Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar
II BOB. Yozma nutqning funksional asoslarini eksperimental tekshirish
Download 123.27 Kb.
|
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovushlar talaffuzini tekshirish
II BOB. Yozma nutqning funksional asoslarini eksperimental tekshirish
2.1. Yozma nutqning funksional asoslarini tekshirishni tashkil etish va o’tkazish Biz eksperimental tekshiruv ishimizni Toshkent shahar Chilonzor tumani 368-MMTMda olib bordik. Tadqiqot ishimiz uchun 10 ta nutqida nuqsoni bo’lgan 5 yoshli bolalar tanlandi. Tekshiruv ishimizni 3 bosqichda olib bordik. 1 bosqichda – guruh logopedlari va ota-onalar bilan suhbatlashdik. Suhbat davomida bolaning rivojlanish tarixini aniqladik, bola hujjatlarini o‘rgandik. 2 bosqichda – yuqorida berilgan metodika asosida bolalar nutqining hamma komponentlari, hamda harakat faolligini tekshirdik va nuqt kartasiga qayd qildik. 3 bosqichda – turli faoliyatlar jarayonida (o‘yin faoliyati, tasviriy faoliyat, o‘qish faoliyati) bolalar ustidan kuzatuv o‘tkazdik. Bolalarni tekshirishga kirishishdan avval ularning fiziologik eshituv qobiliyati, intellektual holati haqidagi to‘liq ma’lumotlar yig‘dik. Yuqorida adabiyotlar tahlili asosida yozma nutq kamchiliklari aksariyat hollarda talaffuzdagi va fonematik idrokdagi kamchiliklar sababli kelib chiqishi aniqlandi. Shu sababli yozma nutqning funksional asosi sifatida quyidagi yo‘nalishlarni qayd etdik: Tovushlar talaffuzini tekshirish Fonematik idrok tekshirish Eksperimental tekshirishni quyidagi metodika asosida amalga oshirdik: Tovushlar talaffuzini tekshirish Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni aniqlash uchun biz professor L.R.Mo‘minovaning (1997) maktabgacha yoshdagi nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar nutqini logopedik tekshirish bo‘yicha metodik qo‘llanmasidan foydalandik. An’anaviy tekshirish prinsip va metodlarini hisobga olgan holda maxsus nutqiy material tanladik. Nutqiy materialni tanlashda biz tekshiriladigan tovushni turli bo‘g‘inlarda, ya’ni ochiq va yopiq bo‘g‘inlarda, unlilar orasida, bir tovushni turli pozitsiyalarda (so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida) hamda bolaning mustaqil nutqida ham e’tiborga oldik. Nutqiy materialni tanlashda maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘ati talabiga javob beradigan so‘zlar tanlandi. Tovushlar talaffuzini tekshirish yakka tartibda o‘tkazildi va nutq kartasiga qayd etildi. Tovushlar talaffuzini tekshirishda biz maxsus logopedik albomdan foydalandik. Albomda maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atiga va tushunishiga mos bo‘lgan so‘zlarni ifodalovchi predmetli rasmlar berilgan. Tekshirilayotgan har bir tovush uch o‘rinda berildi: so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida. Bola rasmlarni ko‘rib nomlaydi, biz esa har bir tovush talaffuzining buzilganlik darajasini nutq kartasiga qayd qilib bordik. Quyidagi tovushlar talaffuzini tekshirildi: unli tovushlar (a, o, o‘, i, e, u) sirg‘aluvchi, shovqinli, afrikat tovushlar (s, z, sh, j, ch) sonor tovushlar (r, l, m, n, ng) til orqa tovushlari (k, g, x) chuqur til orqa tovushlari (q, g‘, h) jarangli va jarangsiz tovushlar. Bolalarda tovushlar talaffuzining qay darajada ekanligini ball tizimida izohlanadi: 4 ball – tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qildi; 3 ball – tovushlarni boshqa tovush bilan almashtirdi; 2 ball – tovushlarni noto‘g‘ri talqin qildi; 1 ball – tovushni tushirib qoldirdi. Download 123.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling