Pedagogik texnologiya turlari
Internet/tarmoqli texnologiyada
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari
Internet/tarmoqli texnologiyada o’quvchilar internetda joylashgan o’quv
materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’qitish avtonom tarzda amalga oshiriladi. Vaqti-vaqti bilan o’quvchilar o’qituvchi bilan ma’lumot almashadi. Internet texnologiyaning muhim qismi – bu avtomatlashtirilgan elektron xizmatning mavjudligidir, uning yordamida masofadan turib uzluksiz ravishda o’quv- metodik materiallarga ega bo’lish, o’quv jarayoni haqida joriy axborotni olish, o’qituvchi-maslahatchilar bilan (off- line) muloqot qilish imkoniyati va shu kabilardir. On-line ro’yxatga olish, o’qitish va test o’tkazish yo’lga qo’yiladi. O’qituvchi bilan vizual (ko’z orqali) muloqot bo’lmaydi. Hamma o’quvchilar o’quv muassasasi tomonidan ta’minlab berilgan yoki o’zlarining multimedia vositalariga ega kompyuter hamda internetga kirish imkoniyatini beruvchi vositalarga ega bo’lishi kerak. O’quv jarayonini amalga oshirish uchun o’quv muassasasi qyidagilarga ega bo’lishi shart: Ta’lim beruvchi Web-sayt yoki portal; Xosting xizmatini ta’minlaydigan internet-ta’minlovchi (provayder) . Provayder server jihozlarini tunu-kun ishlashini va asosiy axborot-ta’lim resurslariga kirish imkoniyatini ta’minlab berishi kerak. O’z (korporativ) telekommunikastiya tarmoqlariga, uning yordamida foydalanuvchilarni ulanishi va axborot-ta’lim resurslaridan foydalanshi ta’minlanadi. Aloqa kanallarining a’lo o’tkazuvchanlik xususiyati; O’quvchilar bilan tezkor aloqa qilish uchun telefon kanallari bilan. Internet-texnologiyani ishlatish internetga chiqish erkin bo’lgandagina maqsadga muvofiqdir. 7 Bu texnologiyalarni alohida va birgalikda samarali qo’llash qanday amalga oshiriladi? TOPSHIRIQ Materiallar bilan tanishib chiqqaningizdan so‘ng “Eng yaxshi masofadan o‘qitish texnologiyasi” mavzusida qisqa bayon(esse) yozing (ko‘pi bilan 1 bet). O‘z bayoningizda masofaviy ta'lim kursini rivojlantirishda eng yaxshi texnologiya qaysi bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlaringizni ifodalang. Kamida beshta dalil keltiring. (Bu topshiriqni bajarish 1 soatdan oshiq vaqtni olmasligi zarur) Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling