Qarama-qarshiliklarning tiplari. Konfliktlar klassifikatsiyasini mufassal o’rganish uchun qarama-qarshiliklarni ham tiplarga bo’lib chiqmoq maqsadga muvofiqdir. Mana shu muammoni o’rganishga tsgishli bo’lgan bir qator ilmiy tadqiqotlar mavjud. Rus faylasuflarining e’tirof etishlaricha, qarama-qarshiliklar umumiy xarakterga ega bo’lgan holda qarama-qarshi tomonlarning turlicha muno-sabatlari sharoitida aks etadi. SHuning uchun qarama-qarshiliklar ichki va tashqi, asosiy va ikkinchi darajali kabi tiplarga bo’linadi- - Qarama-qarshiliklarning tiplari. Konfliktlar klassifikatsiyasini mufassal o’rganish uchun qarama-qarshiliklarni ham tiplarga bo’lib chiqmoq maqsadga muvofiqdir. Mana shu muammoni o’rganishga tsgishli bo’lgan bir qator ilmiy tadqiqotlar mavjud. Rus faylasuflarining e’tirof etishlaricha, qarama-qarshiliklar umumiy xarakterga ega bo’lgan holda qarama-qarshi tomonlarning turlicha muno-sabatlari sharoitida aks etadi. SHuning uchun qarama-qarshiliklar ichki va tashqi, asosiy va ikkinchi darajali kabi tiplarga bo’linadi-
- SHuningdek, qarama-qarshiliklar antagonistik va noantagonistik, tizimli va tizimsiz, bir tizimga tushi-rilgan va erkin yo’nalishli kabi xususiyatlarga ham bo’li-nadi. Tipologsh! qarama-qarshiliklarning ahamiyatiga qarab ham: asosIy va asosiy bo’lmagan, bosh va ikkinchi darajali va hokazolarga ajratiladi. Qarama-qarshiliklar zamonda ham sezilarli farqlarga ega: butun boshli tarixiy davrga tegishli yoki undan holi uzoq vaqtga (masalan, ishlab chiqarish kuchlari bilan^nplab chiqarigi munosabatlari o’rtasidagi), qisqa va o’tkinchi.
- Qarama-qarshilik bu jamiyatning mantiqiy mohiyatini o’zida aks ettirib, jamiyatning harakatlanishi va o’zgarib turishini shakllantiradigan kuchdir. Har bir qarama-qarshilik umumjamiyat qarama-qarshiliklari oqimida o’ziga xos e’tiborni talab etadi hamda muqobil echimni ham taqozo qiladi. Masalan, iqtisodiyotning muayyan sohasidagi ba’zi bir qarama-qarshiliklar schimi iqtisodistning o’z doirasida aniq bir sabab yotmasin, baribir o’sha asosiy sabab poydsvori tomonlarning o’z manfaatlariga borib taqaladi. Anikrok aytadigan bo’lsak, qarama-karshilik asosi tomonlar ko’zlagan manfaatlarning bir-biriga mos kelmasligidadir. Masalan, II jahon urushi boshlarida Gitlsr Gsrmaniyasi bsgona erlarni bosib olishga intilsa, qolgan Evropa davlatlari esa o’z ozodligi va mustaqilligani sakdashga intildi. Yoki bo’lmasam oilada er bilan xotin o’rtasidagi pulni ishlatish masalasini olaylik. Har biri o’zini hak bilib, pulni o’z manfaatlari yo’lida ishlatishni istaydi yoki umumoila ehtiyojiga qarab ishlatish tarafdori.
- Konfliktlar tipologiyasi
- Umumny tasnif. Ma’lumki, tipologiya muammosi barcha fanlarga oid tushuncha bo’lib, har bir fandagi nazariy tipologiya o’ziga xos ob’ektlarga qaratilganligi bilan farqlanadi. Ijtimoiy fanlarda tipologik bo’linishning tabiiy fanlardagi sipgari aniqko’rinishda bo’lishi g’oyatda mushkul. SHuningdsk, ijtimoiy fanlardagi uslubiy jihatlarni xarakterlash ham juda qiyin vazifa.
- Konfliktlar tipologiyasini o’rganish va ularni bir-biridan farqlashda o’lardagi muayyan o’xshashlik va turli mszonlarn^ng mavjudliti oldinga qo’yiltan maqsadning imkoniyatlar doirasini biroz chigallashtiradi. SHunday bo’lsa-da konfliktlar tipologiyasini nazariy jihatdan yaratish ko’pgina tadqiqotchilarning doimiy mashguloti bo’lib kelmokda.
- Umumiy tipologiya haqida har xil qarashlar mavjud. Biroqbarcha tadqiqotchilarninghsch qanday munozaralarisiz tan olingan bir fikr mavjudki, bu muayyan konfliktni yagona tipologiyaga kiritib bo’lmaslik haqidagi fikrdir. Negaki konfliktlar katta-kichikligidan kat’i nazar, ko’pqirrali nazariy-amaliy asoslarga ega.
- Manfaatlar konflikti. Keyingi vaqtlarda konfliktlarni tadqiq etishda yangi-yangi nazariy kontseptsiyalarning yuzaga kelayotganligi hech kimga sir emas. Ana shunday kontseptsiyalardan biri - depratsiya kontseptsiyasidir. G’arb mutaxassislarining fikricha, mazkur kontseptsiyani asosan ko’lami jihatidan keng qamrovli bo’lgan qarama-qarshi qarashlar, intilishlar yoki manfaatlar to’qnashuvini tadqiq etishda qo’llash mumkin. Boshqa nazariy kontseptsiyalardan depratsiya kontseptsiyasining farki shundaki, bunda konfliktlar vaqtidagi muhit yoki konfliktdan keyingi muhit bilan birgalikda konfliktli muhit va konfliktdan keyingi muhitdan sub’sktlarning bahramand bo’lishi yoki bo’lmas-ligiga katta e’tibor qaratiladi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, depratsiya kontseptsiyasi jamiyatdagi ehtiyojlar va shunga xos manfaatlar doirasining umumiy mexanizmdagi aloqadorligi va ularning bir-biriga muvofiqlashuvini ochib beradi.
- Tizimli yondashuv. Konflikglar tipologiyasini yaratishda tizimli yondashuvni qo’llash mumkip Avvalo aytish kerakki, tizimli yondashuvni tor va ksng ma’noda tushunmoq lozim. Biroqqanday ma’noda ko’llapilmasin uningikkala jihati ham bir-biriga boglangan va bir-birini doimo to’ldirib turadi. Ushbu yondashuvga asosan, tizim harakatlari va uning muayyan tarkibiy qismlardan iboratliligi va unda ma’lum vositalarni ko’llashga qaratilgan harakatlar umumiy tizim funktsiyasi va uning elementlariga muvofiqlashadi. Tizim tarkibiy qismlarining funktsiyalari ham umumiy tizimga mansub bo’lib, yagona umumiy maqsad sari yo’naltirilgan bo’ladi. O’sha tarkibiy qismlar bosh maqsadga erishish yo’lida o’zlarining maxsus funktsiyalarini bajaradi. Bu jihatdan umumiy tizimning tarkibiy qismlari o’z funktsiyalariga nisbatan farqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |