Pedagogika fan sifatida


Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Ahmad al-Farg`oniy asarlari


Download 1.49 Mb.
bet54/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Ahmad al-Farg`oniy asarlari.

Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta e’tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), YUnoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.

Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan hissasini qo’shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l muqobala” asarida (“aljabr va –l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo’llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo’lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qo’llab o’lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo’lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.

Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-hind”)dir. Asar o’nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag’ishlangan. Mutafakkir hindlarning falakiyot va matematikaga oid “Sindihin” nomli qo’llanmasini o’qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi, uning mundarijasiga yangi boblarni qo’shdi va bu asarni “qisqargan Sindihind” (“Algorizmi hind hisobi haqida”) deb atadi. Mazkur asar faqat Sharqdagina emas, yevropada ham qo’llanma sifatida shuhrat taratdi. U Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon etdi. Ungacha ancha qo’pol sanoq usullaridan foydalanib kelingan. O’nlik tizimining kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy o’zgarish deb ta’riflanadi. yevropaga 1,2.3,4,5,6,7,8,9 raqamlaridan foydalanish va nol yordamida eng katta sonlarni yozish va joylarni aniq ko’rsatish X-X1 asrlarda arablardan kirib kelgan.

Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al-Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Hikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.

Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud.

Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi.

Olimning falsafada insonparvarlik g`oyalari alohida o`rin olgan, har qanday zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi.

Forobiy "Baxt saodatga erishuv to’g’risida" asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu-olam asoslari haqida ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat-o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.

Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb hisoblaydi.

Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif berishrgan olim sanaladi. Ta’lim-degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy. Bilim berish; Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim.

Abu Nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir».

Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.

Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ilmiy-pedagogik qarashlari. Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi.

Beruniy xali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Qiyot shaxrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy "qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo’lib qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi.

Beruniy bir necha yil noyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlar asosida "Mineralogiya" asasarini yaratadi.

1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof qilingan mashhur "Xindiston" asarini yaratadi. Kitobning to’liq nomi "Kitobu fi taxkiki molil Xind ma’kulatin makbo’latin fil Aqli av marzulatin", ya’ni "Xindlarning sig’adigan sig’maydigan ta’limot asarini aniqlash kitobi" bo’lib, o’qishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha "Taxkiku mo-mil Xind"-(“Xindistonga oid tadkiqotlar" yoki "Xindiston") deb yuritiladi.

Beruniy astranomiyaga oid "Al - qonun al - Mas’udy" ("Mas’ud qonuni”) nomli yirik asarni qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami" ("Mineralogiya"), "Dorivor o’simliklar haqida kitob” asarlarini ham yozdi. Mutafakir ilgari --surgan ahloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat o’rnatish uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor bo’lish kerak deydi. Beruniy insonni kamolotga yetkazuvchi hislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi. Olijanoblikning mazmuni yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim inson sifatida muamola qilishni nazarida tutadi.

Eng muhim mutafakir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi e’tirof qiluvchi irsiyat, muhim tarbiyadir. Beruniy inson har tomonlama kamolotga yetish uchun u ilmiy bilishi bilan birga mehnatsevar va xunar egasi bo’lish kerak deydi. Zero, uning o’zi ham xaqikiy komil insonga xos hislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy meros qoldirdi.

SHarqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh Qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, «kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.

U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim berishgan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo’ldi. Ibn Sino so’ngra falsafani o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel falsafasini, uning “Metafizika" asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nars Forobiyning yozgan sharxi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi.

X asr oxiri - XI asr boshlariga kelib, o’lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. SHu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan "Ma’mun akademiyasida" ilmiy ish bilan shug’ullana boshlaydi. Xorazmda o’zining yirik asari - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi.

Abu Ali Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga dav’at etadi. CHunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonuniyatlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson kiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! “Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir".

Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

- bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish;

- berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.

- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;

- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

- fanga qiziqtira olishi;

- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;

- Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish zarur, deydi olim.

Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin berilgan. CHunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnat sevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi.




Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling