Pedagogik yondashuvlar
Download 56.88 Kb. Pdf ko'rish
|
o-smirlik-yoshidagi-o-quvchilarni-ovozini-tarbiyalashda-pedagogik-yondashuvlar
O’SMIRLIK YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR Ijodbek Jo’rayev O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali Annotasiya: Ushbu maqolada o’smirlik yoshidagi bolalarni ovozini tarbiyalash, o’smir yoshida yuz beradigan o’zgarishlarga e’tiborli bo’lish, ular bilan musiqa mashg’ulotlarini olib borishda va ayniqsa, ularni kuylatishda psixologik holatlarni hisobga olish ma’suliyati haqida hikoya qilinadi. Kalit so’zlar: Musiqa, ovoz, ijro, mutatsiya, oktava, parda. PEDAGOGICAL APPROACHES TO EDUCATING THE VOICE OF ADOLESCENT STUDENTS Ijodbek Jo’rayev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Abstract: This article tells the story of the responsibility of raising the voice of adolescents, paying attention to the changes that occur during adolescence, taking into account the psychological conditions when conducting music lessons with them, and especially when singing them is done. Keywords: Music, sound, performance, mutation, octave, curtain. Ma’lumki, musiqa o’quvchilarning his-tuyg’ulariga ta’sir etib, atrof-olamning tengsiz go’zalliklarini his qilishga o’rgatadi. Insonning ruhan boy kamolga etishiga yordam beradi. Zero, inson san’at asarini to’liq idrok etishi uchun uning asosiy g’oyasini, maqsadini tushunib olmog’i lozim. M.P.Yakobson san’at asarining inson ruhiy olamiga ta’siri ikki omil: badiiy ijodning sifati, ikkinchisi, uni to’la tushunishi bilan amalga oshadi, deydi. Bu ikki holatda: 1) yaxshi didni shakllantirish, ya’ni san’atkorning ijodini belgilab beruvchi g’oyani tushunish; 2) insonda san’atga bo’lgan qiziqishni uyg’otish. Bu san’at asarini shunchaki, sof intellektual holda emas, balki hissiyotlarni ham qo’shgan holda idrok etish bo’lib, shaxs kamolotining butun jarayoniga ta’sir etadi. Musiqa o’qituvchisi bu yoshdagi o’quvchilar bilan ish yuritish ya’ni ular bilan musiqa mashg’ulotlarini olib borishda va ayniqsa, ularni kuylatishda bu psixologik holatlarni hisobga olishi tavsiya etiladi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 288 http://oac.dsmi-qf.uz/ Musiqa vositasining eng muhim jihati ham shundaki, u barcha organizmdagi o’sish jarayonini boshqaruvchi bosh miya yarim sharlari faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkaza oladi. Musiqa sadolari yarim sharlarda joylashgan asab to’qimalarining tub- tubida joylashgan boy energiya zaxirasiga o’z ta’sirini o’tkaza oladi va o’smirlarni his- hayajonga sola olish imkoniga ega bo’ladi. Psixolog olimlarning ta’kidlashlaricha, bu zaxira qatlamlariga faqat musiqa vositasida ta’sir etish mumkin. Asab hujayralari va ularni bir-biri bilan bog’lab turuvchi neyronlar mantiqiy, abstrakt va umumlashgan tafakkur jarayonini keltirib chiqaradi. Ayni paytda po’st va po’st osti zahiralarini o’ta darajada harakatga keltirish oqibatida paydo bo’lagidan jizzakilik, o’zi bilarmonlik va qo’polliklarni tormozlashtirib, ularni mo’’tadil holatga keltira olishga ham alohida e’tibor berib borish tavsiya etiladi. Suni hisobga olish lozimki, qo’zg’olish jarayonlari tez sodir bo’lganidek u tezda o’tib ham ketadi. Bu jarayon anchagina murakkab jarayon bo’lib, u yosh o’tishi bilan mo’’tadil holatga keladi. Asabiylik holatida yo’l qo’ygan kamchiliklaridan keyinchalik uyalib ham yuradilar. O’smirlarda suyak va muskullarning o’sishida farq sezila boshlaydi. Gavda suyaklarining yiriklashuvi natijasida o’smirlarning harakatlanish tezligi susaya boradi. Ular qo’polroq harakat qiladilar, chaqqonlikni ma’lum darajada yo’qotadilar. O’smirlik yoshida o’pkaning hajmi anchagina kengayadi va natijada nafas olish tezlashadi. Barcha harakatlarni bajarish va ayniqsa, qo’shiq kuylash jarayonida bunga alohida e’tibor berish zarur bo’ladi. O’ta darajada organizmni cho’zib, nafasni tiqiltirib qo’yish o’smirlar uchun zararlidir. Yurak faoliyatining intensiv tezlashuvi ham ularni tez toliqtirib quyishi mumkin. O’smir yoshida yuz beradigan o’zgarishlarning eng muhimi, bu ularda mutasiya holatining yuz berishidan iboratdir. O’smirlik yoshida bo’ladigan o’zgarishlar ularning ovoz paylariga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Ovoz paylari va ovoz pardalari bu yoshdagi o’g’il bolalarda ikki hissa o’sadi. Ma’lumki, torlar qanchalik uzun bo’lsa, undan shunchalik past ovoz hosil bo’ladi. Ovoz paylarining ikki hissa o’sishi ham ularning ovozlarini ikki hissa pasaytirishga olib keladi. Ovoz pardalarining yo’g’onlashib borishi ham ulardagi ingichka, nafis ovoz o’rniga qo’pol, yo’g’on ovozning paydo bo’lishiga olib keladi. Mutasiya bu ovozning bir turdan - ikkinchi turga o’tish holatini bildiruvchi jarayondir. Endi o’g’il bolalarning ovozida erkaklarga xos yo’g’on, qo’polroq ovoz hosil bo’ladi. Ammo u darrovgina yuz beradigan hodisa bo’lmay ikki-uch yil davomida ba’zan ingichkalashib, ba’zan yana yo’g’onlashib turadi. Ettinchi sinfning oxirlariga borib ovoz endi anchagina mustahkam, o’zining yangi holatiga o’tgan bo’ladi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 289 http://oac.dsmi-qf.uz/ Qiz bolalarda mutasiya davri deyarlik sezilmasdan o’tishi mumkin. Ularda ham ovoz paylari qisman uzayadi va ovoz pardalari yo’g’onlashadi. Natijada, ilgarigi bolalarcha ovoz o’rnini endi katta qizlarga xos yo’g’onroq, kuchliroq ovoz egallaydi. O’g’il bolalarda ham, qizlarda ham mutasiyaning o’tayotganligini ularning hiqildoq atrofidagi paylarning, pardalarning qizarib qolishidan bilib olish mumkin. Ayni shu o’smirlik yoshidagi o’quvchilarni, loringologlar tez-tez ko’rikdan o’tkazib turishlari tavsiya etiladi. 5-7-sinf o’quvchilarining ovozi musiqa o’qituvchisining ham qat’iy nazoratida bo’lishi kerak. Ayrim metodist o’qituvchilar bu yoshdagi o’quvchilarga ashula ayttirishni mutlaqo taqiqlab qo’yishni maslahat beradilar. Ammo bunga mutlaqo qo’shilib bo’lmaydi. Ularni doimiy nazorat ostida saqlash va zarur bo’lgan hollarda, loringolog maslahati bilan ularni kuylashdan ozod qilish tavsiya etiladi. Musiqa o’qituvchisi o’smirlarning ovozlarini tekshirish jarayonida ham mutasiyaning yuz berayotganligini hisobga olib borishlari lozim bo’ladi. O’g’il bolalarning ovozlarida bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatib borish natijasida ularning ovoz diapazonlari endi katta oktava «lya», «si» notasidan to 1-oktava «mi», «fa» notalarigacha bo’lgan oraliqni ola olishlari mumkinligini kuzatdik. Ayni paytda ularni differensial guruhlarga ham ajratib olish tavsiya etiladi. 2 ovozdagi o’g’il bolalar katta oktava «lya» pardasidan 1-oktava «re»gacha bo’lgan oraliqda kuylay olishlari aniqlanadi: ________________________________ 1 ovozdagi o’g’il bolalar esa «do» kichik oktavadan 2-oktava «mi», «fa»gacha bo’lgan oraliqda kuylay olishlari mumkin: _________________________________ Shunga ko’ra alohida e’tibor berish lozimki, o’g’il bolalarning ovozlari mutasiyadan o’tgandan keyin ham skripka kalitidagi notalar orqali yozib boriladi. Ammo endi ular tenor va baslar skripka kalitlarida yozilaveradi. (Bas kaliti ham kamdan-kam hollarda uchraydi) ularning ovozi transpozisiya qilingan tarzda 1-oktava past eshitiladi. Qizlar ovozi esa deyarlik o’zgarmaganligi uchun, ilgarigiday skripka kalitida yozilaveradi va skripka va alьt singari o’zgartirmasdan kuylanadi. Download 56.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling