Pedagogika fan sifatida


Pedagogik kuzatish usuli qanday qo’llaniladi?


Download 1.49 Mb.
bet100/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagogik kuzatish usuli qanday qo’llaniladi?

Kuzatish usuli ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig`ish imkonini tug`diradi. Bu usul ancha murakkab bo’lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo’llaniladi.

Tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.

Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo’ladi.




Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling