Topshiriq "Orol fojeasi" mavzusida reportaj (prezintatsiya) tayyorlash


Download 190.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi190.81 Kb.
#1519421
Bog'liq
Vazifa (1)



Vazifa 
Topshiriq-1. “Orol fojeasi” mavzusida reportaj (prezintatsiya) tayyorlash. 
Topshiriq-2.Gaplarni ko‘chiring. Donolarning salomatlik haqidagi fikrlarini yod 
oling. 
1. 
Jismoniy mashqlar bilan doimo mo‘tadil shug‘ullanib borgan kishi hech 
qanday davoga muhtoj bo‘lmaydi. (Ibn Sino ). 2. Odamning salomatligi tashqi 
sharoit bilan chambarchas bog‘langan. (Ibn Sino). 3. Agar havoda chang va 
tuman bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo‘lardi. (Ibn Sino). 4. Olti narsa 
kishi yuzini o‘zgartiradi: kutilmagan shodlik, birdan kelgan g‘am, g‘azab, uyqu, 
mastlik va qarilik. (Kaykovus). 5. Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon, ko‘p 
yemak birla bo‘lmag‘il hayvon. (A.Navoiy). 7. Badan rohati sog‘liqda, aql rohati 
bilimda. (Fales). 8. Kasal bo‘lmagan uncha sog‘liqning qadriga yetmaydilar. 
(Fuller). 9. Har bir istakning tub maqsadi - sog‘liqdir. (At-Tabariy). 10. Isitma - 
shifo beruvchi jarayondir. (Kullen). 11. Men hayotda ikkita baxtsizlikni bilaman: 
u ham bo‘lsa vijdonsizlik va bemorlikdir. (L.N.Tolstoy). 12. Bizning xatomiz 
shundaki, o‘z salomatligimiz haqida faqat uni yo‘qotganimizda, ya’ni mexanizm 
sinib, uni tuzatish kerak bo‘lgandagina qayg‘uramiz. (K. Bikov). 13. Umringni 
uzaytirishni istasang, taomni kamaytir. (V. Franklin). 
Topshiriq-3. Matnni o‘qing. O‘zingizni fe’l-atvoringiz haqida kichik matn 
yozing. 
Kishi fe’li va qon 
Olimlar fikricha, qon guruhi kishining fe’1-atvori va o‘ziga xos 
xususiyatlarini belgilaydi. Bu fikrni yapon olimi Poshitakening millionlab kishilar 
hayotini o‘rganish xulosalari tasdiqlaydi. 
Nomi o‘rganilib, xulosa qilgan qon guruhlari bo‘yicha kishilarning fe’l- 
atvorlari quyidagicha: 
Birinchi guruh: siz peshqadamlikka o‘chsiz. Oldingizga qo‘ygan maqsadga 
erishmaguncha tinchimaysiz. Olg‘a harakat qilishda to‘g‘ri yo‘nalish belgilay 
olasiz. O‘z kuchingizga ishonasiz, lekin ehtiroslardan ham holi emassiz. 
Kamchiliklaringiz ham bor. Siz o‘ta rashkchi va shoshqaloqsiz. Bundan tashqari, 
siz juda izzattalabsiz. 
Ikkinchi guruh: Siz muvozanat, osoyishtalik va tartib-intizomni yaxshi 
ko‘rasiz. Odamlar bilan yaxshi ishlay olasiz. Bundan tashqari, siz ta‘sirchan, 
madaniyatli va ochiqko‘ngilsiz. Sizning kamchiliklaringiz o‘jarligingiz va 
asablaringizni boshqara bilmasligingizda. 
Uchinchi guruh: Siz shakllangan shaxsiyatparastsiz, o‘z xohishi bo‘yicha ish 
qiluvchisiz. Hamma narsaga tez moslasha olasiz, xayolparastlikdan uzoqsiz. Lekin 
sizning o‘zboshimchalik bilan ish qilishingiz ba’zi vaqtda xalaqit qilishi mumkin. 
To‘rtinchi guruh: Siz tinch va xotirjamsiz, kishilar sizni sevadilar va siz bilan 
o‘zlarini erkin his qiladilar. Ularning vaqtini choq qilishni bilasiz. Lekin ayrim 
vaqtlarda qiziqqonsiz. Ba’zan esa uzoq vaqt ikkilanib, bir qarorga kelishga 
qiynalasiz. 



Download 190.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling