Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi


Tadqiqot loyihasi va dasturi


Download 1.4 Mb.
bet20/94
Sana09.01.2022
Hajmi1.4 Mb.
#259669
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
Bog'liq
2 5449644085021246148

Tadqiqot loyihasi va dasturi. Har qanday faoliyatda, kundalik, istiqbolli loyiha va uni amalga oshirish dasturi bo‘lmasa maqsadga erishb bo‘lmaydi. Quruvchi ulkan inshootni har tomonlama hisob kitobli loyihaga asosan yaratadi, u yuz yillar xalqa xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot ham shunga o‘xshash xalqqa, mamlakatga, insoniyatga xizmat qiladigan ulug‘ ish, unga kirishish, ilmiy izlanish loyihasini belgilashdan boshlanadi. Pedagogik tadqiqotda izlanuvchi ezgu maqsadi, millat, Vatan taraqqiyoti uchun ma’suliyatli orzu-intilishni loyihasida o‘z ifodasini topadi. Kitob yozishi, innovatsion texnologiya modelini yaratishi, bitiruv malakaviy yoki magistrlik dissertatsiya tanlangan mavzuni o‘rganishdan boshlanadi. Mavzuning qaysi jihatlari dolzarbligi aniqlanadi, tadqiqotning loyihasi tuziladi. Loyihada tadqiqotning maqsad, vazifa, amalga oshirish yo‘llari aniq ifodalanadi, tadqiqotning dastlabki tuzilish modeli yaratiladi. Loyihada optimal shart-sharoit hisobga olinadi. Dastlabki loyiha ekspertizadan o‘tkaziladi, loyihada tadqiqotning rejasi o‘z ifodasini topadi. Rejada mavzuning dolzarbligi, nazariy asosi, muammoni o‘rganilganlik holati, tahlil qilinadi. Shuningdek, sinov tajriba o‘tkazish obyekti belgilanadi. O‘rganayotgan adabiyotlar, internet manbalari ko‘rsatiladi. Tadqiqot loyihasiga asosan ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik ish dasturi tuziladi. Dasturda kundalik, joriy, oylik, istiqbolli faoliyat vazifalari aniqlanadi. Har bir faoliyatdagi singari ijodiy ishda ham izchillik samaradorlik omilidir. Ijodkorlik, yaratuvchanlik ilhomi bilan uzluksiz faoliyatda, ko‘nikma va malakada namoyon bo‘ladi. Ilhom, ilmiy ijod, rejasi, dasturi o‘z vaqtida bajarilsa, uning zavqi, huzur-halovati badiiy ijoddan kam bo‘lmaydi. Mukammal ilmiy ish loyihasi va faoliyat dasturi muvaffaqqiyat garovidir.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling