Pedagogika fan sifatida


"Avesto" - eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik sifatida, uning tarbiyaviy ahamiyati


Download 1.49 Mb.
bet51/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

"Avesto" - eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik sifatida, uning tarbiyaviy ahamiyati.

"Avseto"da O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda Yaqin va O`rta Sharq xalqlarining eng qadimgi (er.av. 2-ming yillikning oxirlaridan 1-ming yillikning keyingi asrlarigacha bo`lgan) davrdagi tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy hayoti, maishiy turmushi, axloqi, urf - odat, diniy qo`shiqlari, chorvachilik - dehqonchiligi, savdo - sotig`i, qo`shni xalqlar bilan iqtisodiy - madaniy munosabatlari yoritilgan. Bir qarashda "Avesto" sof diniy mazmundagi kitobdek tuyuladi, biroq u falsafa, tarix, axloq, xalq og`zaki ijodiyoti, geografiya, biologiya, ruhshunoslik, tarbiyashunoslik, falakkiyot, tabobat va boshqa maslalarga doir qimmatli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan.

Bu kitobning tarixiy manba sifatidagi roliga katta baho bergan yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: ""Avesto" ayni zamonda bu qadim ulkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi"

Olimlarning mulohazalariga ko`ra "Avesto"ning asoschisi Zardo`sht bo`lib, eramizdan oldingi VI asrda Xorazmda yashagan.Zardusht ko`pxudolikka qarshi chiqib, 20 yoshida nor tuyasiga minib (Zardusht - sariq tun egasi demakdir), qishloq va shaharlarda yakkaxudolik g`oyasini olg`a surdi.

Xorazm hukmdorlari ta’qiblari natijasida Zardusht bir guruh tarafdorlari bilan Eronga qochib o`tadi va o`z ta’limotini uzil - kesil shakllantiradi. Eron shohi Vishtaspga o`z diniy ta’limotini asoslab beradi va uning e’tiborini qozonadi. Eronu Turonda otashparastlik dini to`la joriy etiladi. Zardusht 77 yoshida Balx shahrida ko`pxudolik tarafdorlari tomonida o`ldiriladi.

"Avesto" er.avv. VI asrda yaratilgan bo`lib, to`liq kitob holida er.avv. I asrda shakllangan. U 12 ming mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan degan ma’lumotlar bor.

"Avesto"ning to`rta: Yasna, Yashta, Vispered, Vendidat qismlari bizgacha yetib kelgan.

Ma’lumotlarga ko`ra “Avеsto” asari quyidagi qismlardan tashkil topgan:

1. “Vendidat”. Mazkur qism 22 bobdan iborat bo`lib, asosan, Axura Mazda bilan Zardushtning o`rtasida kеchgan savol-javobi shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, dеvlarni еngish voqеalari, gunohlardan pok bo`lish qoidalari hamda mifologik unsurlarni o`z ichiga oladi. Xaraktеrli jiqati so`z yuritilayotgan qismda devlarga qarshi yaratilgan qonun matni, ya'ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. qonunnomada aytilishicha, yomonlik timsoli bo`lgan devlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor.

Axura Mazda yurtda yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga keltirsa, Anhra Manu (Axriman) o`z yurtida yomonlikni qaror toptiradi.

2. “Vispered”. U 24 bobdan iborat bo`lib, ibodat qo`shiqlarini o`z ichiga oladi.

3. “Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o`tkazish chog`ida, shuningdеk, qurbonlik chiqarish marosimida aytiladigan qo`shiqlar, xudolarga bag`ishlangan madhiyalar va boshqalar yasnalarni tashkil etgan. Ushbu qismning 17 bobi Gotlar dеb yuritiladi. Gotlar “Avеsto”ning eng qadimgi qismlari sanaladi.

4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma'budalari sharafiga aytilgan 22 qo`shiq (gimn)larni o`z ichiga oladi.

5. Kichik Avеsto (Xurda Avеsto, Xvartak-apastak). quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma'budalar sharafiga bag`ishlangan kichik ibodat (gimn) matnlaridan iborat.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling