Axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlashning o`ziga xos asoslari bor. bular:
Birinchidan, tashkiliy-texnik jihatdan ta`minlanganlik. Zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan etarli darajada qurollanish.
Ikkinchidan, mustahkam moddiy-moliyaviy asoslarga ega bo`lish. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlashga xizmat qiladigan soha xodimlari moddiy manfaatdorligini oshirish.
Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini boshqaradigan, undan samarali foydalana oladigan, zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan, har tomonlama keng fikrlaydigan qobiliyatli kadrlarni tayyorlash.
Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o`zini o`zi himoyalashi.
Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so`zlaridan olingan. Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligini bildiradi.
Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, ahloqiy va kommunikativ egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi.
Ochiq axborotlar tahdidi sharoitida yoshlarni to`g`ri yashashga, vatanparvar va insonparvar bo`lishga, erkin fikrli bo`lishga o`rgatish orqali ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash eng dolzarb vazifalardir.
Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi xatoliklarning oqibati bo`lgani uchun talabalarning negativ fikrlash tarzining sxemasini o`zgartirish lozim.
Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta`sir ko`rsatish uchun pedagoglar o`zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o`zgartirishlari lozim. Ya`ni, ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, «katta roli»da talaba bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo`lsa, «tengma-teng», demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatti-harakatlarni birgalikda tahlil etishga o`tishlari lozim.
Uchinchidan, o`quvchi-talabaning o`z-o`zini idrok qilishini, o`ziga bo`lgan bahosini o`zgartirish, ya`ni, talabani ijobiy ishlarga yo`naltirish orqali o`ziga bo`lgan bahosini o`zgartirishga erishish kerak. Psixologik manbalardan yana shu narsa ma`lumki, yoshlar mustaqil fikrlashlari uchun ta`lim jarayonining o`zida joriy etilgan tartiblarda byurokratiyani minimallashtirilishiga erishish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |