamolari yoritilgan, turli xil disgrafiya ko’rinishlarini korreksiyalashning umumiy metodlari kabi, metodologik yondoshuvlari, yo’nalishlari, mazmuni, va farqlangan metodlari ishlab chiqilgan. (T.V. Axutina, T.P. Bessonova, L.N. Yefimenkova, A.N. Kornev, R.I. Lalaeva, P.E. Levina , Ye.A. Loginova, G.G. Misarenko, S.S. Mnuxin, H.A. Nikashina, L.G. Paramonova, I.N. Sadovnikova, L.F. Spirova, O.A. Tokareva, M.E. Xvattsev, A.B. Yastrebova va boshq.).
Ammo, kichik maktab o’quvchilarida yozuv buzilishlarini korreksiyalash muammosi hali xanuz dolzarbligicha qolmoqda. Bu disgrafiyani korreksiyalashning an’anaviy metodiklarining samaradorligini yetarli emasligi va yozuv buzilishlariga ega o’quvchilar sonining ortib borayotganligi bilan bog’liq.(L.G. Paramonova ).
Yozma nutqni egallash bilan bog’liq qiyinchiliklarga ko’pincha, turg’un o’zlashtira olmaslik, maktabga moslasha olmaslik, bola shaxsini shakllanishidagi buzilishlar sabab bo’ladi. Yozuvdagi o’ziga xos buzilishlar o’zida orfografiyani egallashdagi qiyinchiliklar, ayniqsa, murakkab orfografik qoidalarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar bilan qo’shilib keladi. (O.I. Azova, R.I. Lalaeva, L.G. Paramonova, I.V. Prishepova, ).
Shunga bog’liq ravishda disgrafiyani korreksiyalashning samarador usullarini izlash logopediyaning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Yozuv o’z ichiga turli analizatorlarning hamkorlikda ishlashini qamrab olgan murakkab tizimli va ixtiyoriy psixik jarayon hisoblanadi.
Yozuvni muvoffaqiyatli egallashning muhim ko’nikmalaridan biri sifatida og’zaki nutqning yuqori darajada rivojlanganligi, turli idrok turlarining shakllanganligi, diqqat va xotiraning yuqori darajada rivojlanganligi ,analiz –sintez qilish qobiliyati, faoliyatning mavhum usullari, umumiy hatti – harakatlar, boshqaruv va o’z- o’zini boshqarishni, hatti-harakatlar motivi va maqsadini yuqori darajada shakllanganligi ko’rsatiladi. (T.V. Axutina, A.N. Kornev, R.I. Lalaeva, Ye.A. Loginova, I.N. Sadovnikova, L.S. Tsvetkova va boshq.).
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yozma nutq buzilishlarini korrektsion logopedik ish asosida bartaraf etish bo’yicha o’zbek tilida ilmiy tadqiqot ishlarini yetarli darajada olib borilmaganligi va o’quv –uslubiy qo’llanmalarni tanqisligi hamda disgrafik o’quvchilarning bilish sohasi xususiyatlari hali yetarlicha o’rganilmaganligi tadqiqot ishimizning dolzarbligini bildiradi.
Shu tariqa, disgrafiyani korreksiyalash bo’yicha logopedik ishlarni takomillashtirish uchun bu muammoning ahamiyati va uni yetarlicha o’rganilmaganligi muammoning dolzarbligini belgilaydi.

Download 123.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling