Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Tadqiqot mavzusinning dolzarbligi va zaruratini asoslashga doir misol
Download 1.4 Mb.
|
2 5449644085021246148
Tadqiqot mavzusinning dolzarbligi va zaruratini asoslashga doir misol.
Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng miqyosda qo‘llash jahon taraq-qiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Ayni paytda interfaol ta’lim muhitini yaratish, o‘quvchilarning tafakkuri va dunyoqarashini rivojlan-tirishning innovatsion metod va texnologiyalarini takomillashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini yaratish vazifasiga alohida e’tibor qaratildi. “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari, unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish boshlanadi” degan qat’iy xulosaga kelindi. Mana shu g‘oyalar tadrijiy ravishda rivojlantirilib mustaqil mamlakatimizning buyuk kelajagini ta’minlaydigan muhim omil sifatida ta’lim-tarbiya, kadrlar tayyorlash sohasini mutlaqo yangi asosda tashkil etishga kirishildi. Mazkur masalalarni hal etish uchun umumiy o‘rta ta’lim tizimi va mazmuni yangilandi, ya’ni I-XI sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiya-lashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik hamda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash, mazkur jarayonga kompetent yondashuvni tatbiq etish, globallashuv sharoitida o‘quvchilarning tarixiy ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborot xurujlaridan muhofaza qilishning muhim omili sifatida ularda axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish, samarali ta’lim texnologiyalari hamda o‘quvchilarni milliy tarixiy merosimizni chuqur va to‘liq o‘zlashtirishga doir elektron dasturiy vositalarni ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-son “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi 321-son “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling