Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana05.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#220188
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi

                                         Zoe 

 

Kimda iqtidor yo’qdur 



 

Ilm bila hunar zoe 

 

Iqtidor erurman deb 



 

Chekma ham alam zoe. 

 

 

Kimda asli tole yo’qtur 



 

 

Naqdi ham ketar qo’ldan 



 

 

Berganing bilan bo’lmas 



 

 

Oltinu gavhar zoe. 



 

Kimki be hamiyatdur 

 

Chetdadur nazardan ham 



 

Chunki be hampiyatga  

 

Solganing nazar zoe. 



 

 

Bu nasihatni Erkin 



 

 

Yozdi bir sabab birla 



 

 

Ko’nglida sezar ammo 



 

 

So’zi besamar zoe. 



Umuman o’zbek qo’shiqchiligida pand-nasihat mavzusidagi qo’shiqlar alohida va 

muhim o’rin egallaydi. Pand nasihat qo’shiqlar zamonlar o’tsada o’z kuchini san’at 

asari sifatida o’z bahosini yo’qotmaydi. Chunki bu qo’shiqlarda insonning ma’naviy 

jihatdan tarbiyalashga qaratilgan insonlarni jamiyatda o’z o’rnini topishga yordam 

beradigan nihoyatda qadrli asarlardir. Bu kabi ijobiy rasm-rusumlar albatta 

ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib o’tib kelmoqda. 

 

 



O’zbek xalq qo’shiqchiligi haqida fikr yuritganda, albatta, mustamlakachilik 

davridagi muammolarga to’xtalish zarur. XІX asrning ikkinchi yarmidan 

boshlangan Rossiya mustamlakachilik va uning madaniy merosimizga salbiy ta’siri 

ham ijod namunalarining bir qismini yo’qolib ketishiga sabab bo’ldi. Ammo, 

shunga qaramay, milliy san’atimiz izchil rivojlanaverdi. Xususan, ijrochilikning 

Buxoro, Xorazm, qo’qon yo’nalishlari saqlanib qoldi.  

Shuningdek, O’zbekistonning barcha qududlarida o’ziga xoslik mavjud 

bo’lishiga qaramasdan, o’zbek xalq Musiqa madaniyati saqlanib qolindi. 

Barchamizga ma’lumki, toki shu kunga qadar qancha bosqinchilik, talon-taroj 

ishlari bo’lmasin, o’zbek xalq Musiqa madaniyati davr uchun, kishilar tarbiyasi 

uchun kerakligicha qoldi. Mana mustaqilligimiz tufayli tarixiy madaniyatimiz 

adabiyot va san’atimiz tilimiz dinmizga ega bo’ldik. 

Milliy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. O’zbek xalqi milliy o’zligini anglashda 

faollikni egalladi. Demak, bizning oldimizda o’zbek xalq Musiqa madaniyatini 

yosh avlod tarbiyalashda muximligini anglagan xolda, Vatanga bo’lgan muxabbat 

ruxida tarbiyalash vazifasi turibdi. O’zbek xalq milliy san’ati xususan, Musiqa 

o’zining serqirra va qadimiyligi bilan kishini o’ziga tortadi.  

Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz Musiqasi, an’anaviy kasbiy 

Musiqa, xalq bastakorlik yo’llari, Shuningdek, folklor-qavaskorlik yo’nalishi 

shaklan va usluban bir-biriga yaqin bo’lib, to’ldirib keldi. 

  

Hali badiiy so’z ifodasining shakli topilmagan davrlardayoq odamlar turli 



qarakatlarda, bir-biriga ovoz bilan, qarsak bilan munosabatda bo’lishni bilganlar. 

Keyinchalik qadimgi odamlar gapirishni, yozishni o’rganganlarida o’sha so’zlarni 

oqangga solib avval so’z o’yinlarini, so’ngra kichik-kichik otishmalarni o’rgana 

boshlaganlar.  

 

Sekin-asta zamonlar o’tishi bilan ular qamishlardan surnay, qayvonlar 



terisidan urib chalinadigan do’mbiralar yasab ko’ngillarini shod qilishni 

boshlaganlar. Bu kunlar biror bir katta hayvonlarni ushlab, undan taom 

tayyorlashib, o’zlariga yaqin odamlar bilan baham ko’rishgan vaqtlarida tuni bilan 



olov yoqib amalga oshirishgan. Hozirgi bayramlarning paydo bo’lishiga asos 

bo’lgan bo’lsa ajab emas… 

 

Shu tariqa rivojlanish sekin-asta avj olgan. Odamlar bir-birlari bilan 



gaplashishni, jamoa bo’lib yashashni, oila qurishni o’rganganlar. Farzandlar 

tug’ilganda, o’g’il bolalar biror-bir qunarga o’rgatilgan kunlar bayramga aylanib 

borgan. Ular do’mbira va surnaylar chalib tuni bilan bayramlar qilib chiqqanlar. 

Shu zaylda musiqaga asos solingan. Keyinchalik katta-katta doston, marsiyalar 

paydo bo’lgan. Ushbu doston marsiyalarda xalq dardi, yashash tarzi, tuzilishi, 

meqnatqo’shiqlari xaqida kuylangan…  

Milliy musiqa madaniyatimizning tarixi, kelib chiqishi, manbaalari va 

rivojlanish manbaalarini o’rganish, ayniqsa, san’atimiz rivojida o’chmas iz 

qoldirgan san’atkorlarimizning repertuarlari, ijrochilik san’ati ijro maqorati, ijodiy 

yo’li kabi masalalarni davlatimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan qarorlar, Oliy 

ta’lim vazirligining bu boradagi islohotlari, xususan, Davlat ta’lim standartlariga 

rioya qilgan qolda biz bo’lg’usi o’qituvchilarga  katta mas’uliyat yuklaydi, buning 

uchun o’quvchilarga o’rgatayotgan milliy san’atimiz, boshlang’ich musiqa 

saboqlarimizning tub moqiyatiga e’tiborimizni qaratmog’imiz lozim. 

O’z ota-onalarining qadriga yetmay, yomon yo’llarga kirib, tarbiyasiga putur 

yetkazayotgan yoshlar pand-nasiqatga boyqo’shiqlarni tinglashsa, ularda oz 

bo’lsada ota-onaga, Vatanga bo’lgan qis-tuyg’ular ijobiy tomonga jo’sh uradi. 

Ayniqsa, ota-bobolarimiz bir-birilariga sodiq, mehribon bo’lib o’tishganini, ular 

orasida mehr-oqibat kuchli o’lgani xolda, o’ta andishali xalq bo’lishganini 

ta’kidlansa, yoshlar ongida ham o’zgarishlar ro’y beradi. Buni tarixiy asarlarni 

musiqiy dramatik usuldan foydalanib, yoshlar ongiga yetkazish mumkin.  

Darxaqiqat, milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi amalga oshirilayotgan tarixiy 

ishlarimizning qamrovi juda kengdir. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

-ko’p ming yillik tariximiz xaqqoniy, chuqur va juda kengdir. 

-xalq odatlari, marosimlari va bayramlarining tiklanishi va yangi bayramlarning 

(mustaqillik, o’qituvchilar kuni, xotira va qadrlash kuni) joriy etilishi xalq 




ma’naviy xayotiga ijobiy ta’sir etmoqda. Xalq musiqa tarbiyasi esa bularga sayqal 

beradi.  

Ma’lumki biror bayram, tadbir, to’y yoki marosim yo’qki, Musiqasiz, uning 

jarangisiz nishonlanmasa. Shuning uchun ham  musiqa inson uchun, uning yashash 

tarzi uchun juda muqimdir. Musiqa, umuman san’at, insonlarni faqat yaxshilikka, 

ezgulikka  yetaklaydi. 

An’anaviy musiqa – xalqimizning tarixiy, ma’naviy extiyojlari asosida 

vujudga kelgan,  ularning aqliy-ijodiy faoliyati natijasida taraqqiy etgan, ming 

yilliklar mobaynida ajdodlar fikrlari, tajribalari, orzu-istaklari, an’analari va 

qadriyatlarini  o’zida  birlashtirgan,  avloddan-avlodga  o’tib,  asrlar  osha 

sayqallashib, murakkablashib borgan bebaqo meros hamda jamiyatimzni axloqiy 

sog’lomlashtiruvchi va insonparvarligini barqaror etuvchi xalqning ma’naviy 

kamol topishiga xizmat qiladigan muqim omildir.  

Musiqa tarbiyasini ravnaq toptirish uchun, eng avvalo, bu soqxaning ilmini 

rivojlantirish lozim. Shunday qilsam, madaniyat ilmi, musiqa san’ati, xalq qo 

hiqchiligida vujudga kelgan muammolarni aniqlash va qal qilish oson kechadi. Gap 

shundaki,  viloyatlarda  faoliyat  ko’rsatayotgan  musiqa  madaniyati 

o’qituvchilarining barchasi ham ko’ngildagidek sharoitda ishlamaydi.  

Negadir, barcha joylarda, noo’rin bo’lsa ham aytib o’tgim kelyapti, musiqa 

va san’atga past nazar bilan qarashadi. Xatto maktablarda musiqa darsiga 

bo’laveradi deb qarab eng qarovsiz sinflarni ajratishadi. Yozda issiq, qishda o’ta 

sovuq xonalarda qanday qilib, yoshlarga ma’naviy–musiqiy tarbiya berish 

mumkin? Musiqa asboblarini-ku qo’yavering. Agar davlat ta’lim standartlari 

talablariga asosan bolaga milliy cholg’u asboblari qaqida ma’lumot berish, chalib 

ko’rsatish, xatto chalishni o’rgatish zarur-ku? 

Buni ham qo’yavering, ba’zi maktablarda matematika fani o’qituvchisi musiqadan 

dars beradi.  

Yoki musiqa o’qituvchisi bo’lishiga qaramay boshlanqich sinflar uchun 

ajratilgan musiqa madaniyati darsini bolang’ich sinf o’qituvchisi o’tadi. Axir 

bolaning musiqiy savodxonligini  uning yoshligidan boshlash kerak-ku? Bola 




oddiy she’rni yod olish bilan  chegaralanmay, balki uni to’g’ri va sof kuylash, ovoz 

sozlash mashqlarini bilish, alteratsiya shart-ku? Demak, Bunday muommalar bilan 

tegishli muassalar raxbarlari qat’iy shug’ullanganlari xolda «Kadrlar tayyorlash 

milliy dasturi» hamda DTS talablari asosida ish tutishlari lozim. 

O’zbek xalqi ko’p asrlik taraqqiyot tarixiga ega bo’lgan an’analar sohibidir. 

O’zbek musiqa san’atining ildizlari qadim zamonda borib tarqaladi. Qadim 

madaniyatning ko’pdan - ko’p  obidalari, buyuk o’zbek mutifakkirlari, shoirlari 

yozuvchilari, ulug’ daxolari Al- Farobiy, Abu Ali Ibn sino, Navoiy, Jomiy, 

Nizomiylar lirikasida, keyinchalik esa o’zbek shoirlari va mutafakkirlari Muqumiy

Furqat, Hamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish orasida talaygina 

qiziqarli fikrlar bildirilgan.  

Musiqa ta’limini rivojlanishiga nihoyatda katta ahamiyat bergan. O’rta 

Osiyolik mashxur musiqachilar orsidagi  olim Muhammad Farobiy yosh avlodni 

tarbiyalash va o’qitish masalalariga, etka va estetika masalalariga ko’plab ilmiy va 

amaliy g’oyalar bildirgan. U Shuningdek musiqa nazariyasining asoschilaridandir. 

Taniqli tojik olimi, musiqachisi, faylasufi Jomiyning “Risolai dar ishi musiqa” 

nomli kitobida, kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari xaqida yozgan.  

So’ngi yillarda, olib borilgan tadqiqotlarning natijalari  XVIII asrda o’ziga 

xos nota yozuvi bo’lganida, lekin faqat musiqa folklori emas, balki o’zbek 

xalqining professional musiqasi ham 1920 yillarga qadar og’izdan- og’izga   o’tish 

yo’li bilan tarqalgan. Shunga qaramasdan musiqa o’zbek xalq xayotida muhim va 

katta o’rin egallagan. 

                Milliy va zamonaviy qo’shiqlarning ta’sirchanlik xususiyatlari  

O’zbek xalqining musiqa san’ati uzoq tarixga ega bo’lib, davrlar o’sha o’zining 

tarbiyaviy sifatlarini yo’qotmay omma orasida ommalashib bormoqda. 

            

Milliy  va  zamonaviy  musiqa  san’atini  yo’qotmay,  o’zaro  bog’lanib,  bir-

birini to’ldirib, tinglovchini qalbida yashamoqda.  

 

Milliy va zamonaviy musiqa bog’liqligi Shundan iboratki har ikki janrda 



ham milliy – ma’naviy qadryatlarimiz, milliy g’ururimiz, konstitutsiyalarimiz, ona 

Vatanimiz madxi kuylanadi.milliy musiqa – insonning  qalb kechinmalarini 




mumtoz kuy qo’shiqlar maqom san’ati, an’anaviy qo’shiq ijrochiligi ortsepi bayoti 

etsa, zamonaviy musiqa milliy estrada janri, lirikohanglarini zamonaviy topqini 

orqali kuylashadi.  

 

Bizga ma’lumki har ikki janrlarda ham buning betakror san’atimizga dunyo 



uzra yeng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun 

jaxonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy buyuk allomalarimizdan. 

Abu Ali Ibn Sino Abdulqodir Marog’i, Abduraxmon jomi, Alsher Navoiy , 

Darvesh ali Changchi va boshqalar sharqona jaxonshumul ahamiyatga molik 

noyob nazari va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy 

asarlarning ham muallifi sifatida keng taniganlar.  

 

Buyuk istiqlol tufayli musiqa madaniyatimiz eski siyosiy- mafko’raviy 



tazyiqlardan xolos bo’ldi. Shu bilan birga  u ko’xna mumtoz an’analarimizning 

to’la ta’kidlashiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma’naviy 

barkamol darajada tarbiyalashga imkoniyat yaratdi. 

 

Diniy – falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular avvalo bizning tarixiy 



boyligimizdir. Kimgadir g’ayri tabiiy tuyulsa ham, bu yo’nalishga to’siq 

bo’lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demakratik 

tamoyillarning amaldagi yaqqol ifodasi bo’lsa kerak.  

 

Musiqiy madaniyatimizning ma’naviy hayotidagi o’rni beqiyosdir. Musiqiy 



madaniyat xalq manaviy dunyosining ajralmas qismi bo’lib, uning ma’naviy 

extiyojini barcha davrlarda beminnat xizmat qilgan. Shuning uchun ham musiqa 

madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Shuning uchun 

dars jarayonida ham sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda   o’zbek milliy 

an’analarimizga,  xususan,  mumtoz  kuy-  qo’shiqlarimizga  e’tiborimizni 

qaratishimiz lozim. Bunga zamonaviy musiqa ham zarur. Ikkala janrning bir- 

biriga bog’liqligi ham Shunda. Inson hayotda yashar ekan, zamon bilan hamnafas 

yashaydi. Ayniqsa  XXl asr texnikasi davrida zamonaviy texnika vositalarini 

ko’payishi unga bo’lgan e’tiborning ortishi tabiiydir. Musiqa san’ati rivoji uchun 

ham zamonaviy, ham mumtoz kuylar hamda qo’shiqlar kerak. Faqatgina uni to’g’ri 

olib borish zarur. Yaxshi shoirlar ko’paysa, bastakorlarga ijod keladi. Yaxshi 



qo’shiq yaratilsa, qo’shiqdagi honishlar, qo’shiqchilar ko’payadi. Dil tortar 

zamonaviy qo’shiqlar ham, insonga ham dalda beradi, ham tarbiyalaydi.  

Bizga ma’lumki, insonni ma’naviy, axloqiy va ruxiy jixatdantarbiyalanib 

borishda musiqa san’atining tutgan o’rni beqiyosdir. Shu o’rinda, zamonaviy va 

mumtoz qo’shiqchilik san’ati ommonio’ziga jalb etishda eng oldingi o’rinda turadi. 

Buning sababi, inson dunyoga kelibdiki, go’dakligidan boshlab ona allasini 

tingbab, voyaga yetib boradi. Birgina mana shu allaning ham zamonaviy, ham 

ahloqona, ya’ni barcha oilalarimizning o’ziga xos kuylashlari dilga yoqadi.  



 

Musiqa san’ati o’z xususiyatiga ko’ra umuminsoniy qadriyat bo’lgani uchun 

barcha zamonlarda ilmiy jamoatchilikning diqqat markazida bo’lgan.  

Musiqa o’qitishning o’ziga xos yangi –yangi uslublarini qo’llab mashg’ulotlarni 

tashkil etish, qar bir pedagog oldidagi muqim vazifalardan biridir. Ular 

noan’anaviy,qo’shiqlari faol innovatsion yangi dars uslublari bo’lishi mumkin. Shu 

bilan bir qatorda ta’lim jarayoniga mustaqil ta’lim yo’nalishi kirib keldiki, bu 

ta’lim yo’nalishi talabani o’z-o’zini anglashga, ijodiy qobiliyatini, intelektual 

faoliyatini namoyish etishga, bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini nazarda tutgan 

qolda kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beradi. Amalga oshirilgan 

ishlarning samarasi o’laroq, bugungi kunda bizning shogirdlarimiz bo’lmish yosh 

talantlar xatto jahon kezmoqda, davlatimizning yuksak mukofotlariga ega 

bo’lmoqdalar.Mamlakatimiz mustaqilligini ta’minlash ozod va obod vatan, erkin 

va farovon qayot barpo etishda, albatta san’atning roli beqiyosdir. 

Zamonaviy musiqa ham jamiyat va insonlar bilan hamnafas yashaydi. Mumtoz 

qo’shiqlar o’zbek xalqining azaliy, dard-qayg’usi, muxabbati, sevgisi va 

quvonchining asosidir. Ma’lumki, musiqa jamiyat qayotining muqim qismidir. U 

inson ruqiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib,  ularning qis-

tuyg’ularini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda musiqa 

san’ati hayotni o’rgatadi, tasvirlaydi, ifodalaydi. Shu bois musiqa o’quvchilarda 

nafosat (estetik) xissiyotlarini tarbiyalash orqali ularning ma’naviy, g’oyaviy va 

axloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirishda ularda oliyjanob fazilatlarni 

kamol toptirishda ta’sirchan vosita bo’lib xizmat qiladi.




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling