O’quvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ijobiylashtirish va
rivojlantirish.
O’quvchilarning yosh xususiyatlarini ta’lim- tarbiya jarayonida hisobga olish,
ularning shaxsiy sifatlarini bilish, tahlil qilishga yakka tartibda yondashishda hozirgi
yosh psixologiyasi va pedagogikasining qoidalari va talablaridan kelib chiqiladi.
Bunda o’quvchilarning bir- birlariga nisbatan tayyorgarliklari, qiziqishlari va fanlarni
turlicha o’zlashtirishlari bilan farqlanishini hisobga olish asosiy masalalardan
hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda o’qituvchilarning ham bir- biridan o’qitish
uslubi, o’quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish bo’yicha farqlanishini hisobga olgan
holda har bir o’qituvchining ma’lum vaqt davomida optimal natijaga, ya’ni
o’quvchilarning ko’zda tutilgan darajada o’zlashtirishlariga erishish yuzasidan
individual yondashuvlari mavjud.
O’quvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni
ijobiylashtirish va rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda o’quvchilarga
mustaqil vazifalar berish, ularning mustaqil hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan
o’rganishlarini tashkil qilish, ularning o’qishlari uchun qulay muhit yaratishga
alohida e’tibor berish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |