2. Til analizi va sintezi buzilishi asosidagi disgrafiya. Uning o’zida til analizi va sintezining turli ko’rinishlardagi buzilish: gapning so’zlarga bo’linishi fonematik hamda bo’g’inli analiz va sintez yotadi. Til analizi va sintezining rivojlanmay qolishi yozuvda so’z va gaplar tuzilishining buzilishda namoyon bo’ladi. Fonematik analiz, til analizining eng murakkab formasi hisoblanadi. Uning oqibatida so’zning tovush-harf tuzilishi buziladi.
Unga quyidagi xatoliklar xosdir: so’zlarni o’qishda undoshlarni tushirib qoldirish (diktant – "dikat", "shamol" – "amol"); unlilarni tushirib qoldirish (kitob – "ktob", doska – "dska"); harflarning o’rnini almashtirish (ruchka-urchka, olma-omla); ortiqcha harflarni qo’shish (doska-dosika), bo’g’inlarni tushirib qoldirish, o’rnini almashtirish, qo’shish (mashina – manashi) va hokazolar.
Yozuv jarayonini to’g’ri o’zlashtirish uchun bolada fonematik analiz nafaqat tashqi nutq rejasi, balki hammasidan burun ichki rejada, tasavvur bo’yicha shakllangan bo’lishi lozim.
Fonematik analiz va sintezning shakllanmagani oqibatida yozuvning buzilishi xususidagi ma’lumotlar R.E. Levina, N.A. Nikashina, D.I. Orlova, G.V. Chirkinalarning ilmiy-tadqiqot ishlarida atroflicha ko’rsatilgan.
3. Agrammatik disgrafiya (bu xaqidagi ma’lumotlar R.E. Levina, I.K. Kolpovskaya, R.I. LalaEva, S.B. Yakovlevalarning ilmiy ishlarida atroflicha tavsiflangan). U nutqning grammatik tuzilishi: morfologik sintaktik umumlashtirishning rivojlanmaganligi bilan bog’langandir. Disgrayaining bunday turi so’z, so’z birikmalari, gap va matn darajasida namoyon bo’lishi mumkin. U keng miqyosli simptokompleks leksiko-grammatik rivojlanmaslikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu disgrafiya dizartriya, alaliya, aqli zaif bolalarda kuzatiladi.
Bog’lanishli nutq jarayonida bolalar gaplar orasidagi logik va tilga oid bog’lanishni ta’minlashda ancha qiynaladilar. Gaplarning izchilligi bayon etilayotgan voqealarning izchilligiga mos kelmaydi, ayrim gaplar o’rtasida tilga oid va grammatik bog’lanishlar buziladi.
Gap darajasiga ega bo’lgan yozuv jarayonidagi agrammatizmlar so’zning morfologik tuzilishning buzilishida, so’z qo’shimchalarini yozishda kelishik qo’shimchalarini almashtirishda, gaplar qurilishini buzishda; o’rin hol kelishigini almashtirishda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |