Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Download 0.92 Mb.
bet52/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

Germaniyada ta’lim tizimiMaktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlattizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriyabirlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalarbog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul tolaydilar. 3yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalarbog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Running yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Bu mamlakatdakuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davometadi. Bundan 9 yilhk (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda tola haftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlatmaktablarida tekin. Xususiy maktablar kam. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqatBerlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabgao‘tadilar. Bu erda 5-6- sinf bosqichidagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyinnavbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: bular - asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30%bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikkao‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bolgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktabva yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6 yil davom etadi (5-10sinfgacha) va tola o‘rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsuso‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega boladi.Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o‘quvyurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliyo‘quv yurtida o‘qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatgaega, chunki yuqori malakah ishchilarga bolgan talab kuchli. To‘liqsiz o‘rta maktabnibitiruvchfiarning 20% hunar ta’limi tizdmida bilim ohshni davom ettiradilar. Aksariyat hollardao‘qish muddati 3—3,5 -yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi -yili asosiyhunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib,yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limiberiladi. O‘quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o‘tishi sinov imtihonlari o‘tkazilib o‘qishnidavom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanadachuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, federal erlardagi sanoat palatasi,hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quvyurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarinitugatish talabetiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan oshiriladi.Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir nechayilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan biriiecha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professoro‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erMn tashkiletilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haqto‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qishuchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamidaoladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o‘quvjarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishgakirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qiHshini hisobgaolsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bolib, ular partiya va" dindan tashqari muassasa. Ularningko‘pchiligi kechki bolib, faqat 1989-yili universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bukurslarda, 5,5 mln. tdnglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va buuchun har yili 5,5 mhi. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davridatinglovchilarga mablag* bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirishimkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomidamalaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilimdarajalarini oshirishda faol ishtdrok etadi. Evangel cherkovi o‘zining 15 akademiyasida dolzarbmavzular bo‘yicha konferensiyalar tashkil etadi.Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga kattaahamiyat beradilar.
Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O‘tgan asrboshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «Tadqiqot vao‘qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlariningasosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bolib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari,sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, judamurakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lidayangi izlanishlar olib borilmoqda.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling