Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar
Download 123.27 Kb.
|
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish
Akustik jihatdan bir-biriga yaqin tovushlarni eshitish orqali farqlay olmaslik;
Og‘zaki nutqda tovushlarni almashtirish; Maktabgacha yoshdagi bolalar amalga oshira oladigan so‘zlarni fonematik analizining sodda ko‘rinishlarini shakllanmaganligi; Ko‘rish-fazoviy tasavvurlarni va ko‘rish analiz-sintezini rivojlanmaganligi; So‘z o‘zgartirish va so‘z yasash grammatik tizimlarini shakllanmaganligi. Ohirgi o‘n yillardagi tadqiqotlar asosida o‘qish va yozuvning buzilish sabablaridan biri sifatida lateralizatsiya(juft sensor-motor a’zolar faoliyatidagi funksional assimetriya) jarayonining shakllanishidagi qiyinchiliklar ko‘rib chiqiladi. Bosh miya yarim sharlarining birida dominant rolni egallamaganligi sababli lateralita yuzaga kelishi orqada qoladi hamda qarama-qarshi holda shakllanadi. Lateralizatsiya jarayonining orqada qolishi hamda “dominantlik ziddiyati”ning turli shakllari sababli nutqiy rivojlanish orqada qolishi, ko‘pgina faoliyatlar ustidan po‘stloq nazorati qiyinlashadi. Disleksiya va disgrafiya fazo va vaqt idrokini ta’minlovchi praksis va gnozisning keng soxasidagi buzilishlar sababli kelib chiqishi mumkin. Chunki disleksiya va disgrafiyaning muxim omillaridan biri fazo va vaqtdagi chiqish nuqtasini aniqlashdagi hamda fazoviy va vaqt ketma-ketligini aniq tahlil etish va qayta ifodalashdagi qiyinchiliklardir(M.Sule, J.Ajuriagerra, F.Kosher). N.Granjon va J.Ajuriagerra fikricha, yaxshi lateralizatsiyalangan bola o‘z o‘naqayligida yoki aniq chapaqayligida yaqqol “tayanch bo‘lim”larga ega bo‘lib, sust yoki qarama-qarshi lateralizatsiyalangan bola o‘z konstruktiv xatti-harakatlari uchun muxim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur “tayanch bo‘lim”larni yo‘qotadi. Qoniqarsiz lateralizatsiya va yozma nutq orasida bavosita aloqa mavjud bo‘lib, asosiy rolni lateralitaning holati emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan fazoviy tasavvur va mo‘ljal olishning shakllanmaganligi o‘ynaydi. M.Kutsem va K.Lonaynig kuzatuvlari asosida o‘qish va yozuvdagi kamchiliklarning sabablaridan biri sifatida bosh miya po‘stlog‘i darajasidagi eshituv va ko‘ruv ko‘zg‘atuvchilarining sintezini buzilishini ko‘rsatadilar. M. Kutsemning ta’kidlashicha, mazkur kamchiliklarning barchasi eshituv va ko‘ruv qo‘zg‘atuvchilarini sintezi amalga oshuvchi bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining buzilishi sababli yuzaga keladi. K. Lonay esa disleksiyada nutq tizimida joylashgan eshituv va ko‘ruv, praksis va gnozis jarayonlarining jarayonlari buziladi deb ta’kidlaydi. Tadqiqotlar asosida o‘qish va yozuvdagi buzilishlari mavjud bolalarning aksariyatida ixtiyoriy motorikaning shakllanmaganligi, eshituv-motor koordinatsiyasi va ritm xissining yetishmasligi aniqlandi. Ikkilamchi o‘qish va yozuvdagi buzilishlari aqliy qobiliyatlarni yetarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yoki ko‘rishning pasayishi, oiladagi ikkitillik, maktab ta’limining uzluksizligi bilan birga kelishi hollari ham kuzatilgan. Bu holatlarning har biri izchil va chuqur tashhislashni talab etadi. O’qish va yozuvdagi xatoliklar davomiy bo‘lmay, har bir alohida so‘zda bir hil ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Yozma nutqdagi buzilishlarning bunday o‘zgaruvchanligi hech qaysi bir patogenetik omilning xal qiluvchi rolga ega emasligini, lekin har biri boshqalari bilan uyg‘unlashgan holda muxim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. O’qish va yozuvdagi kamchiliklarning barchasi uchun mos bo‘lgan universal ta’rif mavjud emas. Mazkur kamchiliklar bir qancha disfunksiyalar: nutqning, mayda qo‘l motorikasining, umumiy motor harakatlar hamda ritm xissining yetarli darajada shakllanmaganligi birligiga asoslanadi(J.Ajuriagerra, K.Lonay, N.Granjon, S.Borel-Mezonni). Ba’zi tadqiqotchilar(Rudinesko, Trela) ko‘rib chiqilayotgan kamchiliklarning patogenetik omillarining xilma-xilligi sababli “Disleksiya va disgrafiyani tashxisi mavjud emas, alohida-alohida disleksiklar bor” deya ta’kidlashadi. Xulosa qilib aytganda, bir qator mualliflar(J. Ajuriagerra, S. Borel-Mezonni, M. Ye. Xvatsev va b.) disleksiya simptomatikasini bevosita o‘qish jarayonining buzilishida namoyon bo‘lishi bilan bog‘lashadi. Disleksiya bilan birga keluvchi og‘zaki nutq, motorika va fazoviy tasavvur kamchiliklarini esa disleksik buzilishlarning patogenetik omillari sifatida ko‘rib chiqishadi. Ba’zi mualliflar guruhi(K. Lonay, M. Kutsem va b.) esa o‘qish buzilishlarini alohida bir kamchilik sifatida emas, og‘zaki nutq, motorika va fazoda mo‘ljal olish buzilishlari bilan assotsiatsiyalanuvchi bir simptom sifatida ko‘rib chiqishadi. O’qish va yozish kamchiliklari tabiati haqidagi ilmiy ta’riflarning xilma-xilligi mazkur muammoni murakkabligidan dalolat beradi. Download 123.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling