Pedagogika fan sifatida


Aqliy tarbiya mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 1.49 Mb.
bet40/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Aqliy tarbiya mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • jamiyat va har bir kishining hayoti uchun ta'limning ijtimoiy ahamiyatini, o`z vaqtida ma'lumot olish, chuqur va puxta bilim egallash zarurligini o`quvchilarga tushuntirish;

  • o`zining asosiy ijtimoiy vazifasi sifatida o`qishga ongli va mas'uliyatni sеzib munosabatda bo`lishni, maktab va o`quvchi talablarini bajarishda ongli intizomni tarbiyalash;

  • a'lochi o`quvchilar kuchi bilan o`qishda orqada qoluvchi bolalarga yordamni kuchaytirish;

  • o`z bilimlarini to`xtovsiz takomillashtirib borishga intilish uyg`otish, mustaqil ravishda bilim olish yo`li bilan dunyoqarashni o`stirish;

  • hozirgi zamon fan va tеxnikasi yutuqlari bilan doimo tanishishga bo`lgan intilishni rivojlantirish;

  • olgan bilimlarni ijtimoiy-foydali ishlarda qo`llay bilish malakasini hosil qilish, o`quvchilar jamoasining chuqur va mustahkam bilim olish uchun kurashdagi faol harakatini rivojlantirish;

  • o`quv mеhnatini tashkil etishning qulay usullarini tushuntirish, o`quvchilarning bilish qobiliyatlarini, turli-tuman narsalar yasash, loyihalash, tajribalar qilib ko`rish ishtiyoqini rivojlantirish;o`quvchilarga o`quv intizomini buzuvchilarga, dangasa va ishyohmaslarga nisbatan murosasizlik hissini tarbiyalash.

Pedagogika fani mehnat tarbiyasini tashkil qilishda qo’yayotgan talablar quyidagilar:

  • -mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga alohida e’tibor berish;

  • -mehnat o’quvchining yoshi, hayoti tajribasi va imkoniyatlariga mos bo’lishi;

  • -o’quvchilarning mehnat faoliyatlari ijodiy harakterda bo’lishi;

  • -o’z vaqtida turli kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi;

  • -mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish.

Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga yo’nalganligi, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarni ko’zda tutadi.


3.10-chizma


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling