Pedagogik texnika haqida
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA
Pantomimika. Pantomimika bu – tana, qo’l va oyoqlarning harakati. U
asosiy fikrni ajratib ko’rsatadi, obrazlarni chizadi. Darsni berilib tushuntirayotgan o’qituvchining hatti–harakatlarini kuzatsangiz, bosh, bo’yin, qo’l, butun tana korpusi harakatidagi organik uyg’unlikni ko’rasiz! O’qituvchining go’zal va ifodali gavda holati shahsning ichki fazilati hisoblanadi. Qomatning barvastaligi, diqqat e’tiborning jamlanganligi pedagogning o’z kuchi va bilimiga ishonganligidan dalolat beradi. SHu bilan birga qomatning bukchayganligi, boshning osilib turishi, qo’llarining shalpaygaligi kishining ichki zaifligidan, o’ziga ishomasligidan dalolat beradi. O’qituvchi o’zida o’quvchilar oldida to’g’ri tura olish ko’nikmasini shakllantirishi kerak (oyoqlar 12 – 15 sm kenglikda, bir oyoq ikkinchisiga nisbatan biroz odinda). Barcha hatti–harakatlar va gavda holati o’zining aniqligi va oddiyligi bilan o’quvchilar diqqatini tortishi kerak. Gavda holati estetikasi yomon odatlarni rad etadi. Masalan, oldinga–orqaga tebranib turish, o’zini bir oyoqdan ikkinchisiga tashlab turish, mudom kursining suyanchig’ini tutib turish, qo’lda har hil yot narsalarni aylantirib turish, boshni qashib turish, burunni artib turish, qulog’ini ushlab turishi va sh .k. Pedagogning qo’l harakatlari organik va chegaralangan bo’lishi kerak, ulardagi keskin keng va o’tkir burchakli harakatlar maqsadga muvofiq emas. Qo’l harakatlarining chizuvchi va psihologik turlari farqlandi. CHizuvchi harakatlar fikrini chizadi va illyustratsiyalaydi. Ular unchalik zarur bo’lmasada tez–tez uchrab turadi. His–tuyg’uni ifodalaydigan qo’l harakatlari (psihologik) muhimroq bo’lib hisoblanadi. Masalan, “marhamat” demoqchi bo’lsangiz, qo’l kaftini yuqoriga qaratib, ko’krak balandligida ko’tarasiz va o’zingizdan bir narsa uzayotganday sal oldinga yo’nlatirasiz. SHuni inobatga olish kerakki, qo’l harakatlari ham, huddi korpusning boshqa harakatlari singari, aytilayotgan fikrning kechish jarayonini ko’rsatadi, uning orqasidan kelmaydi. Qaddi–qomatning to’g’ri bo’lishiga sport bilan shug’ullanish, mahsus mashqlar yordam beradi. Masalan, zanjirga turgandek turish, devorga orqasini tutib turish. SHuningdek, o’z–o’zini tekshirib turish, o’ziga chetdan turib, bolalar ko’zi bilan qarash ham juda muhim ahamiyatga ega. Muloqot faol bo’lishi uchun ochiq pozada turish muhimdir: qo’llarni qovushtirib turmaslik, sinfga yuzma–yuz turish, bolalar bilan o’zi orasidagi masofani qisqartirish natijasida o’zaro ishonch hissi paydo bo’ladi. Bir qadam oldinga yurish ahborotning muhimligini anglatadi va diqqatni to’plashga yordam beradi. Bir qadam orqaga yurish bilan so’zlovchi tinglovchilarga dam berganday bo’ladi. Mimika. Mimika – bu o’z fikri, hissiyotlari, kayfiyati, holatini yuz muskullarini orqali ifodalash. Ko’pincha yuz va nigohlar o’quvchilarga so’zdan ko’ra kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Qo’l harakatlari va mimika yotkazilayotgan ahborotning ta’sirchanligini oshirib uning yahshi o’zlashtirilishiga yordam beradi. Bolalar o’qituvchining yuzini ”o’qiydilar” ya’ni uning munosabati va kayfiyatini darhol bilib oladilar. SHuning uchun yuz faqat ifodalabgina qolmay, balki masqsadga zid bo’lgan kayfiyatni yashirishi ham kerak. Sinfga uydagi g’am tashvishlar niqobini olib kirmaslik kerak. YUz va qo’l harakatlari orqali faqat ishga taalluqli bo’lgan, o’quv–tarbiya vazifasini bajarishga qaratilgan narsalarni ifodalash talab etiladi. Albatta, yuz ifodasi nutq mazmuni va munosabat harakteriga mos bo’lishi kerak. U, huddi butun tashqi ko’rinish singari o’ziga ishonch, ma’qullash, tanqid qilish, qoniqmaslik, quvonch, qoyil qolish, befarqlik, qiziquvchanlik, hayratlanish kabi holatlarning o’nlab ko’rinishlarini ifodalashi lozim. YUzdagi tabassum kishining ma’naviy sog’lomligi va ahloqiy kuchini anglatadi. Mimikaning muhim ifodaviy detallari ko’z va qoshdir. Ko’tarilgan qoshlar hayratni, chimirilgan qoshlar – fikrning to’planganligini, harakatsiz qoshlar – hotirjamlik, befarqlikni, qimirlab, titrab-turgani qattiq ta’sirlanganlikni anglatadi. Ko’zlar ham kishi yuzidagi eng ifodali a’zo bo’lib hisoblanadi. “Quruq nigoh – bo’sh qalbning ifodasidir” (K.S.Stanislavskiy). O’qituvchi o’z yuzining imkoniyatlarini, ma’noli qarash ifodasini chuqur o’zlashtirish, yuz muskullarini va a’zolarini keragidan ortiq harakatlantirish yoki o’lik, harakatsiz yuz ifodasidan qochish kerak. O’z hatti–harakatlari va o’quvchilarning hulq–atvorini anglash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ruhshunoslar tadqiqotlarida berilgan etalonlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Masalan shodlik holatidagi hulq atvor etaloni: tabassum, ko’zlar charaqlaydi, qo’l harakatlari tezlashadi, ko’p gapiradi, birovga yordam berish istagi paydo bo’ladi. Qo’rquv holatidagi hulq–atvor etaloni: ko’zlar chaqchaygan, gavda biroz egilib, qotib qolgan, qoshlar ko’tarilgan, ovoz qaltiraydi, yuz osilgan,qorachiqlar o’ynab turibdi, harakatlar keskin, tana qaltiraydi. O’qituvchi nigohi bolalarga qaratilgan bo’lib, vizual aloqa imkoniyatini hosil qilish kerak. Devorga, derazaga, shiftga qarab gapirishdan saqlanish lozim. Vizual aloqa ongli rivojlantirishga muhtoj bo’lgan texnika bo’lib hisoblanadi. Nigohlar bilan barcha o’quvchilarni qamrab olishga intilishi kerak. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling