Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar
Download 123.27 Kb.
|
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish
Fonematik idrokni tekshirish
Nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda tovushlarni farqlay olmaslik xarakterlidir. Ye.R.Jurova va D.B.Elkonina (1963), G.A.Kashe (1965), N.I.Jinkin (1976), T.B.Filicheva va G.V.Chirkina (1978, 1974), L.R.Mo‘minova (1992), M.Yu.Ayupova (1992) ishlariga asoslangan holda fonematik idrokni tekshirish deganda biz nutq tovushlarini turli tovushlar yig‘indisida (tovushlar qatori, bo‘g‘inlar, so‘zlar qatori) tanib olish, farqlab olish va esda olib qolish malakalarini aniqlash, tovushlarni idrok qilish, analiz va sintez qobiliyatlarini aniqlashni nazarda tutdik. Topshiriqlar tovushlarni, bo‘g‘inlarni va so‘zlarni maksimal, o‘rtacha va minimal farq qilish bo‘yicha murakkablashib borgan tartibda berildi. Biz nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarning fonematik idroki holatini va uning buzilish sabablarini tekshirishda noto‘g‘ri talaffuz etiladigan tovushlar bilan bir qatorda, to‘g‘ri talaffuz qilinadigan tovushlarni farqlash imkoniyatini ham tekshirdik. Har bir bola alohida tekshirildi va tekshirish natijalari nutq kartasiga qayd qilindi. Bolalarga topshiriqlar og‘zaki berildi. Topshiriqlarni berishda rangli, predmetli, bolalar tushunadigan rasmlardan foydalandik. Fonematik idrokni tekshirishda quyidagi topshiriqlardan foydalandik: 1 topshiriq. 1 qator tovushlar ichidan ma’lum tovushni ajratish: “s” tovushini eshitsang qo‘ng‘iroqchani chal. 1 variant: ch, j, s, z, sh, ch, s, j.... 2 variant: j, v, s, t, j, s...... 3 variant: k, p, s, u, ch, s, m, l, s....... 2 topshiriq. 1 qator bo‘g‘inlar ichidan ma’lum bo‘g‘inni ajratish: “ka” bo‘g‘inini eshitsang qo‘ng‘iroqchani chal. 1 variant: ta, ka, ga, xa, ka... 2 variant: g‘a, ka, da, ta, ka... 3 variant: ma, sa, ka, cha, da, ka, ka, la, ka... 3 topshiriq. Artikulyatsion jihatdan o‘xshash tovushlarni farqlash: Eshit. Men talaffuz qilaman, sen takrorlaysan. Bunda bola tovush artikulyatsiyasini ko‘rmasligi uchun og‘iz to‘siladi: p-b, b-p; td, d-t; s-z, z-s; sh-j, j-sh; k-g, g-k, l-r, r-l. 4 topshiriq. Artikulyatsion jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘g‘inlarni farqlash: pa-ba, ba-pa; ta-da, da-ta; sa-za, za-sa; sha-ja, ja-sha; ka-ga, ga-ka, la-ra, ra-la. 5 topshiriq . Berilgan tovushga so‘z o‘ylab topish: menga “a” tovushi ishtirok etadigan so‘zlarni aytib ber. Bolaga yo‘nalish berish maqsadida “a” tovushi ishtirok etgan bir so‘z aytiladi. 6 topshiriq. Ma’lum tovushga rasm tanlash: mana bu rasmlarga qara “m” tovushi ishtirok etgan rasmni 1 tomonga ajrat. Bolalar fonematik idrokni tekshirishga oid topshiriqlarni qay darajada bajarganliklari ball tizimida izohlanadi. 5 ball – topshiriqni to‘g‘ri bajardi 4 ball – topshiriqni takrorlagach bajardi 3 ball – logoped yordamida bajardi 2 ball – xato bajardi 1 ball – bajara olmadi. Download 123.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling