Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Download 0.92 Mb.
bet50/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

Fransiyada ta’lim tizimi Fransiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonundastlab 1955 -yili qabul qilinib, 1975 -yili unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan.Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989-yil 10 iyuldaqabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar,mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet elpedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quvpredmetlarining integrasiyalari va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, unimustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka,ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Buerda:
1. Davlat maktablari,
2. Xususiy maktablar,
3. Oraliq maktablari mavjud.
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va -yozuv alohida ahamiyatga molik.Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsningdavomiyligi 60 minut. O‘quv yili 5 chorakka bolinadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflaridao‘qish ertalab va tushdan keyingi qismlarga boiinadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyinesa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti bazapredmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlarhisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarni go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda ohb kelishg‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi(5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabgatayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.Fransiyada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bolgan bolalar jalb qilinadilar.
Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash malakasiniberishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soatdavom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling