Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar


Download 123.27 Kb.
bet7/17
Sana08.03.2023
Hajmi123.27 Kb.
#1251894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish

1. Artikulyator-akustik disgrafiya ko’proq M.E. Xvatsev tomonidan ko’rsatilgan og’zaki nutqning zaiflashuvi natijasida paydo bo‘lgan disgrafiyaga o’xshashdir. Bu, M.E. Xvatsevning ta’biriga ko’ra, "yozuvdagi tili chuchuklik" hisoblanadi. Bola so’zlarni qanday talaffuz qilsa, o’shanday yozadi. Uning asosida noto’g’ri talaffuzning yozuvda aks etishi, so’zlarni noto’g’ri aytib takrorlash yotadi. Bola gapirish jarayonida tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilishga tayangan holda o’zining nuqsonli talaffuzini yozuvda aks ettiradi.
Artikulyator – akustik disgrafiya og’zaki nutqda tovushlarni almashtirish va tushirib qoldirishga muvofiq, harflarni almashtirish va tushirib qoldirishda namoyon bo’ladi. U ko’pincha disgrafiya, rinolaliya va polimorf ko’rinishdagi dislaliya paytida kuzatiladi. Ba’zan og’zaki nutq to’g’ri bo’lgani holda yozuvda harflar o’rnini almashtirish hollari saqlanib qolishi mumkin. Bunday holatda ichki nutq paytida to’g’ri artikulyatsiyaga Etarli darajada tayanib bo’lmaydi, holbuki, tovushlarning aniq kinestik obrazlari ham shakllanmagan bo’ladi. Lekin tovushlar almashtirish va tushirib qolidrish yozuvda doim ham aks etavermaydi. Bu qator hollarda saqlangan funksiyalar hisobiga (masalan: eshitishning aniq tabaqalangan fonematik funksiyalarning aniq shakllangani hisobiga) yuz beradi.
1.Fonematik idrok (fonemalarning tabaqalanishi)ning buzilishi asosidagi disgrafiya. Fonetik jihatdan yaqin tovushlarga muvofiq harflarning almashinishida namoyon bo’ladi. Bunday paytda tovushlar og’zaki nutqda to’g’ri talaffuz etiladi. Ko’pincha quyidagi tovushlarni anglatuvchi harflar: shovqinli, jarangli va jarangsiz tovushlar, ular tarkibiga kiruvchi affikatlar (ch-t, ch-sh) almashtiriladi. Disgrafiyaning bunday turi undosh tovushlarni xatda noto’g’ri bayon etish orqali vujudga keladi.
Fonematik idrokning buzilishi asosida vujudga keladigan disgrafiya sensor alaliya va afaziya paytida ko’proq namoyon bo‘ladi. Og’ir holatlarda uzoq artikulyator va akustik tovushlarni (l-k, b-v, p-n) anglatadigan harflarning o’rni almashtiriladi. Bunday paytda aralash harflarga muvofiq tovushlar talaffuzi me’yorli hisoblanadi.
Bunday turdagi disgrafiyaning mexanzmlari xaqida yagona fikrga kelinmagan. Bu, o’z navbatda, fonematik idrok jarayonininng murakkabligi bilan bog’liqdir.

Download 123.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling