- Konflikt sabablari va motivatsiya
- Ijtimoiy sabab tushunchasi. Ijtimoiy muhitda konfliktni yuzaga keltirgan sababni asoslash o’ta mushkul va chigal vazifa. Har bir ijtimoiy harakat o’ziga xos hususiyatlarga ega. Buning ustiga uning chegarasiga ko’plab qarama-qarshi hodisalar ham tutashgan bo’ladi. Konflikt ana shu tutashuv chizig’iga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv sabablar asosida yuzaga keladi. Konfliktni yuzaga keltirgan o’sha ob’ektiv va sub’ektiv sabablarni tahlil etish uchun kscha-yotgan hodisalar va insonlar o’rtasidagi bogliklikpi tadqiq etish zarur. Bu esa kechib o’tgan voqsa-hodisalar motivatsiyasida oydinlashadi.
- Motivatsiya ko’pincha sub’ektlar o’rtasidagi u yoki bu muomalaning ichki, sub’ektiv natijasi sifatida talqin etiladi. "Motivatsiya - deb yozadi S.L.Rubinshteyn,- bu tajribada bevosita ifodalangan jarayonlarning inson tafakkurida sub’ektiv determinatsion tarzda aks etishidir". To’g’ri, ta’rifdagi so’zlarni birma-bir o’qib olmasdan birdaniga uni hazm kilish kiyin. SHunday bo’lsa-da aytish o’rinliki, insonlar yoki ma’lum ijtimoiy guruhlar o’z hayotiy tajribalariga tayanmasdai muayyan orzu-istaklarini amalga oshirishlari mushkul.
- Ba’zan motivatsyaning sub’sktiv tarzda amaliyot yuzini ko’rishi bir qator kiyinchiliklarni yuzaga chiqaradi. Masalan, biror konfliktdan keyin bir tomonni boshqargan shaxsda ham, uni yoqlab chiqqan odamlarda ham o’tgan voqealarga nisbatan sub’ektiv motivlar yuzaga kelishi tabiiy. Bu jihatdan motivatsiyani bir-biriga mos kelmaydigan yoki ma’lum darajada bir-biriga mos ksladigan qismlarga bo’lishimiz mumkin. Motivlar ma’lum bir qiyichiliklarni keltirib chiqarsa-da, bo’lib o’tadigan bahslardan keyin tomonlar uchun umumiy tugal xulosalar yasash imkonini ham beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |