LOYIHA
PEDAGOGIK VOQELIK
3-rasm. Pedagogik tadqiqotlar mantig’i.
Akademiklar S.Rajabov va V.A.Slastyoninning ilmiy maktabiga ko‘ra, pedagogik jarayon – dinamik ta’lim-tarbiya tizimidir. Pedagogik jarayon – tarbiyalanuvchilar tomonidan ijtimoiy-madaniy tajriba, hamda mazkur jarayon ishtirokchilarining rivojlanishi maqsadida ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llagan holda tashkil etiladigan pedagog va tarbiyalanuvchilarning aniq maqsadga qaratilgan o‘zaro ta’siridir. Pedagogik jarayon, avvalo pedagogik o‘zaro ta’sirning mazmun va texnologiyasi bilan bog‘liq maxsus tashkil qilingan sharoitlarda amalga oshiriladi. Pedagog va tarbiyalanuvchilar – pedagogig jarayonning kechishi va natijalarini belgilab beruvchi faol ishtirokchilar, ushbu jarayonning subyektlaridir. Pedagog va tarbiyalanuvchi, ta’lim-tarbiya mohiyati va vositalari singari komponentlar o‘rtasidagi aloqa dinamik tizim sifatidagi real pedagogik jarayonni keltirib chiqaradi.
Pedagogik nazariyaning “asosini” pedagogik qonuniyatlar tashkil etadi. Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko‘plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tasnifi mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |