Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Umumta’lim maktablarida o’quvchi yoshlarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda, ularning barkamolligiga erishishda kasb-hunar rivojiga erishishda o’qituvchi-pedagoglar yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqarganlari holda ta’limga zamonaviy dasturlarni olib kirishlari lozim. O’quvchini qay darajada ko’proq bilim olishga, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga jalb etilsa, dars samaradorligiga, yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yilishiga erishiladi. Buning uchun darsdan tashqari mashg’ulotlarni, to’garaklar faoliyatini chuqur o’zlashtirib, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini ko’ngilli tashkil etishga erishish lozim. Musiqa madaniyati darslarida xalqimizning mumtoz hamda o’zbek xalq qo’shiqchiligining noyob durdonalaridan bahramand bo’lish darslarning samarali bo’lishida o’rinlidir. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarga o’zbek xalq qo’shiqlarini o’rgatish orqali o’quvchilarni tarbiya sifatlarini ham shakllantirib boradi, bundan tashqari qo’shiq mazmunidan kelib chiqib, o’qitishning og’zaki metodlaridan foydalanadi, ya’ni turli mavzularda qiziqarli ochiq muloqotlar o’tkazadi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan o’gitlardan foydalanadi. Xalq qo’shiqchiligining tarixi va undagi noyob asarlarni o’rganish orqali Vatanimizni sevish, o’zaro hurmat hamda ahloq-odob qoidalari bahs-munozara uslubida o’tkazilgan dars orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlay olishga undaydi. VII asrda O’rta Osiyoga islom dinini olib kelgan arablar ham ajdodlarimiz, musiqa madaniyatidan bebahra qolmadilar. IX-X asrlarga kelib, Somoniylar davlatida Buxoro yuksak san’at va ilm-fan maskaniga aylandi. Bu davrda olamga mashhur olimlar, shoirlar, musiqachilar yetishib chiqdilar. Mashhur faylasuf al-Forobiy, Axmad Farg’oniy, alloma Abu Rayxon Beruniy, buyuk Abu Ali ibn Sino, Abu Abdullo Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy va boshqalar O’rta Asr sharq madaniyatiga katta hissa qo’shdilar. Ayniqsa, al- Forobiy va ibn Sino sharq xalq qo’shiqchiligi ravnaqiga ulkan hissa qo’shdilar. XI-XV asrlar davomida o’zbek xalqi madaniyati yangi cho’qqilarga erishdi. Temuriylar davrida o’zbek musiqa madaniyati yuksak rivojlandi. Bunda
Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug’ allomalarning xizmatlari alohida xurmatga sazovor. Bu davrda eng katta salobatli maqomlarimizdan “Shashmaqom” turkumi mukammal shaklga kirdi. Shuningdek dostonchilik san’ati ham yuksak rivojlandi. Binobarin, o’zbek musiqasi ikki asosiy tarmoqda – xalq ommaviy janrlari (bolalar qo’shiqlari, alla, yalla, terma, lapar, qo’shiq, lirik va raqs kuylari)ga va og’zaki an’anadagi ustozona (professional) musiqa (ashula, katta ashula, doston, maqomlar) yo’nalishlarida qaror topib keldi. O’zbek shoiri mutafakkiri A.Navoiy musiqa san’atiga san’ati sohasida nihoyatda katta bilimga ega bo’lgan edi. Uning musiqaviy – estetik qarashlari “Sabbayi - Sayyor”, “Mahbubul qulub” va boshqa asarlarida aks etgan. O’zbek xalqi ning musiqa madaniyati xalq pofessional ijod mahsuli bo’lgan musiqa asari, og’izdan – og’izga o’tish asosida asrlar davomida to’plangan an’ana zamirida rivojlangan. U bizga xofizlar, musiqachilar, baxshilar orqali yetib kelgan. Unga xalq ijodining eng yaxshi namunalari hamda professional ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan.
Milliy va zamonaviy qo’shiqlarning ta’sirchanlik xususiyatlari o’zbek xalqi ning xalq qo’shiqchiligi san’ati uzoq tarixga ega bo’lib, davrlar osha o’zining tarbiyaviy sifatlarini yo’qotmay omma orasida ommalashib bormoqda.
Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy buyuk allomalarimizdan. Abu Ali Ibn Sino Abdulqodir Marog’i, Abduraxmon jomi, Alisher Navoiy, Darvesh ali Changiy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazari va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng taniganlar.
O’zbek xalq qo’shiqchiligi tarixini o’rganishda milliy va zamonaviy musiqa san’atining hozirgi kunga qadar rivoj va sayqal topayotgani hamda ikkala janrning zamirida yurt faxri va o’zbek xalqi ning tarixiy ko’rinishlari kuylanayotganligi san’atimizning naqadar yuksakligidan dalolatdir. Har ikkala janr bugungi kunga qadar o’z jilosini yo’qotmay, o’zaro bog’lanib, bir-birini to’ldirib, tinglovchini qalbida yashab kelmoqda. Milliy va zamonaviy musiqa bog’liqligi shundan iboratki har ikki janrda ham milliy – ma’naviy qadriyatlarimiz, milliy g’ururimiz, konstitutsiyalarimiz, ona Vatanimiz madxi kuylanadi.milliy musiqa – insonning qalb kechinmalarini mumtoz kuy qo’shiqlar maqom san’ati, an’anaviy qo’shiq ijrochiligi bayon etilsa, zamonaviy musiqa milliy estrada janri, lirik ohanglarini zamonaviy topqini orqali kuylashadi.
Bizga ma’lumki har ikki janrlarda ham buning betakror san’atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Tabiiyki xalq qo’shiqchiligi ham aynan insonning ichki va tashqi dunyosini ohanglar orqali go’zallik va yaxshilikka yo’naltiradi. Ya’ni, kishilarda bo’lishi zarur bo’lgan hislatlar, aynan musiqada ham bo’ladi, jumladan, milliy qo’shiq chiroyli harakat, hushmuomalalik- hushohanglik bilan uyg’unlashadi. Bitiruv malakaviy ishimning birinchi bobida xalq qo’shiqchiligining tarixiy xususiyatlari, uning rivojlanib hamda insoniyat ongiga ta’siri jarayonida ma’naviy barkamollikning shakllanishi, eng muhimi buyuk allomalarimizning xalq qo’shiqchiligiga bo’lgan yuksak e’tiborlari va yoshlar tarbiya sifatlari takomilidagi o’ziga xos ko’rinishlar haqida to’xtalib o’tishga harakat qildim. Dars davomida xalq qo’shiqlarini kuylash va uning qadimiy asoslarini o’rganib borish haqida to’xtalib, xalq qo’shiqchiligi san’atini o’rganishda, jumladan, kuylash va tinglash orqali o’quvchilarning musiqa idroki milliy ohanglar ta’sirida kuchayishini, mustaqil fikrlay olishini hamda tinglangan ohanglar orqali ularning taqqoslash qobiliyatlari rivojlanib borishini bayon etdim. Musiqa madaniyati darslarida yuqorida ta’kidlaganimdek, xalq qo’shiqchiligi tarixini o’rganishning asosiy maqsadi – musiqa san’atining uzoq davrlarga borib taqalishi, xalq hayoti va izlanishlarining rivojlanib, sayqallashuvini o’quvchi yoshlar ongiga singdirib borishdan iborat. Xalq qo’shiqchiligi tarixini o’rganishda muhim masalani ta’kidlab o’tamanki, haftasiga bir soat beriladigan musiqa darslarida tariximizni, xususan,
musiqa yo’nalishiga oid tarixiy manbalarni to’liq holda o’quvchi ongiga yetkazish biroz mushkul . Shuning uchun o’quvchilarga xalq qo’shiqlarini o’rgatish rejasida tarixiy manbani o’rganishga alohida vaqt ajratish lozim.
O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’ta zo’riqtirmaslik uchun sodda va qiziqarli “metod”lardan foydalanish lozim. Dars jarayonida, ayniqsa o’zbek xalqini tarannum etuvchi qo’shiqlarni o’rgatish orqali o’zbek xalqi ning urf- odatlari, liboslari, o’zbek taomlari haqida fikr yuritib, yoshlar ongida milliy mentalitet g’oyalari shakllantiriladi.
“Xalq qo’shiqlari haqida so’z ketar ekan, - deydi yurtboshimiz,- eng avvalo o’sib kelayotgan yosh avlod, ajdodlari, boyliklari, hususan merosimiz an’ana va urf-odatlarimiz haqida fikrlashga ega bo’lmoqlari lozim”. O’quvchilarda mustaqil fikrlash qoidalarini rivojlantirar ekanmiz, mustaqil fikrlay olishlari, eng muhimi milliy musiqani ongli ravishda idrok etib, milliy ohanglarni, xalqona qo’shiqlarni kuylashlari ahamiyatlidir. Ikkinchi bobda o’quvchilarning estetik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda o’zbek xalq qo’shiqchiligi tarixiga nazar tashlashni va undagi milliy va bebaho meros atalmish xalq qo’shiqchiligining noyob qadriyatlarini o’quvchi- yoshlar ongiga singdirib borish masalalari qayd etilgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, kasbiy ijodkorlik mahoratimizga erishishimizda odob ko’chasidan yurib, undagi ko’plab insoniy fazilatlar sohibi bo’lib, kamolot sari odimlar ekanmiz, xalq orasida obro’-e’tibor qozonamiz, biz tarbiya berayotgan yoshlar ham kelgusida mustaqil diyorimizning ravnaqiga o’z hissalarini qo’shuvchi kadrlar bo’lib yetishadilar. Bizning asosiy maqsadimi zamon talabidagi darslarni tashkil etish bilan mustaqil fikrlovchi bilimli yoshlarning ko’payishiga erishishdir. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, cholg’u asboblariga jo’r bo’lish kabi harakatlarni bajarish bilan birga albatta ritmik harakatlarni to’laqonli ravishda bajarishlari shart. Bu bilan o’quvchining tinglash, diqqatni bir joyga to’plash, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, chapaklar asosida ritmga jo’r bo’lish orqali qobiliyatlari rivojlanadi. Xalqona yo’ldagi kuy- qo’shiqlarni ijro etishda esa o’quvchilar milliy yo’nalishni o’zlarida aks ettirib, ijro
etishga harakat qiladilar, bunday qo’shiqlarni dilga yaqin qo’shiqlar deb atash mumkin.
Ikkinchi bobda esa xalq qo’shiqchiligini davrlar asnosida yoritishga harakat qildim. Masalan, V-X asrlarda xalq tarixiy tarqqiyotining rivojlanib borishi, XV- XVIII asrlarda xalq qo’shiqchiligini ommalashuvi va nihoyat mustaqillik davrida xalq qo’shiqchiligining yuksak pog’onalarga ko’tarilishi haqida fikrlar bayon etildi. Xulosa o’rnida, o’zbek xalq qo’shiqchiligi tarixini o’rganish, uni musiqa madaniyati daprslarida joriy etish va xalq qo’shiqlarini kuylash qoidalarini berilgan ko’rsatma va rejalar asosida o’tilishi musiqa o’qituvchisining vazifasidir. Darsning samaradorligiga erishish, kasb mahoratini to’liq bajarishda o’qituvchi-pedagoglar DTS talablari hamda yangi pedagogik texnologiya asosida istagan faoliyatlar orqali ko’zlagan maqsadiga erishishi mumkin. «Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I. A. Karimov – qanday muammolarni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib tarqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacha aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog’liq». Bizga ma’lumki, musiqa tarbiyasi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o’zbek musiqa madaniyati va xalq musiqasining nodir namunalari orqali yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa amalga oshiriladi. Bugun shunday darslar tashkil etilsinki, pedagog faol va tashabbuskor bo’lsin, uning shogirdlari esa mustaqil va erkin fikrlay oladigan yoshlar bo’lib yetishsinlar. Mavzuning dolzarbligi.
kirib kelayotgan turli ruxiy, salbiy yo’nalishdagi ta’sirlardan ximoya qilish ishida an’anaviy xalq qo’shiqchiligining mumtoz asarlaridan samarali foydalanish, yoshlarning darslardan keyingi bo’sh paytlarida ham turli salbiy oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrashda an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fanidan ham samarali
foydalanish maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. Shuningdek ushbu mashg’ulotlarni professional darajada eng zamonaviy texnika vositalarini jalb qilgan holatda tashkil qilish masalalarini ko’tarib chiqmoqchimiz. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganda ushbu bitiruv malakaviy ishimizni dolzarb deb xisoblaymiz. Mavzuni maqsadi. Musiqa yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlaridagi an’anaviy xalq qo’shiqchiligi darslarini yangi sifat darajasiga ko’tarish. Ko’plab o’zbek bastakorlari Saidjon Kalonov, To’xtasin Jallilov, Telman Xasanov, Nabijon Xasanov, Yunus Rajabiylar tomonidan yaratilgan yuksak saviyadagi musiqiy asarlarni an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fani mashg’ulotlari jarayonida bo’lajak Musiqa tarbiyachilarini yaqindan tanishtirib borish. Tadqiqotning obekti va predmeti. Namangan shahar pedagogika kasb-hunar kolleji Musiqa bo’limi obekt qilib tanlandi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti qilib ushbu kasb-hunar kollejining Musiqa yo’nalishidagi yakka tartibda o’tiladigan an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fani mashg’ulotlari predmet bo’lib xizmat qiladi. Muammoga yangicha yondoshish. Bitiruv malakaviy ishi ximoyamda Namangan shahar pedagogika kasb-hunar kollejida bevosita an’anaviy xalq qo’shiqchiligi mashg’ulotlari tashkil qiladi. Hamda bitiruv malakaviy ishida ko’tarib chiqilgan masalalarni amalda ya’ni an’anaviy xalq qo’shiqchiligi fani mashg’ulotlari jarayonida tajriba va sinovdan o’tkazadi. Bitiruv malakaviy ishi tugallangach ushbu Bitiruv malakaviy ish Namangan pedagogika kollejining tajribali pedagoglari tomonidan muxokama qilindi va baholanadi. BMI ning tuzilishi. Kirish, ikki bob, sakkiz bo’lim, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I. bob. An’anaviy qo’shiqchilik orqali yoshlarni musiqa merosi bilan Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling