Pedagogika, boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi
Download 18.36 Kb.
|
hisobot 2 ma\'naviy ma\'rifiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: D.Nafasov
Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Pedagogika, boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish bo’yicha HISOBOTI Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Pedagogika, boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish bo’yicha quyidagi ishlarni amalga oshirdi: Joriy yilning 5-sentyabridan 12-sentyabrgacha talabalarining institut hayotiga tezroq moslashishlariga koʻmak berish, yoshlar uchun yaratilgan loyiha va tanlovlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadidagi talabalar bilan “Tanishuv haftaligi” o’tkazildi. 14-sentabr kuni fakultetda Xotin-qizlar Maslahat kengashi va Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari. Xotin - qizlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha amaliy ishlarni yo'lga qo'yish" mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda Urganch tumani IIB JXX XPB Xotin-qizlar masalalari katta inspektori, mayor Sh.A.Batirova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Uchrashuvda talabalar savollari bilan faol ishtirok etdilar 16-sentyabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida UrDPI "Zakovat" klubi ochilish marosimi va talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. 30-sentyabr kuni UrDPI Xotin-qizlar kengashi raisi Anorgul Atajonova va professor o'qituvchilar, tyutorlar tomonidan talabalar bilan birgalikda "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni UrDPI rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov ochib berdi hamda bayram bilan o'qituvchi va murabbiylarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi mashaqqatli ishlarida zafarlar tilab qoldi. 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan institutda sakkizta jamoa o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi. 8-oktyabr kuni Pedagogika fakulteti tomonidan "Keksalar haftaligi" doirasida "Ustozlar oʻgiti yoshlarga ibrat" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. 11-oktabr kuni UrDPI binosida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Anorgul Atajonova, Xotin- qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari Z. Asqarova, Filologiya va san’at fakulteti Xotin- qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M. Matquliyevalar tomonidan "Davraga kel, dugonajon" ko'rik tanlovi tashkil etildi. 12-oktyabr kuni fakultet talabalari bilan Xorazm viloyati IIB HPB boshlig'ining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik Bog'ibekova Dilnoza Shonazarovna, viloyat IIB xodimi mayor Safoyev Eldor Bekchonovichlar ishtirokida "Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik profilaktikasini olib borishning huquqiy asoslari" mavzusida tadbir o'tkazildi. 18-oktyabr kuni Pedagogika fakulteti talabalari bilan “Kiberjinoyatlarning huquqiy javobgarligi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Urganch shahar prokurori o‘rinbosari, I darajali yurist Quryazov Hamza Otaboyevich ishtirok qilib bugungi kunda yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan saqlanish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar va ularning samaradorligi, kiberjinoyat turlari, internet, mobil aloqadan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida talabalarga kerakli ma’lumotlarni aytib o‘tdi. 21-oktabr "Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Ona tilim- iftixorim" shiori ostida tadbir o’tkazildi. 1-noyabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari bilan “Yoshlar oʻrtasida erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi. 2-noyabr kuni Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 221, 222, 223, 224, 225-guruhlari o‘g‘il bolalari o‘rtasida “Sport haftaligi” doirasida voleybol sport bo‘yicha qizg‘in musobaqalar bo‘lib o‘tdi hamda UrDPI Pedagogika fakulteti 6-son TTJ da yashovchi talabalar oʻrtasida "Zakovat" intelektual oʻyini oʻtkazildi. 4-noyabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 221, 222, 223-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, 225-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 2-sentabr kuni qabul qilingan 561-sonli qonuniga asosan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” mavzusida Urganch shahri IIO FMB XPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, katta leytenant Nasiba Abdullayeva bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Yoshlar haftaligi" e'lon qilindi. Ushbu haftalik doirasida bir qator tanlov, ko'rgazma, konkurs, loyihalar hamda tadbirlar rejalashtirildi. Haftalik 2022-yil 14-noyabr sanasidan 18-noyabr sanasigacha davom etdi. 18-noyabr kuni "Yoshlar haftaligi" doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yakuni sifatida Pedagogika fakulteti 221,222,223 Maktabgacha ta'lim yo'nalishi guruhi tomonidan "Talabalik oltin davrim!" nomli madaniy konsert dasturi o'tkazildi. Kafedra mudiri: D.Nafasov Download 18.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling