Pedagogik texnologiya turlari
KEYS TEXNOLOGIYA VA INTERNET TARMOQLI TEXNOLOGIYA
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari
KEYS TEXNOLOGIYA VA INTERNET TARMOQLI TEXNOLOGIYA Keys texnologiya: o’quvchilar o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlanadilar va mustaqil ravishda o’zlari tayyorlanadilar. O’quvchilarni maxsus O’quv-metodik kompleks (yoki keys) ko’rinishidagi axborot o’qitish resurslari bilan ta’minlash, va bular yordamida ular turli axborot tashuvchi vositalar (elektron yoki chop etilgan) qo’llab mustaqil o’qishi. Materiallarni o’quvchilarga berish barcha foydalanish mumkin bo’lgan usullar bilan amalga oshiriladi; telekommunikastiya vositalari o’quvchilar bilan o’qituvchini muloqotini ta’minlash uchun, hamda ularga qo’shimcha axborot resurslarini berish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun elektron pochta mavjud bo’lishi shart. Seminarlar, konsultastiyalar Kunduzgi ko’rinishdagi mashg’ulotlarni (konsultastiyalarni) tashkil qilishga muhim rol ajratiladi, bir guruh uchun hamda bir kishi uchun (individual), maxsus tayyorlangan o’qituvchi (tyutor) tomonidan o’tkaziladi. Gurahdagi mashg’ulotlar, konsultastiyalar va yakuniy attestastiya yoki imtihon kunduzgi mashg’ulotlarni o’tkazishga mo’ljallangan ayditoriyada (sinfda) o’tkaziladi. Odatda kirish seminari o’tkaziladi, kunduzgi konsultastiyadar, xaftasiga 1 yoki 2 marta, yakuniy seminar va testlarni tyutorlar tekshiradi. O’quv-metodik kompleksning tarkibiga kamida quyidagilar kirishi kerak: O’quvchining semestr bo’yicha ishchi rejasi; Fanning ishchi dasturi (mazmuni, hajmi, o’rganish va o’qitish tartibi, kirish, konsultativ, nazorat va attestastiya larni o’tkizish jadvali); Fanni o’rganish bo’yicha va turli mashg’ulot va attestastiyaga tayyorlanish bo’yicha metodik ko’rsatmalar; 6 Fan bo’yicha o’quv qo’llanma, metodik va didaktik ravishda MT uchun tayyorlangan; O’z-o’zini nazorat qilish va attestastiya uchun didaktik materiallari (vazifalar, nazorat ishlari, testlar to’plami); Fan bo’yicha praktikum (laboratoriya ishi) yoki amaliy qo’llanma – agar fan o’quv rejasida amaliy mashg’ulotlar bo’lsa; Masofaviy ta’limni tashkil etish bo’yicha qo’llanma (o’quvchini mustqil ishini hisobga olgan holda). UMK tarkibiga qo’shimcha axborot resurslari kiritilishi mumkin: darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, xrestomatiya va ma’lumotnomalar, lug’atlar va boshqa materiallar. Keys-texnologiyada kompyuter va maxsus jihozlarga alohida talablar qo’yilmaydi. Shuningdek talabara o’quv materialini oladigan kommunikastiya kanallariga ham maxsus talablar qo’yilmaydi. Keys-texnologiya o’quvchilar internet resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmaganda qo’llaniladi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling