Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar


Yozma nutq buzilishlarining sabablari va turlari


Download 123.27 Kb.
bet6/17
Sana08.03.2023
Hajmi123.27 Kb.
#1251894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish

1.3. Yozma nutq buzilishlarining sabablari va turlari
Disgrafiya – bu yozuv jarayonining qisman o‘ziga xos buzilishidir. Yozuv ыzida nutq faoliyatining murakkab shaklini, kыp darajali jarayonini aks ettiradi. Unda turli xil analizatorlar: nutqni eshitish, nutqni harakatga keltirish, kirish, umumiy harakatlantirish analizatorlari ishtirok etadi. Yozuv jarayonida ular orasida yaqindan bog’lanish va o’zaro aloqadorlik o’rnatiladi. Bu jarayonning tuzilishi yozuv malakalarini o’zlashtirish bosqichiga, yozuvning maqsadi va xususiyatiga bog’liqdir. Yozuv og’zaki nutq jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’ladi, hamda uning yuqori darajali rivojlanishi asosida amalga oshadi.
Katta yoshlilarning yozuvi avtomatlashgan hisoblanadi va yozuv malakalarini o’zlashtirib olayotgan bolaning yozuvi xarakteridan farq qiladi. Chunonchi, katta yoshdagilar yozuvi aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyat hisoblanadi va uning asosiy maqsadi ongdagi fikrni bayon etish yoki uni qayd qilishdan iborat bo’ladi. Katta yoshlilarni yozuvi o’zining bir butunligi, bir-birining bog’liqligi bilan tavsiyalanadi va u sintetik jarayon hisoblanadi. Bunda so’zning grafik obrazi alohida element (harf) lar bilan emas, balki bir butun sifatida talaffuz etiladi. So’z yagona motor akti orqali yuzaga keladi. Yozuv avtomatik tarzda amalga oshadi va ikkita nazorat: kinestetik va ko’rish nazoratidan o’tadi.
Disgrafiya yozuv jarayonining normadan oshiruvchi amalga oliy psixik faoliyatining rivojlanmay qolishi (so’zilishi) bilan bog’liq bo’ladi.
Yozuvning buzilishini belgilashda asosan quyidagi atamalardan foydalaniladi: disgrafiya, agrafiya, dizorfografiya, evolyutsion disgrafiya (bu so’nggi atama bolalardagi o’qish malakasini egallab olish jarayonining buzilganligini belgilash uchun qo’llanadi).
O‘qish va yozishdagi buzilishlar bir-biriga o’xshash bo’ladi.
Yozuvi buzilgan bolalarda ko’pgina oliy psixik funksiyalar: qobiliyatining tahlili va sintezi, fazoviy tasavvurlar, nutq tovushlarini ko’rish-eshitish orqali farqlash, fonematik hamda bo’g’inli analiz va sintez qilish, gapni so’zlarga ajratish, nutqning leksik-grammatik tuzilishi, xotira, diqqat-e’tibor suksessiv va simultan jarayonlarining, emotsional-irodaviy sohaning shakllanganligi kuzatiladi.
Logopedik adabiyotlarda disgrafiyaning psiholingvistik nuqtai nazardan o’rganish Etarlicha ko’rsatilmagan. Bu jihat yozuvning buzilish mexanizmini yozma nutq operatsiyalari (A.A. Leonteva fikricha): bog’lanishli matnni ichki rejalashtirish, alohida gapni ichki rejalashtirish, gapni grammatik jihatdan to’g’ri tuzish, fonemalarni tanlash operatsiyasi, so’zlarni fonematik jihatdan tahlil qilish va boshqalar (E.M. Gopichenko, E.F. Sobotovich)ning zaiflashuvi sifatida o’rganadi.
Disgrafiyani tavsiflash turli xil me’yorlar: analizatorlar psixik faoliyatlarning buzilganligi, yozuv operatsiyasining shakllanmaganligini hisobga olish asosiada amalga oshiriladi.
O.A. Tokaryova disgrafiyaning 3 turini: akustik, optik, motor disgrafiyalarni ajratib ko’rsatadi.
Akustik disgrafiyada eshitish qobiliyatining tabaqalashmagani, tovushni analiz va sintez qilishning Etarli jarajada rivojlanmagni kuzatiladi. Bunda tovush va artikulyatsion jihatdan o’xshash harflar o‘rnini almashtirish, aralashtirish va ba’zi bir harflarni tushirib qoldirish, shuningdek tovushni noto’g’ri talaffuzda eshitishning yozuvda qayd qilinish hollari kuzatiladi.
Optik disgrafiya kurish orqali tasavvur eshitishning mutsaщkam emasligi bilan bog’liqdir. Bunda kishi ma’lum harflarni anglamaydi, bu harflar talaffuzdagi tovushga mos kelmaydi. Harflar turli paytlarda har xil qabul qilinadi. Ko’rish qobiliyatining notekisligi oqibatida ular yozuvida aralash-quralash bo’ladi. Optik disgrafiyaning og’ir holatlarida so’zlarni yozish mumkin bo‘lmay qoladi. Qator hollarda, ayniqsa chapaqay kishilarda harflarni qiyshiq yozish kuzatiladi. Bunda so’z, harf, harf elementlari o’ngdan chapga qarab qiyshaygan bo’ladi.
Motor disgrafiya. Qo’lning yozuv paytida qiyin harakatga kelishi, motor obrazlaridagi aloqalarning, so’zlarning, so‘zlarning tovush va ko’rish obrazlari bilan birgalikdagi buzilishi unga xosdir.
Yozuv jarayonini psixik va psiholingvistik jihatdan o’rganish shundan dalolat beradiki, u turli darajadagi operatsiyalar: semantik, tilga oid, sensomotor operatsiyalarni o’z ichiga oladigan nutq faoliyatining murakkab shakli hisoblanadi. Shu munosabat bilan disgrafiyani analizatorlar darajalarining buzilgani asosida turlarga ajratish hozirgi paytgacha to’liq isbotlanmagan.
Disgrafiyaning M.E. Xvatsev tomonidan turlarga ajratilgani ham hozirgi kunda yozuvning buzilgani xaqida to’liq tasavvur hosil qilmayapti.
Disgrafiyaning shunday tasnivlari ko’proq asoslangan hisoblanadiki, uning asosida yozuv jarayonidagi muayyan operatsiyalarining shakllanmagani yotadi. (Bu tasnivlar A.I. Gertsennomidagi LDPI logopediya kafedrasining xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan). Unga asosan disgrafiyaning quyidagi turlari ajratiladi: artikulyator – akustik disgrafiya, fonematik idrok (fonemalarning tabaqalanishi), buzilishi asosidagi disgrafiya til tahlili va sintez buzilishi asosidagi disgrafiya shuningdek grammatik, optik disgrafiyalar.

Download 123.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling