Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Download 363.26 Kb. Pdf ko'rish
|
elektron-talim-vositalarining-o-quv-jarayonida-qo-llashning-usullari-va-vositalari
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 854 International Conference bir zamonaviy rivojlangan davlat o‘qitishda elektron ta’limning ulushini maksimal darajada oshirishga e’tibor beradi. Elektron ta'lim vositalarini joriy etish va takomillashtirish eng muhim psixologik va pedagogik omillarni oldindan belgilab beradigan keng istiqbol darajasini aks ettiradi. Maqolada ishlatiladigan tadqiqotning asosiy usullari quyidagilardir: adabiyotni tahlil qilish, kuzatish, faktlarni taqqoslash, bashorat qilish. O‘zbekkiston Respublikasi taʼlim tizimida olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohatlar yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash va Oliy taʼlim muassasalarining eng asosiy maqsadi oliy taʼlim sifatini taʼminlash, yaʼni sifatli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Аxborotlarning tezkor yangilanishi davrida har bir oliy taʼlim muassasasida taʼlim sifati masalasi, taʼlimning so‘nggi yangiliklari, texnik vositalar va texnologiyalar bilan boyitilishi, taʼlimning zamonaviy ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun hozirgi kunda texnika oliy taʼlim muassasalarida o‘z kasbiy faoliyati sohasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lgan va ulardan majmuaviy tarzda foydalana oladigan kadrlarni tayyorlash sifatiga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Bu talablar o‘z navbatida mamlakatimizning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashib borishi, milliy kadrlarimizning jahon mehnat bozori maydonlariga chiqib borishi jarayonlarida bo‘lajak muhandislarda elektron taʼlim vositalarini taʼlim jarayoniga joriy etishni rivojlantirishni taqozo etmoqda [2]. Ta’lim ma’lumotlarining so‘nggi texnologik vositalari tufayli innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ular har bir alohida shaxsning intellektual rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Ta’kidlash joizki, ta’limdagi innovatsion texnologiyalar quyidagilar bilan tavsiflanadi. materiallarni intensiv ravishda yetkazib berish, faol pozitsiyani ifodalash, ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv. Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni tizimli va sifatli o‘zini o‘zi boshqarish va o‘z-o‘zini tarbiyasiz tasavvur qilishning iloji yo‘q. Ular talabaning mustaqil ravishda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Elektron texnologiyalar o‘rganishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Elektron ta’limning asosiy texnologiyalari - bu maxsus uskunalar, shuningdek internet. Ommaviy aloqaning elektron texnologiyalari bilan bog‘liq barcha narsalar pedagogik faoliyat doirasida ishlatilishi mumkin. Biroq, bu jarayonga faqat pedagogik faoliyatda samarali qo‘llaniladigan narsalardan foydalanib, oqilona yondashish kerak. Masalan, interaktiv doskalar, elektron kundaliklar, internet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling