Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuv va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi
Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasi
Download 26.15 Kb.
|
PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA TIZIMLI YONDASHUV VA MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari (tajriba so‘nggida)
- Guruhlar Talabalar soni O‘zlashtirish darajalari
- Tadqiqot mavzusi
Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasi
Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini 1-jadval ko‘rsatkichlari asosida pedagogik oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini tajriba-sinovgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘zlashtirishlarini umumiy holda statistik tahlil qilamiz. Matematik hisoblash qulay bo‘lishi uchun reprezentativ tarzda tajriba guruhining 182 nafar, nazorat guruhining 178 nafar talabasining ko‘rsatkichlari asos sifatida olindi. Tajriba so‘nggidagi tahlil natijalarini umumiy holda quyidagi jadvalda ifodalaymiz: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari (tajriba so‘nggida)
Ilmiy tadqiqot samaradorligini, erishilgan natijaning haqqoniyligini aniqlashning o‘ziga xos mezonlari mavjud. Ilmiy haqiqatga erishish uchun muayyan ilmiy mezonlar qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotning barcha belgilari o‘zaro bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi. Faqat tizimli tarzda, o‘zining bir butunligida ular ilmiy haqiqatni ro‘yobga chiqara oladi. Ana shu jihati bilan ilmiy haqiqat kundalik bilish haqiqatidan yoxud, boshqa bilish shakllaridan farq qiladi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot mezonlarining o’ziga xosliklarini quyidagi tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz. Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligini baholashda quyidagi mezonlarga asoslanildi: I. Motivatsion-kognitiv: tarixiy voqealarni bilishga qiziqish va ehtiyoj; tarixiy tushuncha va atamalarni o‘zlashtirish; tarixiy voqealar mazmunini anglash; tarixiy voqelikni idrok etish; II. Ijodiy: tarixiy voqelikka ijodiy yondashish; mantiqiy-analitik fikrlash; voqealarning sabablarini mustaqil tahlil etish, voqealarga o‘zining shaxsiy munosabatini bildirish; III. Faoliyatli: tarixiy voqealarni og‘zaki, yozma va amaliy tarzda ko‘rsatib berish; mustaqil qaror qabul qilish, boshqa nuqtai nazarlarni qabul qilish va o‘z fikrini asoslash va o‘zgartirish kiritish. Modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida «O‘qish», «Odobnoma» fanlari hamda «Tarix alifbosi» va «Tarix olamiga sayohat» qo‘shimcha kurslari o‘qitilib bo‘linganidan so‘ng, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini tashxis etish maqsadida fasilitatsion ta’lim strategiyalari qo‘llanildi. Nazorat va tajriba sinflari o‘quvchilariga sinovni o‘tkazishdan avval qo‘llaniladigan fasilitatsion ta’lim strategiyalari haqida ma’lumot berilib, bajarish tartiblari ko‘rsatildi. Fasilitatsion ta’lim strategiyalari asosida bajarilgan topshiriqlar quyidagi mezonlar asosida tekshirildi: I. Tarixiy voqea sodir bo‘lgan davrga doir: tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, vaqt o‘lchov birliklari (asr, yil, oy); voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega bo‘lish; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslash; tarixiy davr nuqtai nazaridan voqelikni baholash. II. Tarixiy voqea sodir bo‘lgan makonga doir: tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomini, uning hozirda qanday atalishini bilish; voqeani mazkur hududda sodir bo‘lish sabablarini anglash; voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholash. III. Tarixiy voqea bilan bog‘liq dalillarga doir: voqeaning sodir bo‘lishi sabablarini izohlash; voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lish; voqeaning ahamiyatini baholash. Mazkur mezonlar asosida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurning rivojlanganlik holatini aniqlash quyidagi darajalar asosida tahlil etildi: yuqori – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida aniq tushunchaga ega; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi; tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bo‘lishi sabablarini tushuntirib bera oladi; voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholay oladi; voqeaning sodir bo‘lish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida to‘liq ma’lumotga ega; voqeaning ahamiyatini to‘liq baholay oladi; o‘rta – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uning ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi; tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bo‘lishi sabablarini izohlaydi; voqeaning sodir bo‘lish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega; voqeaning ahamiyatini baholay oladi; quyi – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt haqida tushunchaga ega; tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomini biladi; voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega, biroq voqelikning yuzaga kelish sabablari va uning ahamiyatini tushuntirib berishda qiynaladi. Download 26.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling