Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar


Eksperimental tadqiqot natijalarini taxlil qilish


Download 123.27 Kb.
bet12/17
Sana08.03.2023
Hajmi123.27 Kb.
#1251894
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish

Eksperimental tadqiqot natijalarini taxlil qilish

Tovushlar talaffuzini tekshirish natijalari
Nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarning tovushlar talaffuzini tekshirish jarayonida, bunday bolalarda, tovushlar talaffuzida turg‘un kamchiliklar borligi aniqlandi. Shuning uchun ko‘pchilik bolalarning nutqi noaniq va tushunarsiz.
Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilinishi qiyin bo‘lgan: sonor (l,r), sirg‘aluvchi (s, z, ts) va shovqinli (sh, j, ch), til orqa (k, g) tovushlarda uchradi.
Bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarni nutqda yo‘qligi, ularni buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari namoyon bo‘ldi.
Artikulyatsion apparatning tuzilishi va harakatchanligini tekshirish natijalari nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda mavjud bo‘lgan tovushlar talaffuzi kamchiliklarining sabablarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tovushlar talaffuzi holatini biz logopediyada qabul qilingan klassifikatsiya, ya’ni nuqsonli tovushlarni guruhlarga taqsimlash (sonor, shovqinlik, sirg‘aluvchi, jarangli, jarangsiz) asosida tahlil qildik.
Tekshirish jarayonida shunday holatlar uchradiki, ba’zi bolalar tovushni bir so‘zda to‘g‘ri talaffuz etadi, ba’zi so‘zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiradi. Bolalarning iborali nutqida tovushlar differensiyasining buzilganligi aniqlandi. Ular ayrim tovushlarni alohida to‘g‘ri talaffuz qildilar, lekin nutqda bu tovushlarni almashtirdilar.
Unli tovushlar talaffuzida 100% (20 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda hech qanday kamchilik aniqlanmadi.
Sirg‘aluvchi tovushlar talaffuzini tekshirilganda 20% ( 2 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda sirg‘aluvchi tovushlarni to‘g‘ri talaffuzi qilinishi, 20% (2ta bolalarda tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishi, 40% (4 ta) bolalarda tovushlarni boshqa tovush bilan almashtirish holati va 20% (2 ta) bolalarda tovushlarni tushirib qoldirish holati kuzatildi.
Shovqinli tovushlar talaffuzini tekshirilganda 50% (5ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda shovqinli tovushlarni boshqa tovushlar bilan almashtirish, 10% (1 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda tovushlarni tushurib qoldirish aniqlandi. Qolgan 40% (4 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda shovqinli tovushlar talaffuzida kamchiliklarni kuzatmadik.
Nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarning 80% (8 ta) da sonor tovushlarni tushurib qoldirdilar va 20% (2 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalargina tovushni to‘g‘ri talaffuz qila oldilar.
70% (7 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar til orqa tovushlarini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi, 30% (3 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar ea bu guruh tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishi aniqlandi.
Chuqur til orqa tovushlarini 50% (5ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar boshqa tovushlar bilan almashtirdilar, qolgan 50% (5 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar chuqur til orqa tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qildilar.
Nutqida nuqsoni bo’lgan 10% (1ta) bolalar jarangli va jarangsiz tovushlarni noto‘g‘ri talqin qildilar, qolgan 90% (9 ta ) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar jarangli va jarangsiz tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qildilar.
Nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarning 10% (1 ta) “f”, “t”, “b” tovushlari, 20 % (2 ta) bolalarda “n” tovushi, 30% (3 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda “m” tovushning talaffuzi, 40% (4 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda “l”, “g”, “g‘”, “x” tovushlarining, 50 % (5 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda “ch”, “q” tovushlarining talaffuzi, 70% (7 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda “s”, “k” tovushlarining talaffuzi, 80% (8ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda “z” tovushi talaffuzi va 90% (9 ta) nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalarda “r” tovushi talaffuzining buzilganligi aniqlandi.



Download 123.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling