Pedagogika fan sifatida


Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritadilar


Download 1.15 Mb.
bet34/43
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1220857
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
ped.psix.maruzalar

Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritadilar:

  • ochiq his-kechinmalarni bosish, ko`rsatmaslikka urinish;

  • rad etish, ya`ni noma`qul ma`lumotni ochiq rad etish, qo`shilmaslik;

  • proektsiya - o`zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi ob`ektlarga ko`chirish orqali paydo bo`lgan xolatning sabablarini tashqaridan qidirishga moyillik;

  • identifikatsiya - o`zini axborot egasiga o`xshatish, uning o`rniga o`zini qo`yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o`zlashtirish;

  • regressiya - ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo`lib o`tgan qaysidir voqelarga qaytish, ularning yaxshi va ma`qullarini yana xotirada tiklash va xulqda qaytarish orqali o`zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish;

  • yolg`izlanish-jamiyatdan o`zini olib qochish, o`zidagi o`zgarishlarni boshqalarga bildirmaslikka intilish, ayrim talabalar o`qishga bormay qo`yadilar;

  • ratsionalizatsiya - mulohaza va fikr yuritish orqali o`zida himoya instinktlarini paydo etish;

  • konversiya- muloqotdagi qandaydir to`siqlar yoki bar’erlarni olib tashlash uchun kutilmagan usullarni qo`llash, masalan, xavotirli informatsiyani yumoristik bilan almashtirish yo`li.

Biror bir xabar, g`oya insonning xulq-atvorini o`zgartirishi mumkin, bunda psixologik ta`sir etishning olti bosqichiga murojat qilish kerak:

  • Xabar, g`oya auditoriyaga berilishi kerak.

  • Berilgan xabar, fikr auditoriyaning diqqatini jalb qilishi kerak.

  • Auditoriya xabar, fikrning mohiyatini tushunishi kerak.

  • Berilgan xabardan yangi g`oya sifatida xulosa chiqarishi kerak.

  • Yangi g`oyani yodda saqlab qolish kerak.

  • Yodda saqlangan g`oyani o`zining xulq-atvorida qo`llay olishi kerak.

O`zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat axborot-psixologik havfsizligining ta`minlanishi.
Mustaqillik e`lon qilinishi bilan jamiyat va davlat, matbuot, radio, telvidenie va axbot agentliklariga kata e`tibor qaratdi. O`tgan asr 90-yillari boshlarida 200 atrofida davriy nashrlar mavjud bo`lsa, bugungi kunda ularning miqdori 1000ga etdi. Jumladan, 680 gazeta, 194-jurnal, 4-milliy teleradiokompaniya, 34-teleradiostudiya, 7- kabelli audiovizual OAV, 4-axboriy agentlik. Jurnalistika maxsulotlari tobora yuqori texnologiyalarga ega bo`lib bormoqda.
1996 yildan boshlab O`zbekiston jahon Internet tarmog`iga kirdi. 2006 yilga kelib bu butunjahon to`ridan foydalanuvchilar esa 1mln. 150 000 kishini tashkil etdi.
Bugungi kunda ko`plab ommaviy axborot kanallari Internetda o`z versiyalariga ega. elektron gazetalar paydo bo`ldi. OAV jamiyat hayotida qanchalik muhim o`ringa ega ekanligi boshqaruv tizimlari va oddiy fuqarolar unga qanchalik umid qilishlari haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjuman ana shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. «Internet xavfsizligi psixologiyasi» deb nomlangan ushbu konferentsiya mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi mavjud muammo va kamchiliklarga talabalarning munosabati, taklif va mulohazalarini aniqlash, ilmiy izlanishlar qilishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etildi.
Yuqorida keltirilgan axborot texnologiyalarinig rivojlanib, globallashib borayotgan davri shaxs psixologiyasida ijobiy nainkiy salbiy holatlarni o’zida shakillantirishi, shaxs ruhayatiga bo’lgan ta’sirini o’rganishda, unga mumkin qadar ta’sirning ijobiyligini ta’minlashda muhim chora tadbirlar, harakatlar borasida O’zbekistonda chuqur islohotlar, qarorlar qabul qilinmoqda.

13-mavzu



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling