Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi
Download 1,21 Mb. Pdf ko'rish
|
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi
Pand nasihat qo’shiqlari
O’zbek millatiga xos ijobiy tarbiyaviy udumlaridan biri kattalarning o’zidan kichiklarga, qariyalarning yoshlarga ota-onalarning o’z farzandlariga kerakli pand nasi hatlar berib tarbiyalashdir. Bu dum barcha Osiyo xalqlarida mavjud. Dono xalqimiz yosh avlodni sog’lom, aqlli xushli odobli, xalol pok, ozoda, chin so’zli qilib tarbiya qilishda kundalik turmush tarzining istalgan paytidan foydalanishi e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa beriladigan maslahat o’z o’rnida aynan shu to’g’ri maslahat yoki o’gitni vaziyat taqozo qilganda ishlatilishi maqtovga sazovordir. Odatda kattalar, oqsoqollar yoki momolar turli to’y ma’raka yig’inlarda taom tortilib uni tamaddi qilib bo’lingandan so’nggina nasihat qilishgan. Nasihatlar kishi ko’pchilik orasida o’zini qanday tutishi , salom alik odobi, savdo sotiq yoki mol dunyoni taqsimlanishi kabi dunyoviy masalalar yuzasidan berilgan.
Xalqimiz pand nasihatni na faqat so’z orqali balki she’r, g’azal, qo’shiqlar orqali yoshlarga yoki umuman odamlarga yetkazishni odat qilganlar. Bu holat hamma millat yoki xalqlarda ham uchrashavermaydi. Ana shunday qo’shiqlardan biri Maxtumqulining “ko’ring” ridifli g’azaliga ustoz san’atkor Komiljon Otaniyozov kuy bastalab o’zi ijro qilgan
Birov bilan oshno bo’lsangiz
Avval iqrorinda turishin ko’ring Xaridor bo’lsangiz qizga kelina
Marakada o’tirib turishin ko’ring.
Ushbu qo’shiq Komiljon Otaniyozov ijrosidan so’ng ham o’nlab uning shogirdlari tomonidan haligacha kuylanib kelmoqda. Maxtumqulining bu kabi xalqchil sodda va ravon tushunarli tilda yozilgan asari insonning ma’naviy tarbiyasida tengsiz saboq vazifasini o’tab kelmoqda. Shoirning yana bir g’azali “Ustozingdan ayrilma” nomli asari ham Komiljon Otaniyozov kuy bastalab, qo’shiq qilib ijro qilgan. Ayrilma
Mastona yurganda g’ayri yurtlarda
Unib, o’sgan diyoringdan ayrilma Mal’un kaklik kabi nafsing yo’lida
Doma tushib qanotingdan ayrilma
O’zbek qo’shiqchiligida pand-nasihat beruvchi asarlar doirasi juda keng. Deyarli ko’pchilik taniqli xonandalar repertuarida bunday qo’shiqlar uchrab turishi odat tusiga kirgan.
Xalqimizning sevimli xonandalaridan Kamoliddin Rahimov ijodida ham talaygina nasihat mavzusidagi qo’shiqlar uchraydi. Ana shunday ser ma’no qo’shiqlardan biri Chustiy g’azaliga bastalangan “Bo’larmidi” nomli qo’shiqdir.
Download 1,21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling