Pedagogika fan sifatida
Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi
Download 1.49 Mb.
|
umumiy pedagogika
. Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:
1. Matematika tibbiyot yo`nalishi (Хorazmiy, Farg`oniy, Ibn Sino, Jurjoniylar asarlar yaratganlar). 2. Ijtimoiy - falsafiy yo`nalish, bunga falsafa, tarix, mantiq, ruhshunoslik, notiqlik fanlari kirgan (Forobiy, Ibn Sino, Narshaxiy). 3. Тa’limiy - axloqiy yo`nalish. Bunda adib va tarbiyashunos olimlar ta’limiy - didaktik asarlari misol bo`ladi. Sharq uyg`onish davri madaniyati fanlarning rivojlanishi, qomusiy olim, mutafakkirlar yetishib chiqishi bilan butun kishilik jamiyati rivojlanishining yuksak bosqichi haqida batafsil ma’lumotga ega bo`lishlari uchun «Pedagogika tarixi (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasi» 25-38- betlaridan, «Pedagogika tarixi (O.Hasanboyeva va boshqalar)o`quv qo`llanmasi» 38-39- betlaridan foydalanishlari mumkin. 2. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud. Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi. Forobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini ( O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Hamidov «Pedagogika tarixi»oliy o`quv yurtlari uchun darslikning 43-44 betlaridan foydaliniladi) har bir shaxs munosib inson kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o`rganadi. Forobiy bolaning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida «qattiq» yoki «yumshoq» usullardan foydalanish kerakligiga to`xtalib: -tarbiyalanuvchilar o`qish va o`rganishga moyil bo`lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo`llaniladi;- tarbiyalanuvchilar o`zboshimcha, itoatsiz bo`lishsa, qattiq usul qo`llanishi lozimligi haqida ham fikrlar bayon etish mumkin. Muhammad ibn Muso al-Хorazmiy 783 yilda Хorazmning Qiyot mavzeida dunyoga kelib, 847-850 yillar oralig`ida Bog`dodda vafot etgan. Uning yoshligi va ilm olishi asosan Marv va Qiyot shaharlarida o`tgan. Хorazmiy Abu Bakr ar-Roziydan tabobat va Kimyo, Abu Nasr Farobiydan ilmi hujum, geografiya, riyoziyot va boshqa fanlarni o`rgangan. Хorazmiyning ta’lim borasidagi fikrlari har bir fanning qonun-qoidalarini va ularni o`qitish yo`llarini asoslagani «Pedagogika tarixi» (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasi 71-75- betlaridan, «Pedagogika tarixi» oliy o`quv yurtlari uchun darslikning (O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Hamidov) 39-41 betlaridan foydaliniladi hamda uning yozgan asarlari haqida ham fikrlar bildiriladi Didaktik dostonchilikning asoschisi Yusuf Xos Hojibning birgina “Qutadg`u bilig” asari necha yuz yillar davomida pedagogikadagi eng noyob durdonalardan biri bo`lib hisoblanadi. “Qutadg`u bilig” kitobining nomlanishi haqida to`xtaladigan bo`lsak, “Qut” eski turkiy tilda “baxt”, ”baraka” ma`nolarini anglatadi.Bu so`z hozirgacha xalq tilida ishlatilib kelinadi. Masalan:”qut baraka arimasin”, “qutlaymiz”, “qutlug` bo`lsin” kabi. “Adg`u” so`zi esa – eltuvchi deganidir. “Adg`u” so`zining asli turkiy tilda “edg`u” tarzida uchraydi. “Bilig” so`zi esa “bilim” degan ma`noni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, kitobning o`zbekcha nomi “Baxtga eltuvchi bilim” yoki “Baxtiyor etuvchi bilim”dir. Asar hijriy 462- yilda yozib tugatilgan bo`lsa, milodiy hisob bilan 1069-1070 yillarga to`g`ri keladi. Allomaning 73 bobdan iborat “Qutadg`u bilig” asarida so`zlash odobi, ilm o`rganishning foydasi, olimlarning jamiyatdagi o`rni, mehmondorchilikda o`zini tutish, halollik, poklik, rostgo`ylik, mehr-oqibat ya’ni asarning boshidan oxirigacha komil inson tarbiyasi haqida fikrlariga to`xtalib o`tiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling