Pedagogika fan sifatida


Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni. Didaktika tamoyillari


Download 1.49 Mb.
bet22/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.

Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang`ich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga qo’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari.



Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

Malaka muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.

Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

Тa’lim – o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon

Тa’lim jarayoni – o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.

O’qish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o’rganish jarayoni; o’quvchilar tomonidan o’quv faoliyati usullarini egallab olishga yo’naltirilgan faoliyat.

Тa’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.

Ta'lim - I) shaxsning jismoniy va ma'naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan idеal timsollarga ongli yo`naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g`oyaviy-axloqiy kadr, malaka, ko`nikma, axloq mе'еrlariga qaratilgan jamiyat a'zolarining ta'lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling