Pedagogik simulyatorlar yordamida yaratilgan elektiron darsliklarning yutuqlari va rivojlanish istiqbollari
Download 35.78 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-sho\'ba Tojimurodov Sanat
Asosiy qism
Zamonaviy ta’lim yuqori darajada axborotga boyligi bilan ajralib turadi. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi aynan shu jihatga asoslangan. Ta’limda yangi o’qitish usullaridan foydalanish zarurati ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi elektron nashrlar yaratilishiga sabab bo’ldi. Biz “axborotni himoyalash” fanida elektiron darslik yaratdik. Elektron darslik o’zida nazariy axborot va amaliy topshiriqlarni, foto va audiomateriallarini jamlaydi. Elektron darslik — bu talabalarda o’zlashtirishi uchun hamda ko’nikma va malakalar orttirishida zarur bo’lgan bilimlar bayon etilgan o’quv nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, tuzilmaviy hamda tizimli materialga ega bo’lgan vositadir. Bu darslik o’quv materiali mantiqiy bayon etilishi, yuqori darajada texnik jihozlanishi hamda badiiy jihatdan bezatilganligi bilan o’ziga xosdir. Bu elektron darslik qog’ozli darslikka nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega: foydalanishda oddiyligi va qulayligi; elektron darslik resurslarini yangilab borish imkoniyatining mavjudligi; ta’lim jarayonini avtomatlashtirish va ta’lim xizmatlarini taqdim etish tezligini oshirish; axborotlarning to’liqligidan iborat. Ta’limda elektron darslik kabi innovatsion texnologiyadan foydalanish, elektron darslikning ta’lim jarayonida tutgan o’rni, elektron darslik yangi axborot texnologiyalari vositasi sifatidagi mavzularda quyidagi olimlar: A. A. Kuznetsov, A. A. Grechixin, T. M. Lepsova, E. S. Polat, V. A. Vul, V. M. Gasov, A. M. Siganenko, V. N. Ageyev, M. M. Subbotin, Yu. M. Sivenkov, E. Yu. Semenov va boshqalar (Chervyakova Ya. I., Chibisova O. V. Elektron darslik yangi axborot texnologiyalari vositasi sifatida Eksperimental ta’lim xalqaro jurnali — 2010. 4-son) ilmiy izlanishlar olib borganlar. Elektron darslik yaratish o’quv materialini yanada chuqurlashtirib o’rganish va uni kelgusida amaliy faoliyatda qo’llash zarurati bilan bog’liq. Elektron darslik ustida o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlash talabalarga mustaqil ishlash va o’zini namoyon etish, tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi, talabaga bo’lajak mutaxassislik bo’yicha salohiyatli shaxs bo’lishiga imkon beradi. Bu talabalar shaxsini takomillashtirish, ijodiy tafakkuri va qobiliyatini shakllantirishni ta’minlovchi optimal sharoit yaratadi. Axborot jamiyati sharoitlarida ta’lim sohasida rivojlanishning zamonaviy odimlari, masalan, talabalar mustaqil ishlari sonining o’sib borishi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalardan muntazam ravishda, bilimlari sifati va darajasini oshirishni talab etadi. Ta’lim jarayoni uchun o’quv materialini talabalar ishtirokida tayyorlash — talabalarning ilmiy faoliyatining boshlang’ich bosqichida ularning tashabbuskorligi va mustaqilligini, o’z bilimi doirasini kengaytirishda mas’uliyatliligini oshirish, ilmiy izlanish ko’nikma hamda malakalarini shakllantirish yo’lidagi yordam beruvchi muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’z oldimizga talabalar ishtirokida namunaviy elektron darslik yaratish loyihasini amalga oshirish vazifasini qo'ydik. Elektron darslik ustida olib boriladigan ishlar bir necha bosqichdan iborat. Birinchi navbatda, uning rejasini tuzish masalasi turadi, unda talabalar mutaxassisligining o’ziga xosligi nazarda tutiladi. Reja quyidagilardan iborat bo’lishi shart: loyiha asosida maqsad va vazifalarni belgilash; axborot manbalarini aniqlash; amalga oshirish muddatlarini belgilash. Loyihani amalga oshirishdan maqsad — talabalar seminar, sinov va imtihonlarga tayyorlanishida foydalanadigan qulay elektron ko’rinishda o’quv qo’llanmasini yaratishdan iborat. Maqsad quyidagi vazifalar bilan yanada aniqlashtiriladi: talabalar lug’at boyligini oshirish; dunyoqarashni kengaytirish; kommunikatsion malakalarni rivojlantirish; kasbiy-mutaxassislik bilimlari darajasini oshirish va boshqalar. Elektron darslikni ishlab chiqish va nashr etishda asosiy bosqich turli manbalardan axborotlarni yig’ish va tahlil qilish bo’lib hisoblanadi. Darslikni yaratishda uning bo’limlariga chet el mualliflarining maqolalari, davriy matbuot va elektron resurslar materiallari ham kiritilishi zarur. Elektron darslikning asosiy tarkibiy qismi maxsus kompyuter dasturi yordamida talabalar tomonidan yaratilgan audioyozuvlar bo’lib hisoblanadi. Tarmoq va kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’limda kompyuterli o’qitish tizimlarini qo’llashga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Uni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida o’quv materialini taqdim etishning an’anaviy shakli aksariyat hollarda yetarlicha qiziqarli bo’lmaydi. Kompyuterli o’qitish tizimlariga asoslangan o’quv jarayoni ko’pincha o’quvchilarni jalb qilish va qiziqtirishning vositasi bo’lishi mumkin . Shu sababli, o’quvchiga interaktiv dasturlash imkoniyati bilan ta'minlagan dasturlash tillarini o'rganish uchun kompyuterli o'qitish tizimlarini ishlab chiqish juda muhim hisoblanadi. Masofaviy ta'limning rivojlanishi bunday tizimlarni ishlab chiqishning dolzarbligini ko’rsatadi. Kompyuterli o’qitish tizimlari o'quvchiga faol bilim olishiga imkon beradi va o'qituvchi bilan muloqat yetishmasligining o'rnini yetarli darajada to’ldiradi. Oliy o'quv yurtlarining o'quv jarayoniga elektron simulyatorlarning joriy etilishi ta'limni raqamlashtirishning samarali yo’li hisoblanadi, ta'lim jarayoni uchun simulyatorlarning muhim xususiyatlari quydagilar: individual yoki guruhda ishlash usullari; kompetentsiya darajasini oshirish; olingan ko'nikma va ko'nikmalarni boshqarish bilan birga oddiy darajalardan murakkablarga o'tish dasturlashtirilgan imkoniyatlar. Simulyatorlardan ham amaliy, ham laboratoriya mashg'ulotlarida foydalanish mumkin, hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda ajralmas yordamchiga aylanadi. Elektron simulyatorlar bilan ishlaydigan dasturlar nafaqat statsionar kompyuterlarda, balki smartfonlarda ham o'rnatilishi hamda LMS tizimlari (masofaviy o'qitish tizimlari) kurslarining elementlari sifatida ishlatilishi mumkinligi sababli, talabalar ularga doimiy kirish imkoniyatiga ega bo'lishlari va masofaviy o'qitish davrida ham talab qilinadigan kasbiy konpitensiyalari bilan oson, o'yin usullari bilan egalanadi.O'qituvchilar simulyatorlarning uslubiy afzalliklariga va ularning kasbiy konpitensiyasini shakllantirish jarayonida samaradorligiga ishonch hosil qilib, talabalar bilan birgalikda mavjud bo'lgan xorijiy elektron mahsulotlarning mahalliy analoglarini yaratish uchun katta turtki olishlari mumkin. Bu ham talabalarning malakasini oshirish va OTM larning moddiy-texnik bazasini yangilash bo'yicha samara beradi. Ushbu ishda Python dasturlash tilini o’rganishga mo’ljallangan kompyuterli o'qitish tizimini ishlab chiqish masalasi muhokama qilinadi. Ishlab chiqilayotgan tizimning maqsadi – python tilidan berilayotgan nazariy materiallar amaliy masalalar bilan uyg’unlashgan holda dasturlash tillarini o'rganish samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy eksperiment hisoblanadi. Ishlab chiqilgan o'qitish tizimi quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Nazariy materiallar tizimlashtirilgan; 2. Atamalar va kalit so'zlar izohi keltirilgan; 3. To'liq matnli yoki kalit so'zlar bo’yicha qidirish imkoniyati; 4. Boshqariladigan foydalanuvchi interfeysi sozlamalari mavjudligi; 5. Tizimda dastur matnlarini tahrirlash va ishga tushirish imkoniyati; 6. O’zlashtirishni baholash va hisobotlarni shakllantirish. 1-rasm. O'quv tizimi UML-sinflar diagrammasi 1-rasmda o'qitish tizimining tuzilishini aks ettiruvchi UML sinf diagrammasi keltirilgan. Python - Paskal va C tillariga qaraganda ancha rivojlangan til. Pythonning afzalligi shundaki, u texnik masalalar bilan chalg'imasdan, masalaning yechimini yuqori darajadagi abstraktsiyada qarab chiqishga imkon beradi. Shuning uchun Python algoritmlarning mazmunini tushuntirishda juda qulay va bu o'qitish uchun ishlatiladigan an'anaviy tillarga nisbatan katta afzalliklarga ega . Xulosa Elektron darslik shunchaki yozma materiallar jamlanmasigina emas, balki audio-qo’llanma bo’lib ham hisoblanadi, eshitish va vizual foydalanish uchun taqdim etishga mo’ljallangan axborot majmuasidir. Elektron darslikdan mustaqil foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo’nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topish imkonini beradi. Talabalarni zamonaviy ta’lim metodlaridan, aynan — elektron darslikdan foydalanib o’qitish ta’lim sifatini oshiradi, axborot olish jarayonini qisqartiradi hamda ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi. Adabiyotlar ro’yxati: Красильникова В. А. Использование информационных и коммуникационных технологий в образовании: учебное пособие; ОГУ. 2-е изд. перераб. и дополн. Оренбург: ОГУ, 2012. 291 c. Захарова И. Г. Информационные технологии в образовании. — М.: Издательский центр «Академия», 2010. — 192 с. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования / Под ред. Е. С. Полат. — М., 2011. . Арбузова А.А. Разработка образовательного дистанционного курса и его использование в обучении студентов вуза // сборник материалов XXI Международной научно-практической конференции «Новые технологии в образовании» (30 ноября 2015 г.) - Таганрог, 2015 г. - С. 91-94. Лещев ДА, Арбузова А.А. Использование информационных техноло -гий для создания детской обучающей интерактивной книги // Молодые ученые - развитию текстильнопромышленного кластера (Поиск) - Иваново, 2016 г. - С. 432-433. 3. Егорова Н.Е. Разработка интерактивного приложения «Правила пожарной безопасности» для дошкольников // интернет-журнал NOVAINFO. - 2016 г. №51-2. - С. 208- 211. 4. Поляков К.Ю. Язык Python: избранные алгоритмы// Информатика, № 9, 2014, с. 18–26. Download 35.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling