Pedagogika fan sifatida


Pedagogika tarixi fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari


Download 1.49 Mb.
bet48/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagogika tarixi fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari.

«Maorif va pedagogika tarixi»ni davrlashtirish muammolari. VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish kеskin orta boshladi. O`sha tarixiy davrda al – Xorazmiy, Forobiy, al – Farg`oniy, al – Beuniy, ibn Sino, az – Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ular bilan yonma-yon dunyoviy ilmlar tug`ildi. O`sha ulug` mutafakkirlar inson ma'naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniyat ongini, madaniy – ma'rifiy qarashlarni o`stirishda o`z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o`ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta'limotni yaratdilar. XV – XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug`bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Abulg`oziy Bahodirxon singari allomalarni voyaga etkazdi. Bu davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan o`zbek xalqi va uning madaniy – ma'rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli ko`rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq-odobga oid qarashlari pedagogika fanlari bo`yicha ta'limoti butun jahonga o`rnak bo`larli ma'no va mazmun kasb etgan.

1924 yil oktyabrda Turkiston parchalanishi oqibatida milliy madaniyat yo`li asta-sekin to`sila boshlandi. Asrlar osha amalda qo`llanib kelingan, qomusiy ilmlar bitilgan yozuv man etildi. Avval lotin grafikasi, keyin rus grafikasi asosiga qurilgan yozuvga o`tildi. Bu tadbir Markaziy Osiyo xalqlarini o`z madaniyat tarixini o`rganish imkoniyatidan mahrum etdi.

Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga munosib hissa qushgan o`zbek fani va madaniyatining asoschilari, musulmon olamining ulug` zotlari emas, balki o`zbek xalqi kamolotiga aloqasi bo`lmagan shaxslar faoliyati o`rgatildi. Ahmad Yassaviy, Bedil singari so`z ustalari va tafakkur gulshani bog`bonlari xalq ta'limi tizimidan chiqarildi.

Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur'oni Karim, Muhammad alayhissalom hadislari taq'ib ostiga olindi, yo`qotildi. Natijada o`zbek xalqi milliy ahloq-odobi va tarbiya an'analaridan mahrum bo`la boshladi. Bu yo`qotish o`zbek fani, madaniyati va pedagogika fanlari rivojlanishiga salbiy ta'sirini ko`rsatdi.

1991 yilga kelib O`zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o`zining yangi milliy Qomusi asosida hamma sohada bo`lganidek, o`zbek milliy fani va madaniyati, «Pedagogika tarixi»ga ham yangicha yondoshish imkoniyati tug`ildi.

O`tmishda progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o`rganish pedagogika tafakkurining o`sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon beradi.

Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib to hozirgi kungacha bo`lgan urli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o`rganib keladi.

Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo`lib, uning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o`qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun- qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim - tarbiya, ma’rifatga doir g`oyalarini va ularning rivojlanishini mukammal o`rganadigan fandir.

Pedagogika tarixi bo`lajak o`qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftixor va g`urur hissini ham tarbiyalaydi.

Umuman pedagogikamiz tarixini o`rganish millatimiz tarixini o`rganish bilan uzviy bog`liqdir. Yosh avlodni tarbiyalash va ularni o`qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal etib bo`lmaydi.

Pedagogika tarixi uchun hukumatimizning ta’lim - tarbiyaga oid Qonun va qarorlari, prezidentizning asarlari, ilg`or olimlarimizning pedagogik ijodlari, ta’lim - tarbiyaga oid kundalik matbuot materiallari ham muhim manba bo`lib hisoblanadi.

Atoqli mutafakirlarimizning ta’lim - tarbiya sohasida qoldirgan muhim fikrlarini o`rganish, pedagogik tafakkurning o`sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim - tarbiya mazmuni va metodlarini o`rgatadi. O`tmishning pedagogik tizimlarida bo`lgan ilg`or fikrlardan ijodiy foydalanadi.




Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling