Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi
Musiqa merosini el e’tiboriga yetkazishda xizmat qilgan o’zbek san’atkorlari
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiyalar
2.4. Musiqa merosini el e’tiboriga yetkazishda xizmat qilgan o’zbek san’atkorlari
MUHIDDIN QORI YOQUBOV (1894-1957)
Muhiddin qori Yoqubov o’zbek madaniyatining atoqli arboblaridan biridir. Mashxur san’at namoyondasini hayoti va ijodini yaxliticha olib haralsa, xalhimiz hayoti, orzu-umidlari, intilishlari, xalq san’atining rivoji bosqichlari bilan uzviy bog’liqligini kuzatamiz. Bu jarayonda hamisha oldingi safda bo’lganligiga guvox bo’lamiz. U san’at taraqqiyoti yo’lida borligini sarflagan, madaniyat va san’atimizning tashkilotchilaridan biridir. Muhiddin qori Yoqubov Farg’ona muzofotining Yormozor qishlog’ida tavallud topdi. Uning otasi ziyoli odam bo’lib, o’g’lini islomiy va zamonaviy bilimlar egasi bo’lishiga harakat qildi va Farg’ona shahrining madaniyat maskanlariga ko’proq, jalb qildi. Yoshligidanoq, yevropa madaniyatini o’zida aks ettirgan Farg’ona shaxrining madaniy hayoti bilan qiziqdi va to’garaklarga, jumladan musiqa to’garaklariga qatnasha boshladi. Nota yozuvini o’rganadi, damli sozlar orkestrida musiqa asboblari chalishni o’rganadi. 1916 yilda Muhiddin qori Yoqubov Farg’onada bir gurux, havaskor yoshlardan iborat cholg’u asboblar to’garagini tashkil qildi. Bu tugarakda milliy cholg’u asboblari bilan bir qatorda, yevropa musiqa asboblarini chaladigan mahalliy yoshlar ham bor edi. 1918 yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan tanishadi va bu uchrashuv uning hayotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ular birgalikda teatr truppasini tashkil etadilar va “Boy ila xizmatchi”, “Farg’ona fojeasi”, “Tuxmatchilar jazosi” pe’salarini saxnalashtiradilar va ulardagi bosh rollarni Muhiddin qori Yoqubov ijro etadi. 1923 yilda musiqa va ijrochilik san’atini rivojlantirishdagi, madaniy hayotdagi yutuqlarni keng tashviqot qilishdagi xizmatlari uchun unga «Turkistonning birinchi xalq xofizi» unvoni beriladi. O’sha davrda Muhiddin qori Yoqubov «Sharq kechalari» deb nomlangan kontsert dasturi bilan turli shaxarlardagi kontsertlarda qatnashar va «Ushshoq», «Fig’on», «Bayot», “Ko’chabog’”, “Chorgoh”, “Dugoh”, “Eshvoy”, “Yo’l bo’lsin” ashulalarini aytib olqishlarga sazovor bo’lar edi. 1925 yili Tamaraxonim bilan Parijda jaxon san’at ko’rgazmasida ishtirok etadi. So’ng Berlinga taklif qilinib mashxur Betxoven zalida kontsert beradi. O’sha yili Berlindagi «Fosishe, tseytug» gazetasi o’zbek san’atkorining ijrosiga shunday baxo bergan edi: - «O’zbek xonandasi Muhiddin qori Yoqubovning ijrosi ayniqsa katta taassurot qoldirdi. Bu san’atkorlar Yevropaning katta shaharlariga tashrif buyurdi. Ko’zlagan maqsadi o’z xalqining noyob san’atiga qiziqish uyg’otishdir. Uning repertuarida xali notaga yozib olinmagan ikki yuzdan ziyod asriy qo’shiqlar mavjuddir. U Parijdan Berlinga kelib mahalliy aholi oldida o’z qo’shiqlarini ijro etdi. Uni nihoyatda qizg’in va hayajonli kutib oldilar”. Muhiddin qori Yoqubov 1926 yili Marg’ilonda o’zbek etnografik ansamblini tashkil etadi va mashxur san’atkorlarni birlashtirib, barcha viloyatlarda, sobiq ittifoqning o’nlab shaharlarida jumladan, Moskva shahrida ijodiy safarda bo’ladi. So’ngra Moskvada 3 yil mashxur rejissyor Mayerxolrd studiyasida taьlim oladi. 1929 yilda Muhiddin qori Yoqubov tashabbusi bilan Davlat etnografik ansambli birinchi O’zbek musiqali teatriga aylantirildi. Ushbu teatrga X.Nosirova, K.Zokirov, L.Sarimsoqova, B.Mirzaev, Tamaraxonim, M.Turg’unboeva, M.Ashrafiy singari san’atkorlar jalb qilindi va shu yo’sinda o’zbek milliy operasini yaratishga zamin tayyorlandi. Keyinchalik shu saxnada “Er targin”, “Bo’ron”, “Layli va Majnun”, “Mahmud Torobiy”, “Ulug’ kanal”, “Farhod va SHirin”, “Ulug’bek”, kabi operalarda yetakchi partiyalarni ijro etdi. O’zbekiston Davlat filarmoniyasining tashkil etilishida ham Muhiddin Qori Yoqubovning xizmatlari katta bo’ldi. 1936-1947 yillarda filarmoniyaning direktori va badiiy rahbari bo’lib ishladi, juda ko’p san’atkorlarni bu dargohga jalb etdi, yosh ijodkorlarga ustozlik qildi. O’zi ham sahnaga chiqib “Ilila yorim”, “G’ayra- g’ayra”, “Bilakuzuk”, “Olmacha anor”, “Suv bo’yida” kabi xalq qo’shiq, lapar va hajviy aytishuvlarini mohirlik bilan ijro etdi. Hozirda bu jamoa uning nomi bilan ataladi. 1937 yilda Muhiddin qori Yoqubovga “O’zbekiston xalq artisti” fahriy unvoni berildi. Sobiq sho’ro siyosati shunday buyuk san’atkorni ham o’z domiga tortadi va umrining so’nggi bir necha yilini qamoqda o’tkazadi. Qamoqdan qaytib kelgach, dardga chalinib, 1957 yil 2 fevralda vafot etadi. Ulug’ mustaqillik sharofati bilan o’zbek san’atining bu fidoyisiga Prezidentimizning farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. Butun umrini xalq san’ati rivojiga bag’ishlagan bu fidoyi san’atkorning nomi tarix zarvaraqlarida hamisha nur sochib turadi. TO’XTASIN JALILOV (1896-1966) O’zbek musiqiy san’atining yirik namoyandasi mashxur bastakor, To’xtasin Jalilov Andijon shahrida tavallud topdi. U oddiy oiladan bo’lib, yoshligi ko’p hayot qiyinchiliklariga duch keldi va tirikchilik yo’lida turli xonadonlarda xalfa bulib xizmat kildi. Andijonda mashhur Saidxon to’ra xonadonida bo’ladigan suxbatlar va san’atkorlar ishtiroki yosh To’xtasinda musiqaga ixlos uyg’otadi va shu yo’lni tanlaydi. “Tolzor” choy xonasida vodiylik xonanda va sozandalar ishtirokidagi yig’inlarda doim qatnashar, Ashurali hofiz, Dexqonboy, Hayit Oxun tanburchilarni va vodiyning turli joylaridan kelgan san’atkorlar ashulalarini tinglardi. Yosh To’xtasin Qo’qonlik Yusufjon changchini nazariga tushadi va undan musiqa sozlarini parda tuzilishlarini o’rgana boshlaydi. Fijjak, dutor, tanbur sozlarini qunt bilan o’rganadi. 1919 yilda Andijon shahrida Hamza Hakimzoda Niyoziy tomonidan tuzilgan tashviqot ansambliga taklif qilinadi va Orifjon dutorchi, Yoqubjon changchi, Zokir eshon doirachi, Berkinboy Fayzievlar bilan ijrochilik malakasini oshirib boradi. Orifjon dutorchi (garmon), Rustam Mextar singari taniqli sozandalardan saboq oladi. To’xtasin Jalilov ijodi davomida juda ko’p ansambllarda mehnat qildi va mashhurlik darajasiga ko’tarildi. 1926 yilda tuzilgan o’zbek davlat etnografik ansamblida sozanda, 1929 yilda Andijon teatrida musiqa rahbari bo’lib ishladi. 1935 yilda Londonda bo’lib o’tgan festivalda katnashib, usta Olim Komilov, Abduqodir Ismoilov, Tamaraxonimlar bilan katta muvaffaqqiyatga erishadi. 1937 yilda Moskvada o’tkazilgan birinchi o’zbek san’at va adabiyot dekadasida qatnashish uchun o’zbek davlat fi- larmoniyasi qoshida ashula va raqs ansambli tashkil etiladi va To’xtasin Jalilov bunga badiiy rahbar etib tayinlanadi. Dekadadan so’ng ansambl bilan sobik ittifokning juda ko’p shaxarlarida, gastrol safarlarida bo’ladi. Bu ansambl o’z davrida yuzga yaqin xonanda, sozanda, raqqosalarni o’z ichiga olgan edi. 1940 yilda o’zbek musiqali drama va komediya teatri tashkil qilinib, To’xtasin Jalilov badiiy rahbar etib tayinlanadi. So’ngra bu teatrga Muqimiy nomi beriladi. To’xtasin Jalilov butun ijodi davomida 30 dan ortiq musiqali drama va 200 dan ortiq kuy va qo’shiqlar yaratdi. Uning barcha yaratgan qo’shiq, kuy, ariyalarida xalqonalik aks etgan bo’lib, xalq ashulalari va kuylaridan moxirona foydalanganligi, xalq ijro yo’llarini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. U yaratgan “Toxir va Zuxra”, “Gulsara”, “Halima”, “Nurxon”, “Alpomish”, “Muqimiy”, “Ravshan va Zulxumor”, “Layli va Majnun”, “Gul va Navro’z” singari musiqali dramalari o’zbek teatr san’atining rivojida muxim ahamiyatga egadir. “Kokiling”, “Dovrug’”, “Signal”, “Gulistonim mening”, singari yuzlab qo’shiq va kuylari xonandalar va sozandalar tomonidan sevib kuylanadi va ijro etiladi. Ustoz ko’plab shogirdlar yetishtirdi. Mamadaziz Niyozov, Ganijon Toshmatov, Komiljon Jabborov, Mirzajon Tillaev, G’ulomjon Hojiqulov singari mashxur bastakor va sozandalar shular jumlasidandir. Mashhur san’atkor Halima Nosirova “To’xtasin Jalilov - barcha san’atkorlarning, sozanda va xonandalarning, bastakor dirijyorlarning otaxoni, mehriboni maslaxatchisi edi” - deb eslaydi. Ustozning farzandlari Xolxo’ja To’xtasinov, Holida Jalilova, Salohiddin To’xtasinov, Dehqon Jalilovlar ota izidan borishib, o’zbek san’atiga munosib hissa qo’shdilar. Ustoz To’xtasin Jalilovning mexnatlari munosib taqdirlangan bo’lib “O’zbekiston xalq artisti” faxriy unvoniga, xukumatning bir qancha mukofotlariga, Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo’ldi. Uning nomiga Andijon san’at bilim yurti, ko’chalar ko’yilgan bo’lib, ustoz xayotining davomiyligidan darak beradi va xalq xotirasida saqlanadi. YUNUS RAJABIY (1897-1976) Yunus Rajabiy deganda o’zining butun salobati, ijodi, o’zidan qoldirgan ulkan musiqa merosi bilan, o’zbek milliy musiqasiga bebaho hissa qo’shgan buyuk san’atkor ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Musiqiy madaniyatimizda uning aloxida o’rni bo’lib, o’z ijodiy va ilmiy ishlari natijasida akademik darajasiga ko’tarilgan ulug’ san’atkordir. Yunus Rajabiy o’zining ijodiy faoliyatini o’zbek xalq ashula, qo’shik, cholg’u kuylari va maqom yo’llarini notaga yozib olishga bag’ishladi. Natijada to’kkiz tomlik “O’zbek xalq musiqasi” to’plami, “Shashmaqom”ning olti tomligi, “Musiqiy merosimizga bir nazar” risolasi chop etildi. Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkent shahrining Chaqar mahallasida tavallud topdi. Dastlab eski usul maktabida savodini chiqargach, musiqadga bo’lgan ishtiyoq uni shu yo’lga boshlaydi. Mashhur hofiz va sozanda Shorahim Shoumarov unga birinchi ustozlik qiladi va dutor chalib qo’shiq aytish yo’llarini o’rganadi. 1919 yilda Toshkent xalq konservatoriyasi milliy cholg’u asboblari bo’limiga o’qishga kirib, milliy sozlar ijrochiliga bilan bir katorda nazariy darslarni ham o’zlashtiradi. Ustozi Shorahim Shoumarov bilan birgalikda birinchi musiqali sahna asari bo’lgan “Farhod va Shirin” spektakliga musiqa bastalaydi. 1923 yili Samarqandga borib yashab, dastlab o’zbek pedagogika bilim yurtiga musiqa rahbari so’ngra 1925 yilda teatrda ansambl rahbari bo’lib ishlaydi. Mashhur hofiz va bastakor Hoji Abdulaziz Abdurasulov uning Samarqanddagi ijodiy faoliyatida muhim rol o’ynadi va maqom yo’llarini yangicha talqinda o’zlashtira boshladi va o’zi ham kuy, qo’shiqlar yarata boshlaydi. Yunus Rajabiy 1927 yilda tashkil qilingan birinchi o’zbek radiosi milliy cholg’u ansamblining asoschisi va musiqa raxbari bo’ldi. Uning tashabbusi bilan o’zbek milliy cholg’u asboblarini takomillashtirish ishlari boshlanadi va natijada o’bek xalq cholg’u asboblari tovush sadolanishida, tashqi qiyofasida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbek radiosi qoshida xalq milliy cholg’u ansambli zaminida o’zbek xalq cholg’u orkestri tuzildi. Bu dargoxda 50 yil ijodiy mehnat qildi. Keyinchalik 1960 yilda esa hozirgacha o’z faoliyatini muvaffaqqiyatli davom ettirayotgan maqom ansamblini tuzdi va “SHashmaqom”ni mushkilot va nasr bo’limlarini magnit lentasiga tushirdi. Bu maqom ansambli hozirgacha ustozning ijrochilik maktabi ruhida faoliyatini davom ettirmoqda. Ustoz Yunus Rajabiy ijodining solnomasiga nazar tashlasak, ijodiy faoliyati davomida “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Muqanna”, “Ug’il uylantirish”, “Qasos” singari 10 dan ortiq musiqali dramalar, «Koshki», «O’lmasin», “Ne navo”, “Qadax”, «Paxta», «Farg’onacha», «O’yin bayoti», «Kuygay» singari 200 dan ortiq kuy va qo’shiqlar yaratganligini guvohi bo’lamiz. U kompozitor B.Brovtsin bilan hamkorlikda yaratilgan «Yolgiz va hammamiz» va «Fargonacha» simfonik asarlarining ham muallifidir. Uning hofizlik ijrochiligi ham xalqimiz tomonidan juda qadrlangan va «Ushshoq», «Koshki», «Kuygay», «Bayot» ashulalarini betakror ijrochisidir. Ustoz Yunus Rajabiyning serqirra ijodiy faoliyati respublikamiz musiqa madaniyatining yangicha ruh bilan shakllanishi va taraqqiyoti borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ustoz o’zidan yuzlab shogird- larni qoldirdi. Tolibjon Sodiqov, Doni Zokirov, Dadaali Soatqulov, Nabijon Hasanov, Saidjon Kolonov, Orif Qosimov, Fahriddin Sodiqov, Nazira Ahmedova, Turg’un Karimov, Ortikxo’ja Imomxo’jaev, Maxmud Yunusov, Turg’un Alimatov, Orifxoji Alimaxsumov, Siroj Aminov, Isxok Kataev, Eson Lutfullaev singari mashxur xofiz va sozanda bastakorlar Yunus Rajabiy ijrochilik maktabining vakillaridir. Maqomdon xonandalar, xalq cholg’u va ashula ansambllari, musiqali drama teatrlari artistlari uning ajoyib dilrabo qo’shiq va kuylarini ijro etmoqdalar, asarlarini sahnalashtirmoqdalar. Ustoz Yunus Rajabiy bir qancha davlat mukofotlari, «O’zbekiston xalq artisti» fahriy unvoni, vafotidan so’ng 2000 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. 1966 yilda O’zbekiston fanlar akademiyasiga aьzo qilib saylangan. Akademik ilmiy unvonga ega. 1976 yil 23 aprel kuni 79 yoshida vafot etgan. Uning xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shaxridagi metro bekatlarining biriga, o’zi yashagan ko’chaga, respublika radiosi maqom ansambliga, Jizzax viloyat teatriga uning nomi berilgan. Yunus Rajabiy uy muzeyi ishlab turibdi. U yerda har xil madaniy tadbirlar o’tkaziladi. XULOSA
Musiqa madaniyatimizni rivojlanishida bizning ulug’ bobokalonlarimiz qoldirgan bebaho boylik, oltin meros hisoblanmish milliy musiqa san’atimiz uzoq o’tmishga borib taqaladi. Xalqimizning tarixi, orzu-armonlari, hayot haqidagi tasavvurlari jilosida yaratilgan milliy kuy va qo’shiqlarimiz har doim inson tarbiyasida birinchi bo’lib kelgan.
Xalqimiz azaldan yaxshilikni ulug’lagan, tabiatan yaxshilik qilishga moyil bo’lgan xalq sanaladi. Alalxusus, bu el farzandlari qalbida “yaxshilik qil, agar yaxshilik qila olmasang yomonlik ham qilma” –degan ezgu da’vat yashaydi. Ertagu-rivoyatlar, dostonlar, maqolu-naqllar, milliy mumtoz kuy va qo’shiqlarning zamirida ham o’zaro yaxshilik va ezgulik xususiyatlari rivoj topadi. Yaxshilikni ulug’lash, yaxshilikka intilib yashash mana necha asrlardan buyon avloddan-avlodga o’tib bizgacha yetib kelgan. Yana xalqi mizda savob degan hikmatli ibora ham mavjudki, ushbu yqlda ajdodlarimiz tarixda saboq berguvchi xotiralarni qoldirganlar.
Musiqaning millatimiz taraqqiyoti yo’lidagi xizmati g’oyat beqiyosdir. Biz mustaqil davlat sifatida jaon davlatlari orasida jaxon mingbariga chiqdik. Davlatimizni ma’naviy va ma’rifiy deb e’tirof etdik. Musiqa kelajak avlodlarining ongini yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. Musiqa nafaqat madaniy, balki siyosiy ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, uning naqadar ma’suliyatli ekanini his etmoq kerak. Yuksak ijodiy na’munalardan tortib, milliy folklorga qadar e’tibor berar ekanmiz, musiqa xalq va uni manfaati uchun xizmat qilishini anglab yetamiz. Kuy va qo’shiqlarda xalqning orzu- umidlari va armonlari yoritiladi. Milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tibor bersak, jangovor qo’shiqlardan toki dostonchilik tarkibidagi tarixiy ijodiyotlarning barchasida musiqa naqadar ko’hna va davr talabi darajasida rivjlanganligini guvohi bo’lamiz.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashagan ma’rifatparvar shoir Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, CHo’lpon singari bobolarimiz ma’rifat sari intilib, maktab, masjidlar qurdirib savob ishni ado aylaganlar. Ayniqsa ularning o’sha davrlarda aholi orasida keng tarqalgan manmanlik, o’zining boyligini ko’z-ko’z qilish kabi illatlarni qoralaganlar. Bularning barchasi milliy kuy-qo’shiqlar orqali xalqqa yetkazilgan Dono xalqi mizda “Etti o’lchab bir kes” degan ajoyib naql bor, buning mazmunida insonlar barcha ishni avval anglab, aql bilan rivojlantirib keyin qo’l urishlari aks ettirilgan. Ushbu naqlning mohiyatidan kelib chiqqan xolda, agar kimki o’ziga yarashgan libosni to’g’ri tanlab, o’z millatiga mansub fikr yuritib, an’analari asosida ish olib borsa, uning qanday inson ekanligi namoyon bo’ladi, ana shularga amal qilish- oliy qadriyatdir. Dunyoda nechta millat, nechta xalq bo’lsa barchasining o’ziga xos turmush tarzi, tarixi, kelib chiqishi, rivojlanishi, qadriyatlari, udumlari hamda o’ziga xos san’ati mavjud. Biz o’zbekmiz, erkaklarimiz boshida do’ppisi bor, shuning uchun ham ular g’oz yuradilar. Momo-xolalarimiz, qizlarimiz hayoli va ibolidir. Butun olamni o’ziga maftun etguvchi milliy qadriyatlarimiz bor. Birgina “Alla”ni tinglagan har qanday kishi uning sehrli ohangida sel bo’ladi. Xalqi mizda “Beshik to’yi”, “Sunnat to’yi”, “Nikoh to’yi” hech bir millatda uchramaydigan “Hashar”larimiz azaliy odatlar timsolida nishonlanadi. Ushbu marosimlarni yosh avlod ongiga singdirib borishda bolalar folklorining ahamiyati beqiyosdir. Men ilm olish va ustozlarimizdan malakalar olishda bir narsaga amin bo’ldimki, qo’shiq inson ongiga tez ta’sir etuvchi kuchga ega bo’lar ekan, o’zim ham gohida milliy qo’shiqlarni xirgoyi qila turib, banogoh o’sha tarixiy davrlarga borib qolgandek sezaman. Ana shuning o’ziyoq qo’shiq ta’siri va uni sehrli ovozidir. Aynan mana shunday ta’sirli jarayon folьklor san’atidagi bir-biriga o’xshamaydigan, biroq maqsadida faqat yaxshilik va ezgulik yashiringan insonlarni ko’rganda junbushga keladi va ulardan faxrlanish hissi ortgan. Urf- odatlari-yu qarashlari, o’ziga xos milliy liboslari hamda so’zlashlari bir-biridan farq qiluvchi bolajonlarning ko’nglida yomonlik ko’rmaysiz. O’zbek xalqi da bir-biriga yaxshilik tilash, amalda qo’llash, ezgulikka intilish, savobli ishlarni bajarish, o’zaro xurmat ko’rinishlari ham folьklorda mujassamlashgan. Bolalar folkloridagi eng muhim jihatlardan biri- ishtirokchilarning pokligi, beg’uborligidadir. Kuylayotgan qo’shig’ini, bajarayotgan harakatlarini, tushayotgan raqsini ishonch hamda soddalik bilan, quvonch va sofdillik bilan bajarishlari har qanday insonni o’ziga jalb eta oladi. O’zbek xalqi har bir narsani, ya’ni, ona yerini, bog’u-rog’larini, paxtazor dalasini, tog’u-toshlarini o’z mulkiday bebaho boyligi sifatida asrab-avaylaydi. Aynan shu xolat ularning farzandlarida ham namoyon bo’ladi. O’zbek folklorida bolaning dunyoga kelishidan tortib, toki olamdan ko’z yumgunga qadar bo’lgan xolatlari aks ettiriladi. O’zbek qo’shiqchiligi tarixini o’rganish haqida so’z ketar ekan, insonlar va ular hayotini ifodalovchi va ularning yaxshi – yomon kuylarini aks ettiruvchi kuy qo’shiqlar yoshlar tarbiyasi , jamiyatimiz rivoji uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Mana shu hayotda yashashimiz, tinch va osuda hayotimiz, bayramlarimiz, udumlarimiz, mehrliligimiz, folklorimiz, o’yinlarimizning barchasi ezgu va azaliy tarixiy yo’limizdir. Bizlar shukronalik bilan kuy-qo’shiqlarni o’rganib, uning qadriga yetib yashashimiz va hayotga tadbiq etishimiz lozim. Shu yillarda tashkil topgan ko’plab etnografik ansambllar xalqimiz orasida milliy musiqamizni keng tashviqot qilish va uni yangi mazmun bilan boyitishda muhim o’rin tutdi. Bu ishda Muhiddin qori Yoqubov, Tamara Xonim, Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Xojixon Boltaev, Xoji Abdulaziz Adburasulov va boshqalar katta faoliyat ko’rsatdilar. Xalq qo’shiqchiligini mukammal bilgan, ularning yuksak mahorat bilan ijro etgan va yangi kuy, qo’shiqlar yaratib, musiqamizni yanada boyitgan har bir bastakor, mashshoq va xonandalar xalqi mizning katta xurmatiga sazovar bo’lgan. Xalq qo’shiqlari va musiqiy an’analarini jamlash, ularni rivojlantirish muammolari bag’ishlangan juda ko’plabilmiy risolalar yaratildi. Akademik Yunus Rajabiy boshlab bergan ulkan ishning davomi sifatida musiqashunos olimlar I.Rajabov, M.Yusupov, F.Karomatov, O.Matyoqubov, O.Ibrohimov va boshqalar xalq musiqiy merosining turli janrlarida salmoqli ishlar qildilar.Musiqa o’qituvchisi musiqa tilini yaxshi biluvchi mutaxassis sifatida bu xalq qo’shiqlarini baholi qudrat yozib olishlari yoki ulardan og’zaki o’rganib musiqa darslarida qo’shimcha material sitfatida foydalanishlari lozim bo’ladi. Faxrimiz, g’ururimiz hisoblangan buyuk ajdodlarimizning ibratli hikmatlaridan biz musiqa madaniyati o’qituvchilar ham oqilona foydalanmoqdamiz. Buyuk mutaffakkirlarning insoniyatga qoldirib ketgan bebaho meroslari ma’naviyat va ma’rpifatga oid ta’limotlari hamisha boshlovchiimizni baland, qaddimizni tik qiladi. Kuchimizga kuch, ishonchimizga-ishonch qo’shadi. Bunday an’analar bilan bir qatorda milliy qadriyatlarimiz asosidagi turli bayramlar, tantanalar xalqi mizning dam olishlari ni ko’ngilli tashkil etishga omil bo’lmoqda. Aynan, musiqa san’atini oladigan bo’lsak, yoshlar o’rtasidagi musiqiy festivallarning muntazam o’tkazilishi O’zbekiston degan bir mamlakatni butun jahonga tanitishga erishmoqda.jajji o’g’il-qizlar ijro etayotgan katta partiyalar xorijlik san’at ixlosmandlarini lol qoldirmoqda. O’zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI-sessiyasidagi nutqida “ Erkin fuqaro ma’naviyatni ozod shaxsni shakllantirish maqsadida oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha qilib aytganda,bizning o’z kuch imkoniyatlariga tayyorlaydigan kasbiy mahoratga ega, bilimdon, mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashimishda albatta o’zbek xalq qo’shiqchiligining o’rni beqiyosdir. Insonning go’zallik tuyg’usini shakllantirmay turib, ma’naviy barkamol inson haqida gapirib bo’lmaydi. Milliy qo’shiqlar ana shu nozik tuyg’ularni shakllantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Shaxsni kamol toptirishda o’zbek qo’shiqchiligining o’rni va ahamiyatini ochib berish , birinchidan, inson va uning mohiyati masalasini, ikkinchidan, ma’rifatlik ko’lamini, uchinchidan, ma’naviy kamolotda musiqa ega bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash demakdir. Ma’naviy barkamol insonni shakllantirishda o’zbek qo’shiqchiligining ahamiyati haqida gap ketganda shuni alohida ta’kidlash joizki, miliy ohanglarga to’liq asarlarining insonda go’zallik, ulug’vorlik, ko’tarinkilik, tushkunlik, g’amginlik, hazinlik, ma’yuslik kabi tuyg’ularini uyg’otuvchi hususiyatlari mavjud. Xuddi mana shu jihatlari orqali inson ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari musiqa insonning umuman hayotga bo’lgan estetik munosabatlarini kuchaytiradi va noziklashtiradi, ayniqsa yoshlarni iste’dodini ro’yobga chiqarish , ahloqan poklanish, hayotga moslashish, biror kasb-hunar egasi sifatida ijtimoiy faollashishiga yordam beradi. Qo’shiq bilan chinakam oshno bo’lgan shaxsning hatto tashqi qiyofasi, xatti-harakati va muomala madaniyatida ham o’zgarish ro’y beradi. Xulosa o’rnida xalq qo’shiqchilik san’atining tarixini musiqa madaniyati darslarida o’rganib borishda musiqa san’ati ustalari musiqa madaniyatimizni rivojlantirish o’zlarining beminnat hissalarini qo’shgan buyuk san’atkorlar hamda hozirgi vaqtda o’zbek qo’shiqchiligi yo’lida fidoyi bo’layotgan ustoz san’atkorlarimizning ibratli ishlarini yosh avlodga yetkazishni tavsiya etmoqchiman va uni avlodan avlodga meros qoldirishda xalq musiqa san’ati ustalarining xizmatlari benihoya kattaligini qayta- qayta takrorlashimiz lozim. Tavsiyalar: - An’anaviy xalq qo’shiqchiligining tarixiy ildizlarini musiqa madaniyati darslarida o’rganib borish; - An’anaviy xalq qo’shiqchiligiga oid yangi manbalar ustida izlanish; - milliy cholg’u asboblari bilan o’quvchilarni muntazam ravishda tanishtirib va o’rgatib borish; - o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashlarini oirib borishga erishish; - An’anaviy xalq qo’shiqchiligi yo’lida o’tkaziladigan turli ommaviy tadbirlarda o’quvchilar bilan ishtirok etishni ta’minlab borish; - An’anaviy xalq qo’shiqchiligiga hissa qo’shgan mahalliy san’atkorlar ijod yo’lini o’rganib borish; Yaxshi qo’shiq jon ozig’i», - deydi dono xalqi miz. O’z ota-onalarining qadriga yetmay, yomon yo’llarga kirib, tarbiyasiga putur yetkazayotgan yoshlar pand-nasihatga boy qo’shiqlarni tinglashsa, ularda oz bo’lsada ota-onaga, Vatanga bo’lgan his-tuyg’ular ijobiy tomonga jo’sh uradi. Ayniqsa, ota-bobolarimiz bir- birlariga sodiq, mehribon bo’lib o’tishganini, ular orasida mehr-oqibat kuchli yuo’lgani holda, o’ta andishali xalq bo’lishganini ta’kidlansa, yoshlar ongida ham o’zgarishlar ro’y beradi. Buni tarixiy asarlarni musiqiy dramatik usuldan foydalanib, yoshlar ongiga yetkazish mumkin. Darxaqiqat, milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
-ko’p ming yillik tariximiz xaqqoniy, chuqur va juda kengdir. -xalq odatlari, marosimlari va bayramlarining tiklanishi va yangi bayramlarning (mustaqillik, o’qituvchilar kuni, xotira va qadrlash kuni) joriy etilishi xalq ma’naviy xayotiga ijobiy ta’sir etmoqda. Xalq musiqa tarbiyasi esa bularga sayqal beradi. Ma’lumki biror bayram, tadbir, to’y yoki marosim yo’qki, Musiqasiz, uning jarangisiz nishonlanmasa. SHuning uchun ham musiqa inson uchun, uning yashash tarzi uchun juda muhimdir. Musiqa, umuman san’at, insonlarni faqat yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydi.
Har bir xalq o’zining milliy an’alariga asoslangan tarixiy madaniyati va turmush tarziga ega. O’qituvchi murabbiylar ta’lim jarayonida ham tarbiya jarayonida ham milliy an’analarga tayanib, buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanib borishlari lozim. An’ana xalqi mizning asrlar osha to’plagna milliy boyligi bilan shuningdek, uning yangi sharoitda yangi mazmun bilan boyitilishi, yangidan-yangi an’analarning vujudga kelishi bilan qimmatli va hayotbaxshdir. Azal-azaldan mehnat sohasida yaratilgan, avloddan-avlodga o’tib, umrboqiy bo’lib qolgan ilg’or an’alarni o’rganish va taxlil qilishni, xalq donoligi mag’zini chaqish, tajriba orttirish, aqliy kamolotga yetish deb uqtirib kelingan.
Bunday an’analarni o’tkaziladigan sinfdan tashqari musiqiy- tarbiyaviy tadbirlarni barchasida amalga oshirish lozimligini aytib o’tmoqchiman. Dars davomida tarbiyaviy qo’shiqlarni tinglash orqali o’quvchilarning musiqa idroki kuchayadi, mustaqil fikrlaydi hamda tinglangan ohanglar orqali ularning taqqoslash qobiliyatlari rivojlanadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling